DIQQAT, E’LON! Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi o‘tkaziladi
2026-01-22 08:20:00 / Yangiliklar
Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining yigirma to‘rtinchi sessiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Unda Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti hamda 2026-yilda belgilangan ustuvor vazifalar jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinadi.
Sessiya 2026-yil 23-fevral kuni soat 10:00 da Jizzax viloyati hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi.
Sessiya ishida ommaviy axborot vositalari vakillari, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan matbuot anjumani ham tashkil etiladi.
