Jizzaxdagi qo‘riqxonada biotexnik tadbirlar davom etmoqda
2026-03-14 08:00:00 / Yangiliklar

Biroq viloyatning Zomin tumanidagi baland tog‘larda yoqqan qorlar hali to‘liq erimagan. Shu bois bu yerlarda havo hanuz salqin, ayrim kunlari esa sovuq ham ancha sezilarli bo‘lib, etni junjiktiradi.
Bunday sharoitda yovvoyi hayvonlar va qushlar qor ostida qolgan ozuqani topishga harakat qiladi. Ammo har doim ham tabiat ular uchun oson imkoniyat yaratib bermaydi. Ayniqsa, qor qoplami qalin bo‘lgan kunlarda ozuqa topish qiyinlashadi.
Shu sababli Zomin davlat qo‘riqxonasida mutaxassislar tomonidan biotexnik tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – hayvonot dunyosining tabiiy muhitda barqaror yashashini ta’minlash, qishning sinovli kunlarida ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimidagi qo‘riqxona xodimlari oldindan belgilangan maxsus nuqtalarga muntazam ravishda qo‘shimcha yem-xashak yetkazib berishmoqda. Bu orqali tog‘ va o‘rmonlarda yashovchi yovvoyi hayvonlar hamda qushlarning ozuqaga bo‘lgan ehtiyoji ma’lum darajada qondirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ushbu biotexnik tadbirlar jonli tabiatni asrash, biologik xilma-xillikni saqlab qolish hamda tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
