Videoreportaj: G‘allaorolda kartoshka yetishtirish ishlari jadal davom etmoqda
2026-04-22 08:30:00 / Yangiliklar
G‘allaorol tumanida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish doirasida kartoshka ekish ishlari izchil davom etmoqda.

“Jahongir”, “Ikrom Maxmudov”, “Durdona Baxodir” va “Sherqangli sharbatlari” fermer xo‘jaliklarida “Arizona” hamda “Esma” navlari agrotexnik talablar asosida ekilayotir. Mutaxassislar bu navlar hudud sharoitiga mos bo‘lib, yuqori hosil berishini ta’kidlamoqda.
Ushbu ishlar mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, aholi bandligini ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling
