Jizzaxlik kadastr mutaxassisi ilg‘or deb e’tirof etildi
2026-02-18 08:35:00 / Yangiliklar
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi G‘allaorol tumani filiali kadastr muhandisi Sodiqov Po‘lat yanvar oyi yakunlariga ko‘ra o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan, sifatli va belgilangan muddatlarda bajargani uchun ilg‘or kadastrchi sifatida munosib e’tirof etildi.

Xatlov ishlari natijalariga ko‘ra, mutaxassis bir oy davomida 116 ta obyektni xatlovdan o‘tkazib, ularni UZKAD axborot tizimida faollashtirishga erishdi. Bu esa hududda yer va mulk obyektlarini hisobga olish tizimini yanada tartibga solish, ma’lumotlar bazasining aniqligi va ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Mutaxassislarning bunday fidokorona mehnati sohada samaradorlikni oshirish, tartib-intizom va mas’uliyatni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Ilg‘or xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ishlari kelgusida ham izchil davom ettirilishi ta’kidlanmoqda.
Bu kabi yutuqlar Jizzax viloyatida kadastr tizimi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
