Videoreportaj: Do‘stlikda chigit ekish ishlari jadal boshlandi
2026-04-01 14:00:00 / Yangiliklar
Do‘stlik tumanida 377 nafar fermer tomonidan 13 ming gektar maydonga qo‘shqator usulida chigit ekish rejalashtirilgan. м

Ilg‘or agrotexnologiyalar asosida joriy mavsumda har gektardan o‘rtacha 54 sentner hosil olish va 70 ming tonna paxta yetishtirish maqsad qilingan.
“Qambar Sharof” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarda yer tayyorlash, sifatli urug‘lik va zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ayni paytda ayrim xo‘jaliklarda chigit ekish ishlari boshlanib, agrotexnik tadbirlar izchil olib borilmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
