Viloyatda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligiga start berildi
2025-12-11 08:00:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori va Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi majlisining 2025-yil 14 noyabrdagi 28-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat hokimining 2025-yil 6 dekabrdagi 329-3-0-F/25-sonli farmoyishi asosida viloyatda “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligiga start berildi.

Mazkur “Korrupsiyaga qarshi kurashish” oyligida poraxo‘rlikni oldini olish, unga olib boruvchi omillarga qarshi kurashish, korrupsiya holatlarini tahlil etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan profilaktik va targ‘ibot tadbirlari, shuningdek, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish rejalashtirilgan.
