Jizzaxlik sportchi Olimpiya reytingida o‘zidan yuqori bo‘lgan sportchilar ustidan g‘alaba qozonib chempion bo'ldi
2026-03-27 08:00:00 / Yangiliklar
24-31 mart kunlari Turkiya davlati Antaliya shahrida ParaTaekvondo bo‘yicha nufuzli xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Jizzax viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi shug‘ullanuvchisi Qudratilla Sunnatov (-75 kg) barcha raqiblari ustidan ishonchli g‘alabalarga erishib musobaqa g‘olibiga aylandi.
Sportchi Olimpiya reytingida o‘zidan yuqori bo‘lgan sportchilar ustidan g‘alaba qozondi. U musobaqadan so‘ng Olimpiya reytingida 17- o‘rindan 13- o‘ringa ko‘tarildi.
