Pekinda Jizzax viloyatining investitsion salohiyati taqdim etildi
2026-03-30 08:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati delegatsiyasi Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasida 50 dan ortiq xitoylik investorlar ishtirokida biznes forum o‘tkazdi.

Forumda qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash, logistika va qurilish materiallari sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, viloyatning investitsion salohiyati hamda sanoat zonalari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbir doirasida B2G formatdagi uchrashuvlar ham tashkil etilib, investorlar bilan aniq loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.



