“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovida ishtirok etish uchun loyihalar qabuli boshlandi!
2026-01-12 12:00:00 / Yangiliklar

Loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.
Dasturda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan shartlar:
- Loyiha ijrochisining yoshi ularning ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qatʼiy nazar 40 yoshdan oshmasligi;
- 1 ta ishtirokchi 1 ta ilmiy loyiha bilan ishtirok etishi;
- Topshirilgan ilmiy loyiha summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan oshmasligi;
- Dasturni amalga oshirish muddati 1 oydan 6 oygacha bo‘lishi.
Hujjatlar 2026-yilning 12-fevral (shu kuni ham 23:55gacha) sanasiga qadar “akadem.ilmiy.uz” – xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etishning yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
Batafsil - akadem.ilmiy.uz
