Jizzax delegatsiyasi Xitoyda yirik sanoat kompaniyalari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
2026-03-30 08:00:00 / Yangiliklar
Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasi, Chjenchjou shahrida 20 dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Jumladan, “ZMJ Holding”, “Henan Sichuan Group”, “Henan Shangfa Valve Co., Ltd”, “Henan Sifangda Superhard Materials Co., Ltd”, “Zhengzhou Handu Pharmaceutical Group”, “SAIC Motor” kabi nufuzli korxonalar bilan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvlar davomida metallurgiya sanoati, aqlli hisoblagichlar ishlab chiqarish, shuningdek, konlarni qazib olish va qayta ishlash texnologiyalari sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur kompaniyalarga Jizzax viloyatining investitsion salohiyati va mavjud imkoniyatlari taqdim etildi. Muzokaralar yakunida xorijiy investorlarni Jizzax viloyatiga jalb etish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.





