Videoreportaj: Jizzaxda “Yashil shaharlar” loyihasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-13 10:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-106-son Farmoniga muvofiq “Yashil shaharlar” loyihasi doirasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat va shahar rahbariyati, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki, Kyung Hee universiteti hamda Sundosoft kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda “Jizzax shahri iqlim harakatlari rejasini ishlab chiqish orqali iqlimga mos shahar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash” yo‘nalishidagi master-reja taqdim etilib, ekologik barqarorlik, energiya samaradorligi, yashil infratuzilmani rivojlantirish va iqlim o‘zgarishiga moslashuv masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan kelishuvga erishdi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
