Jizzax delegatsiyasining Xitoydagi muzokaralarida yangi hamkorlik imkoniyatlari ochilmoqda
2026-03-30 09:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, Henan Shangfa Valve, Zhengzhou Aluminum Capital, Henan Shengyu, Henan Quanshun, Zhengzhou Heima, Henan Yuzhou, Zhengzhou Machinery, Zhongli Pump & Valve, Zhongte Valve, Zhonghaiwei Rubber Products, Liwei Rubber Products, Henan Kaifa, Kaifeng Ruike, Kaifeng Ruifa kabi yetakchi korxonalar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida ayrim yirik sanoat korxonalari, xususan, LVDU Valve Co., Ltd hamda Zhengzhou ZhengFa kompaniyalarining ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Bu tashriflar orqali zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish usullari va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha muhim tajribalar o‘rganildi.
Shuningdek, Zheng Sai Shield kompaniyasi bilan Jizzax viloyatining cho‘l hududlarini o‘zlashtirish va cho‘llanishga qarshi kurashish borasida Xitoy tajribasi va ilg‘or amaliyoti atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda viloyat delegatsiyasi tomonidan mazkur kompaniya vakillarini Jizzax viloyatiga tashrif buyurishga taklif etildi.
Muzokaralar yakunida Jizzax viloyati, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xitoy kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv kelgusida sanoat, investitsiya va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




