Videoreportaj: Jizzaxda “Inno” texnoparki ish boshladi
2026-03-07 12:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida O‘zbek–Vengriya “Inno” ilmiy texnoparki foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida soha mutaxassislari va vengriyalik hamkorlar ishtirok etib, texnopark ikki davlat o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi.
Tadbir doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vengriyaning Obuda universiteti, Jizzax politexnika instituti hamda Toshkent kimo-texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi. Texnopark ilmiy tadqiqotlar, startaplar va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
