“Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida g‘olib yosh olimlar e’lon qilindi
2025-12-24 19:05:00 / Yangiliklar

2021-yildan buyon Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Akademik harakatchanlik” dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda. 2025-yil davomida ushbu dastur tanlovi to‘rt marotaba o‘tkazilib, natijada bugungacha 93 nafar yosh olim g‘olib deb topildi va turli laboratoriyalar hamda zamonaviy ilmiy markazlardan olti oygacha bepul foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi.
Joriy yil hisobi bo‘yicha o‘tkazilgan to‘rtinchi tanlovda esa jami 29 nafar yosh olim g‘olib bo‘ldi. Ular 18 ta zamonaviy ilmiy laboratoriyadan foydalanishlari uchun davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2 mlrd 150 mln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.








