Prezident Murojaatnomasi – muhim strategik dastur
2026-01-16 13:25:00 / Yangiliklar

Innovatsion rivojlanish agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yilning 26-dekabr kuni Oliy Majlis va Ozbekiston xalqiga yoʻllangan Murojaatnoma mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Murojaatnomada belgilab berilgan 6 ta ustuvor yoʻnalish, ular doirasida qoʻyilgan maqsad va vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, mahalla institutining rolini oshirish, aholi turmush farovonligini taʼminlash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, iqtisodiyotni mustahkamlash, barcha tarmoqlarda yuqori qo‘shilgan qiymat hajmini oshirish, yuqori texnologik ishlab chiqarish, mehnat bozori arxitekturasini shakllantirish, talab yuqori boʻlgan zamonaviy kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlash, yoshlarni ish bilan taʼminlash, “yashil” energetika va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan Murojaatnomada belgilangan vazifalarning Innovatsion rivojlanish agentligi faoliyati doirasida samarali ijrosini taʼminlash bo‘yicha o‘zari fikr almashildi hamda takliflar bildirildi.






