Videoreportaj: Yangiobod tumanidagi Madaniyat markazi yangidan qad rostladi
2025-11-28 09:00:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida joylashgan 37-son Madaniyat markazi to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.

1976-yilda barpo etilgan ushbu maskan yillar davomida eskirib, foydalanish uchun noqulay holatga kelib qolgan edi. Olib borilgan keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari natijasida bino fasadi yangilandi, ichki qismi modern talablar asosida rekonstruksiya qilindi, sahna jihozlari, yoritish tizimlari va zamonaviy texnik vositalar bilan to‘liq ta’minlandi.
Yangidan foydalanishga topshirilgan markaz endilikda aholi uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy loyihalar va yoshlar faoliyatiga keng imkoniyat yaratadi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
