Jizzaxda talabalar uchun imkoniyatlar kengaymoqda
2026-03-30 08:00:00 / Yangiliklar

Jumladan, mamlakat bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarida jami 7 100 ta yangi talaba o‘rni foydalanishga topshirildi.Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Quvonarlisi, mazkur ko‘rsatkichlarda Jizzax viloyati ham munosib o‘rin egallab, hududda 1 000 ta yangi talaba o‘rni yaratildi. Bu esa viloyatda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini yanada oshirish, ular uchun zamonaviy ta’lim muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jizzax viloyatida so‘nggi yillarda oliy ta’lim infratuzilmasini kengaytirish, yangi o‘quv binolari va talabalar turar joylarini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat viloyat yoshlari, balki qo‘shni hududlardan kelib tahsil olayotgan talabalar uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Talabalar o‘rinlari sonining ortishi kelgusida hududda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
