Jizzaxda “Yashil makon” doirasida 4200 tup ko‘chat ekildi
2026-04-01 16:00:00 / Yangiliklar

Hududlarda ham mazkur ezgu ishlar izchil davom ettirildi.
Xususan, Sharof Rashidov tumani Hamid Olimjon massivi hududidagi avtomobil halqa yo‘li atrofida to‘g‘ridan-to‘g‘ri videoaloqa orqali ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida o‘tkazilgan mazkur ekologik tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, faollar, nuroniylar, yoshlar, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasi vakillari, “Jizzax Yo‘lko’kalam” davlat muassasasi, shuningdek, bir qator korxona, tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida jami 4200 tup ko‘chat, jumladan, 2000 tup qayrag‘och, 1000 tup safora, 500 tup sada qayrag‘och va 700 tup pavloniya daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ko‘chatlar ekiladigan maydonlardagi yerlarga agrotexnik qoidalar asosida ishlov berilib, ko‘chat ekish uchun suv, organik o‘g‘itlar va boshqa barcha zaruriy vositalar bilan ta’minlandi.
Mazkur tadbir hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda aholi uchun yanada musaffo atrof-muhit yaratishga xizmat qiladi.v
