Videoreportaj: Jizzax viloyatini jadal rivojlantirish bo‘yicha yangi qaror amalda
2026-02-18 09:20:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, hududni barqaror rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish ustuvor vazifalar etib belgilandi. Shuningdek, sanoat, tadbirkorlik, infratuzilma va xizmatlar sohasini kengaytirish orqali hudud iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Qaror doirasida Jizzax viloyatini har tomonlama ilg‘or hududga aylantirish, uning yangi qiyofasini shakllantirish va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
