Jizzaxda "InfoTeach — 2026" respublika forumi bo‘lib o‘tdi
2026-03-28 09:00:00 / Yangiliklar
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hamkor tashkilotlar ishtirokida respublika forumining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 600 nafarga yaqin informatika fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Unda Raqamlashtirish vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan tashrif buyurgan trenerlar tomonidan forum dasturida belgilangan mavzular yuzasidan amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida pedagoglar faoliyati davomida qo‘llaydigan dastur va platformalar, sun’iy intelektdan samarali foydalanish va startap loyihalar yaratish kabi mavzularda o‘zaro fikr almashdilar.
Forumda faol ishtirok etgan pedagoglarda vaucherlar, sertifikat va tashakkuromalar topshirildi.
