Videoreportaj: Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jizzaxga tashrif buyurdi
2026-02-17 10:15:00 / Yangiliklar
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jizzaxga tashrif buyurib, sanoat, investitsiya imkoniyatlari va Jizzax erkin iqtisodiy zonasidagi loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

Viloyat hokimligida energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, farmatsevtika va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, investitsiyaviy hamkorlik va yangi korxonalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, elchi viloyatdagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.






