Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navbatdagi partiyasi Jizzaxdan Yevropaga eksport qilindi
2026-04-17 08:00:00 / Yangiliklar

Latviya kompaniyalari bilan o‘rnatilgan samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida BMB HOLDING tarkibiga kiruvchi Jizzax viloyatida joylashgan BMB IMPEX korxonasi tomonidan karam mahsulotining navbatdagi partiyasi eksport qilindi.
Xorijlik hamkorlar bilan birga amalga oshirilayotgan bunday tadbirlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarini yanada kengaytirish, "Made in Uzbekistan" milliy brendi mahsulotlarining xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, ushbu hamkorlik tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish orqali eksport hajmlarini oshirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganligidan dalolat beradi.
