Jizzax viloyatiga doimiy yashash uchun 12 nafar xorijdan ko‘chib keldi
2026-04-01 13:00:00 / Yangiliklar

Ularning asosiy qismi Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan bo‘lib, mamlakatda doimiy yashashni tanlaganlar soni yil davomida barqaror saqlangan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Jizzax viloyatiga 12 nafar xorijiy davlat fuqarosi doimiy yashash uchun kelgan.
Bu ko‘rsatkich Navoiy viloyati bilan bir xil bo‘lib, Buxoro (11 nafar), Xorazm (7 nafar), Qashqadaryo va Samarqand (2 nafardan), Namangan (1 nafar) viloyatlariga nisbatan yuqoriroqdir.
Mutaxassislar fikricha, Jizzax viloyatining qulay geografik joylashuvi, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi imkoniyatlar, shuningdek, infratuzilmaning bosqichma-bosqich yaxshilanib borayotgani hududga ko‘chib kelish ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu esa viloyatning investitsiyaviy va ijtimoiy jozibadorligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.
