Jizzaxlik para yengil atletikachi Dubay Gran-prisida oltin medalni qo‘lga kiritdi
2026-02-27 08:00:00 / Yangiliklar
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa o‘z nihoyasiga yetdi.

Dunyoning 46 davlatidan 400 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan nufuzli bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yurtdoshlarimiz tomonidan 2 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritildi. Ular urasida jizzaxlik sportchi ham bor.
Mahliyo Akramova (bulava uloqtirish) bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mahliyo Forish tumanida istiqomat qiladi. Parij olimpiadasi ishtirokchisi, para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
