Jizzaxlik sportchi Osiyoda oltin medalni qo‘lga kiritdi
2026-04-20 08:00:00 / Yangiliklar

Ushbu nufuzli musobaqada jizzaxlik, Forish tumani vakili Chingiz Cho‘liyev yuksak mahorat va kuchli irodasini namoyon etdi.
“Scratch” dasturida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy kabi kuchli raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu yutuq nafaqat sportchining shaxsiy zafari, balki butun Jizzax viloyati uchun ham katta iftixor manbaidir.
Chingiz Cho‘liyevning ushbu g‘alabasi yurtimizda, ayniqsa Jizzaxda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning sport sohasiga qaratayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarning amaliy samarasi sifatida baholanmoqda.
Bugungi kunda viloyatda yoshlarni sportga jalb etish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va xalqaro maydonlarda munosib ishtirokini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Chingiz Cho‘liyevning muvaffaqiyati esa boshqa yoshlar uchun ham ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.
