Xizmatni ötaş tartibi
Içki işlar organlarida xizmatni ötaş tartibi töğrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Uşbu Nizom içki işlar organlari xodimlari (keyingi örinlarda — xodimlar) va Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taʼlim muassasalari kursant (tinglovçi)larining xizmat ötaş tartibini belgilaydi.
2. Içki işlar organlaridagi xizmat (keyingi örinlarda — xizmat) davlat xizmatining turi bölib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik şaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qiliş, qonun ustuvorligini, şaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlaş, şuningdek huquqbuzarliklarning oldini oliş va profilaktikasini böyiça vazifalarni amalga oşirişdan iborat.
3. Xizmatni ötaş quyidagi tartiblarni öz içiga oladi:
xizmatga qabul qiliş;
maxsus unvonlar beriş va ulardan mahrum etiş;
lavozimga tayinlaş, lavozimdan ozod etiş va rotatsiya;
xodimlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
xodimning boşqa davlat organlari va taşkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat ötaşi;
attestatsiya ötkaziş;
taʼtillar beriş;
huquqiy va ijtimoiy himoya qiliş;
xizmat ötaş rejimini taʼminlaş;
xizmat muddatlarini uzaytiriş, xizmatdan böşatiş va xizmatga tiklaş.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlaş qöşinlari va qorovul qöşinlari harbiy xizmatçilarining xizmat ötaşi, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining harbiy xizmatçilari uçun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
2-bob. Içki işlar organlarida xizmatga qabul qiliş
4. Xizmatga munosib nomzodlarni tanlab oliş maqsadida taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mudofaa işlari böyiça boşqarma (bölim)larida, aholi turar joylarida, taşkilot va muassasalarda muntazam ravişda tarğibot-taşviqot işlari olib boriladi, ommaviy axborot vositalarida qabul va böş lavozimlar töğrisida eʼlonlar joylaştiriladi, şuningdek Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida oçiq eşiklar kuni ötkaziladi.
5. Xizmatga 165 santimetrdan past bölmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bölmagan ayollar qabul qilinadi.
Nomzodlarga maxsus biometrik parametrlar örnatiladigan bölinmalar va lavozimlar röyxati Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
6. Xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoşi ön sakkizdan kiçik va öttizdan katta bölmagan, şu jumladan öttiz yoşdagi ham, tegişli maʼlumotga ega, şaxsiy va işçanlik sifatlari, soğliğining holati va jismoniy tayyorgarligi böyiça xodimning xizmat majburiyatlarini bajarişga qodir bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalaridagi kunduzgi taʼlimga öqişga, yoşi ön ettidan kiçik va yigirma beşdan katta bölmagan, şu jumladan yigirma beş yoşdagi ham, örta, örta-maxsus yoki kasb-hunar maʼlumotga ega Özbekiston Respublikasi fuqarolari hamda içki işlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatçilari qabul qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining sirtqi taʼlimga öqişga, yoşi qirq yoşdan katta bölmagan, şu jumladan qirq yoşdagi ham, içki işlar organlarida kamida uç yillik amaliy xizmat stajiga, örta, örta-maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotga ega bölgan xodimlar qabul qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga harbiy xizmat ötagan (erkaklar uçun) va oliy maʼlumotga ega, yoşi ön sakkizdan kiçik va öttizdan katta bölmagan, şu jumladan öttiz yoşdagi ham, Özbekiston Respublikasi fuqarolari hamda içki işlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatçilari qabul qilinadi.
Zarur bölgan hollarda, Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadigan röyxati böyiça içki işlar organlarining ayrim bölinmalari va taşkilotlariga xizmatda bölişning eng yuqori yoşiga tölgan paytida köp yillik xizmati uçun pensiya oliş huquqiga ega böladigan öttiz yoşdan katta bölgan fuqarolar qabul qilinişi mumkin.
Erkaklar içki işlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni ötaşi yoxud oliy öquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan ötişi kerak. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiruvçilar uçun uşbu talab örnatilmaydi.
Alohida hollarda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyişiga, şuningdek roziligiga yoki Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga yoxud Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruğiga asosan boşqa davlat organlari va taşkilotlaridan xodimlar, şuningdek, içki işlar organlarining katta amaliy iş tajribasiga ega pensionerlari, uşbu bandning birinçi, beşinçi va oltinçi xatboşilarida belgilangan talablarini inobatga olmagan holda xizmatga qabul qilinişi mumkin.
7. Xizmatga (keyingi örinlarda — nomzod) yoki Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş istagini bildirgan şaxs doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan joyidagi içki işlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
xizmatga yoki Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasasiga öqişga qabul qiliş töğrisida ariza;
pasport yoki identifikatsiyalovçi ID-karta maʼlumotlari;
tuğilganlik haqida guvohnomasi nusxasi (aslini körsatgan holda);
FHDYo organlaridan maʼlumotnoma (tuğilganlik haqida guvohnomaga özgartiriş, tuzatiş va qöşimçalar kiritilgan yoki almaştirilgan hollarda);
qarindoşlarining (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar, şuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari) pasport yoki identifikatsiyalovçi ID-karta maʼlumotlari, nikoh qayd etilganligi yoki bekor qilinganligi, nogironlik (agar mavjud bölsa), qarindoşlarining ölimi haqidagi guvohnomalar maʼlumotlari;
3 x 4 sm ölçamdagi oltita rangli fotosurat (boş kiyimsiz), şuningdek 9 x 12 sm ölçamdagi ikkita fotosurat (boş kiyimsiz);
nomzodning tarjimai holi;
anketa-maʼlumotnoma;
öqiş, iş (agar öqiyotgan yoki işlayotgan bölsa) va yaşaş joyidan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (oila aʼzolari körsatilgan holda);
örta, örta maxsus, kasb-hunar yoki oliy maʼlumotni tasdiqlovçi hujjatlar nusxalari (asli körsatilgan holda);
asli körsatilgan holda harbiy guvohnoma nusxasi (Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining oliy taʼlim muassasalariga öqişga topşirayotganda harbiy guvohnoma mavjud bölmasa, çaqiruv uçastkasida qayd etilganligi töğrisida guvohnoma taqdim etiladi);
doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan joydan belgilangan namunadagi soğliğining holati haqida maʼlumotnoma (böy parametri körsatilgan holda);
asli körsatilgan holda mehnat daftarçasining nusxasi (agarda mavjud bölsa).
Xizmat ötaş xususiyatidan kelib çiqib, şuningdek ayrim hujjatlarga aniqlik kiritiş maqsadida nomzoddan yoki tegişli muassasadan qöşimça hujjat yoxud maʼlumotlar talab qilib olinişi mumkin.
8. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş istagini bildirgan içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilari içki işlar organi vakolatli boşliği nomiga uşbu Nizomning 7-bandida körsatilgan hujjatlarni taqdim etmagan holda belgilangan tartibda bildirgi bilan murojaat etadilar.
9. Xizmatga qabul qiliş nomzodning doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olingan joyidagi içki işlar organlari tomonidan tanlov asosida amalga oşiriladi. Tanlovlarni taşkil etiş va ötkaziş uçun içki işlar organlarida qabul komissiyalari tuziladi.
Tanlovlar nomzodning xohişiga köra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi markaziy apparati va oliy taʼlim muassasalariga, şuningdek Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasiga xizmatga, istisno tariqasida, Toşkent şahrida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinmagan fuqarolar orasidan ham nomzodlarni tanlaş va qabul qilişga ruxsat beriladi.
10. Nomzodlarni xizmatga tanlab oliş tadbirlari quyidagi saralaş va örganiş bosqiçlarini öz içiga oladi:
a) saralaş bosqiçi:
röyxatdan ötiş;
dastlabki örganiş (uşbu Nizomda belgilangan umumiy talablarga mos kelişini tekşiriş);
intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholaş;
test sinovi (nomzodlarning Özbekistonning eng yangi tarixi, huquqşunoslik va tarbiya fanlari böyiça bilimlarini baholaş);
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş;
b) örganiş bosqiçi:
xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlaş maqsadida harbiy-tibbiy komissiya körigidan ötkaziş;
2023-yil 1-sentyabrdan eʼtiboran, psixofiziologik (poligraf) tekşiruv (içki işlar organlarida xizmat qiliş uçun tösqinlik qiladigan salbiy omillarni aniqlaş maqsadida).
Dastlabki örganiş hamda intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholaş natijalari asosida test sinovi bosqiçiga qöyilgan nomzodlarning röyxati Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligiga taqdim etiladi.
Test sinovlari belgilangan tartib asosida Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan ötkaziladi.
Test sinovlarining savollari umumiy örta, örta maxsus va professional taʼlim fanlarining öquv dasturlariga muvofiq işlab çiqiladi.
Nomzodlar test sinovlarini özlarining tanlovi böyiça davlat tili, rus tili yoki qoraqalpoq tilida topşiradilar.
Test sinovlarini ötkaziş tartibi hamda saralaş bali Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlar örganiş bosqiçiga qöyiladi.
Tor ixtisoslik böyiça mutaxassislar qatoridan bölgan nomzodlar Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadigan röyxat va tartibda saralaş bosqiçisiz örganiş bosqiçi orqali xizmatga qabul qilinişi mumkin.
Mavjud böş lavozimlarni hisobga olgan holda saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlarning şaxsiy hujjatlar yiğmajildi rasmiylaştiriladi.
Saralaş va örganiş bosqiçlari natijalariga köra nomzodning xizmatga maʼnaviy-kasbiy va soğliq jihatdan mosligi töğrisida xulosa çiqariladi.
11. Saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan nomzodlarning şaxsiy hujjatlar yiğmajildlarini rasmiylaştiriş içki işlar organlarining kadrlar bölinmalari tomonidan amlga oşiriladi. Nomzodning tegişli hujjatlarini yiğiş jarayonida unga bir paytning özida örganiş bosqiçidan ötiş uçun yöllanma beriladi.
Xizmat ötaşga tösqinlik qiluvçi kasalliklar va jismoniy nuqsonlar röyxati Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xizmatga kiruvçi nomzodlarga xizmat siri hisoblanuvçi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadigan hamda oşkor etilişi man etiladigan maxsus talablar ham örnatiladi.
Nomzodning şaxsiy hujjatlar yiğma jildlarini rasmiylaştiriş davomida xizmatga qabul qilinişiga tösqinlik qiluvçi maʼlumotlar (xizmatga qabul qiliş uçun umumiy va maxsus talablarga mos kelmaslik) aniqlangan taqdirda, uni şaxsiy hujjatlar yiğma jildlarini rasmiylaştiriş töxtatilib, xizmatga qabul qiliş maqsadga muvofiq emasligi töğrisida vakolatli rahbar tomonidan qaror qabul qilinadi, bu haqda nomzodga xabar beriladi.
14. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga nomzodlar tanlovi tartibi va qabul qiliş qoidalari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qiliş qoidalari Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Içki işlar organlarining maxsus bölinmalariga tanlaş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
15. Quyidagi nomzodlar, istisno tariqasida, tanlab oliş tadbirlarining saralaş bosqiçidagi test sinovi va jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaşdan ozod etiladi:
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bölganlar;
oliy taʼlim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar;
professor-öqituvçi va ilmiy tarkib lavozimlariga nomzodlar;
ekspert-kriminalistika, iş yuritiş, kiberxavfsizlik, axborot texnologiyalari, tahliliy va yuridik taʼminlaş bölinmalariga nomzodlar;
sport musobaqalarining (Olimpiya sport turlari böyiça Olimpiya va Osiyo öyinlari, jahon va Osiyo çempionatlarida oxirgi tört yilda hamda respublika çempionatlarida oxirgi bir yilda ğolib va sovrindor (1 — 3 örin)) individual turlarida ğolib çiqqan nomzodlar;
talabalar, magistrlar yoki doktorantlar uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi bölgan nomzodlar.
Xizmat majburiyatlarini bajariş çoğida halok bölgan içki işlar organlari xodimlari va harbiy xizmatçilarning farzandlari xizmatga qabul qilinişida Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda ustunlikka ega böladi.
16. Xizmatga tanlab oliş tadbirlari bosqiçlarining biridan öta olmagan nomzod uni takroran topşirişiga, şuningdek, xizmatga tanlab oliş tadbirlarining keyingi bosqiçiga qöyilmaydi.
17. Örganiş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan, şuningdek, şaxsiy hujjatlar yiğma jildi töliq rasmiylaştirilgan nomzodlar xizmatga qabul qiliş vakolatiga ega bölgan boşliqning buyruği bilan xizmatga qabul qilinadi va içki işlar organlarining boşlanğiç kasbiy tayyorgarlik kurslariga yuboriladi.
Boşlanğiç kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va belgilangan sertifikatga ega bölgan xodimlar xizmatga qabul qiliş vakolatiga ega bölgan boşliqning buyruği bilan tegişli lavozimga tayinlanadi.
18. Nomzodlarni xizmatga tanlab oliş tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş, şuningdek nomzodlarning şaxsiy hujjatlari yiğma jildlarini rasmiylaştiriş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
19. Içki işlar organlaridagi lavozimlar quyidagiça jamlanadi:
ofitserlar tarkibi — oliy maʼlumotga ega, Özbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
serjantlar tarkibi — oliy maʼlumotga ega, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini yoki Mudofaa vazirligining Kiçik mutaxassislarni tayyorlaş markazini tamomlagan Özbekiston Respublikasi fuqarolari bilan;
safdorlar tarkibi — Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar bitiruvçilari, profilaktika inspektorlarining yordamçilari, şuningdek, oliy maʼlumotga ega yoki sirtqi taʼlim şaklida tahsil olayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari bilan.
Safdorlar tarkibining tor mutaxassislik sirasiga kiruvçi lavozimlarni örta, örta maxsus yoki kasb-hunar maʼlumotga ega, Özbekiston Respublikasi fuqarolari bilan jamlaşga yöl qöyiladi.
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining zaxirasidagi ofitserlarni içki işlar organlarining safdor va serjantlar tarkibi lavozimlariga tayinlaşga yöl qöyilmaydi.
Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri rağbatlantiriş tariqasida, içki işlar organlarida kamida ikki yil xizmat stajiga ega, oliy maʼlumotli va yuklatilgan vazifalarni bajarişda samarali natijalarga erişgan, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetini yoki Mudofaa vazirligining Kiçik mutaxassislarni tayyorlaş markazini tamomlamagan safdorlar tarkibidagi xodimlarni ham, istisno tariqasida, serjantlar tarkibidagi lavozimlarga tayinlaşga va «kiçik serjant» maxsus unvonini berişga ruxsat berişi mumkin.
Içki işlar organlarining maxsus bölinmalarining, axborot texnologiyalarini rivojlantiriş bölinmalarining, şuningdek, tibbiy muassasalarining serjantlar tarkibi lavozimlari örta va örta maxsus maʼlumotli şaxslar bilan jamlanişi mumkin.
20. Içki işlar organlaridagi lavozimlarga tayinlaş uçun zarur taʼlim va mutaxassisliklarning röyxati Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
21. Xizmatga birinçi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
«Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), içki işlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiliş, mamlakat tinçligi, osoyiştaligi va xavfsizligini mustahkamlaş borasidagi burçimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarişga vaʼda beraman.
Vatanimga va Özbekiston xalqiga sodiq bölişga qasamyod qilaman».
22. Xizmatga qabul qilişda xodimga xizmat guvohnomasi va şaxsiy raqamli jeton beriladi.
Xodimning xizmat guvohnomasi va jetonining namunalari, şuningdek ularni beriş va hisobini yuritiş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Xodimning xizmat guvohnomasi öqotar qurolni olib yuriş va saqlaş huquqini, şuningdek qonunga muvofiq unga berilgan boşqa huquq va vakolatlarini tasdiqlaydi.
23. Xizmatga qabul qilingan xodimga dastlabki sinov muddati tayinlanadi va unga lavozimga tayinlangan paytidan boşlab murabbiy biriktiriladi.
Dastlabki sinov muddati bir yildan ortiq bölişi mumkin emas.
24. Qasamyod qabul qiliş, dastlabki sinov muddatini ötaş va murabbiylarni biriktiriş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
25. Xizmatga qabul qilingan Özbekiston Respublikasining harbiy xizmatga majbur fuqarolari, şu jumladan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining xizmatga çaqiriluvçi hisoblangan kursantlari, harbiy hisobdan çiqariladi va Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining maxsus hisobida turadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining kursantlari birinçi bosqiç taʼlim muddati yakunlanganidan söng, muddatli harbiy xizmatni ötgan hisoblanadilar va ularga taʼlim muassasasi joylaşgan erdagi mudofaa işlari böyiça hududiy bölim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
26. Xizmatga qabul qiliş va böşatiş, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida öqişga qabul qiliş, şuningdek maxsus unvonlar beriş Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan vakolat berilgan boşliqlarning buyruqlari bilan amalga oşiriladi.
3-bob. Maxsus unvonlarni beriş va ulardan mahrum qiliş
27. Maxsus unvon xodimning xizmat majburiyatlariga munosabati, malaka oşiriş kurslarini ötaganligi, ötagan xizmat yillari va egallagan lavozimini inobatga olgan holda yakka tartibda beriladi.
28. Xodimlarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
safdorlar tarkibi — safdor;
serjantlar tarkibi — kiçik serjant, serjant, katta serjant;
ofitserlar tarkibi:
kiçik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan;
katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik;
generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
29. Birinçi va navbatdagi maxsus unvonlar, maxsus unvonlar beriş vakolatiga ega boşliqning buyruği bilan beriladi.
30. «Safdor» maxsus unvoni içki işlar organlari xizmatiga qabul qilingan, şuningdek Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taʼlim muassasalari va çet davlatlar taʼlim muassasalari (Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan kelişuv asosida yuborilgan) kursant (tinglovçi)lari safiga qabul qilingan şaxslarga ularni qabul qiliş bilan bir vaqtda beriladi, serjantlar tarkibining maxsus unvoniga ega xodimlar bundan mustasno.
«Safdor» maxsus unvoni xizmatga yoki öqişga qabul qiliş vakolatiga ega bölgan boşliqlar tomonidan beriladi.
31. «Kiçik serjant» maxsus unvoni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş instituti boşliği tomonidan kasbiy tayyorgarlik fakultetini serjantlar tarkibini tayyorlaş dasturi böyiça maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovçilarga beriladi.
Serjantlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari lavozimga tayinlaş vakolatiga ega boşliqlarning buyruqlari bilan beriladi.
32. Içki işlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlarga qabul qilingan nomzodlarga ularni lavozimga tayinlaş bilan bir vaqtda «katta serjant» maxsus unvoni beriladi, bu unvonda ular dastlabki sinov muddati tugab, ofitserlik unvoni berilguniga qadar xizmat olib boradilar.
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari zaxirasidagi ofitserlar hisoblanuvçi va içki işlar organlari Boşlanğiç kasbiy tayyorgarlikdan ötib, ofitserlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan nomzodlarga mavjud harbiy unvoniga teng darajadagi maxsus unvon beriladi.
33. Içki işlar organlari ofitserlar tarkibining birinçi maxsus unvoni «leytenant» hisoblanadi.
Ayrim hollarda, ilmiy darajasi yoxud faoliyatning tor ixtisoslik turlari böyiça köp yillik staji va iş (xizmat) tajribasiga ega bölgan fuqarolarga içki işlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlaş vaqtida birinçi unvon sifatida «mayor» maxsus unvonigaça bölgan, şu jumladan mayor unvoni ham, maxsus unvonlaridan biri berilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori, farmoyişi asosida yoki roziligi bilan generallar tarkibi lavozimlariga xizmatga yuborilgan, maxsus, harbiy va boşqa unvoni bölmagan şaxslarga belgilangan tartibda «polkovnik» maxsus unvonigaça bölgan, şu jumladan polkovnik unvoni ham, maxsus unvon berilişi mumkin.
Içki işlar organlari ofitserlar tarkibining birinçi maxsus unvoni Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruği bilan beriladi.
«Leytenant» maxsus unvoni quyidagilarga beriladi:
içki işlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlariga tayinlanib, sinov muddatini muvaffaqiyatli ötagan şaxslarga;
içki işlar organlarining safdor yoki serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlanganlarga Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş institutining qayta tayyorlaş maxsus kurslarini ötaganlaridan söng;
Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarini kunduzgi taʼlim, şuningdek xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarining (Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan kelişuv asosida yuborilgan) bitiruvçilariga.
34. Içki işlar organlari ofitserlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari quyidagilar tomonidan beriladi:
«mayor» maxsus unvonigaça — ofitserlar tarkibi unvonlarini beriş vakolatiga ega boşliqlar tomonidan, boşliqlari bunday vakolatga ega bölmagan tarkibiy tuzilmalar xodimlariga esa Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan;
«podpolkovnik» maxsus unvoni — Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan;
«polkovnik» maxsus unvoni — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan;
generallar tarkibining maxsus unvonlari — Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining tavsiyanomasiga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan.
35. Maxsus unvonda xizmat ötaş muddatlari quyidagiça belgilanadi:
«safdor» — muddatsiz;
«kiçik serjant» — ikki yil;
«serjant» — ikki yil;
«katta serjant» — muddatsiz;
«leytenant» — ikki yil;
«katta leytenant» — ikki yil;
«kapitan» — uç yil;
«mayor» — tört yil;
«podpolkovnik» — beş yil.
«Polkovnik» va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat qiliş muddatlari belgilanmaydi.
36. Navbatdagi maxsus unvonlar belgilangan xizmat muddatini ötagan xodimlarga, ular egallab turgan lavozimining unvon poğonasiga muvofiq beriladi.
Navbatdagi «katta serjant», «kapitan», «mayor» va «podpolkovnik» maxsus unvonlari Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş instituti yoki Maxsus tayyorgarlik öquv markazining maxsus malaka oşiriş kurslarini muvaffaqiyatli ötagan xodimlarga beriladi. Rağbatlantiriş çorasi tariqasida muddatidan oldin maxsus unvonlar berilişi bundan mustasno.
Navbatdagi «polkovnik» maxsus unvoni yuklatilgan vazifalarni bajarişda samarali natijalarga erişgan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining yoki Jamoat xavfsizligi Universitetining magistraturasini yoki Qurolli Kuçlar Akademiyasining ikki yillik taʼlim dasturini, boşqa oliy taʼlim muassasalarining moliya-iqtisod, texnik yoki tibbiy sohalari yönalişlari böyiça magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan yoxud ilmiy darajaga ega xodimlarga beriladi.
Mazkur bandni inobatga olmagan holda maxsus unvonlarni berişga faqat Özbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan yöl qöyiladi.
37. Navbatdagi maxsus unvonni çetlab ötib, maxsus unvonlar berilişiga yöl qöyilmaydi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida öqiş va sport-madaniyat sohasida yuqori natijalarga erişgan, taʼlim dasturini aʼlo baholarga tamomlagan bitiruvçilariga Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri tomonidan taʼlim muassasa boşliğining taqdimnomasi asosida içki işlar organlari ofitserlar tarkibining birinçi maxsus unvonini çetlab, «katta leytenant» maxsus unvoni berilişi mumkin.
38. Xodim yuqori darajadagi unvon belgilangan lavozimga ötkazilganda, mavjud unvonida böliş muddati ötgan bölsa, lavozimiga qaçon tayinlanganidan qatʼi nazar, navbatdagi maxsus unvon beriş uçun taqdim etiladi.
39. Maxsus unvonda xizmat ötaş muddati kalendar hisobda maxsus unvon beriş haqida buyruq çiqarilgan kundan eʼtiboran hisoblanadi (uşbu Nizomning 47 va 48-bandlari talablari asosida berilgan maxsus unvonlar bundan mustasno).
Xodimning maxsus unvoni pasaytirilgan taqdirda uning avvalgi unvonini qayta tiklanguniga qadar ötagan xizmat davri navbatdagi unvon muddatiga qöşilmaydi.
40. Xizmat majburiyatlarini namunali darajada bajarayotgan, jinoyatçilikka qarşi kuraşda, ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatda yuqori körsatkiçlarga erişgan, xizmat burçini bajarişda qahramonlik, jasorat va fidoyilik körsatgan xodimlarga rağbatlantiriş çorasi tariqasida içki işlar organlari ofitserlar tarkibining maxsus unvonini muddatidan oldin yoki egallab turgan lavozimi bilan közda tutilgandan bir poğona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilişi ham mumkin.
Muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonlar quyidagilarga beriladi:
içki işlar organlari generallar tarkibi lavozimlariga tayinlangan («polkovnik» unvonidan past unvonga ega bölgan) xodimlarga — mavjud maxsus unvonda qança muddat xizmat ötaganidan qatʼi nazar;
içki işlar organlari ofitserlar tarkibidagi lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlarga — mavjud maxsus unvonda xizmat qiliş uçun belgilangan muddatning kamida uçdan ikki qismi ötganidan söng.
Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri, mavjud maxsus unvonda xizmat ötaş uçun qança muddat belgilanganidan qatʼi nazar, navbatdagi maxsus unvonlarni beriş huquqiga ega.
Egallab turgan lavozimi bilan közda tutilgandan bir poğona yuqori navbatdagi maxsus unvon quyidagilarga beriladi (generallar tarkibi maxsus unvonlari bundan mustasno):
ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega içki işlar organlari ofitserlar tarkibi xodimlariga — mavjud unvonda xizmat ötaş muddati tugaganidan söng;
içki işlar organlari ofitserlar tarkibi lavozimlaridagi xodimlarga — mavjud unvonda xizmat ötaş muddatining kamida bir yarim baravari ötganidan söng.
Içki işlar organlari profilaktika, ekspert-kriminalistika, tergov va tezkor bölinmalari xodimlariga rağbatlantiriş çorasi tariqasida mazkur Nizomning 36-bandining ikkinçi va uçinçi xatboşilarida nazarda tutilgan talablarga javob berganda egallab turgan lavozimi bilan közda tutilgan maxsus unvondan qatʼi nazar navbatdagi maxsus unvon berilişi mumkin:
«podpolkovnik» maxsus unvoni — tegişliligi böyiça içki işlar organlari profilaktika, ekspert-kriminalistika, tergov va tezkor bölinmalarida ön beş kalendar yildan ortiq iş stajiga ega bölgan profilaktika inspektori, eksperti, tergovçisi (suriştiruvçisi), tezkor vakili yoki profilaktika katta inspektori, katta eksperti, katta tergovçisi (katta suriştiruvçisi), katta tezkor vakili lavozimidagi xodimlarga «mayor» maxsus unvonida xizmat ötaş muddati tugaganidan söng;
«polkovnik» maxsus unvoni — tegişliligi böyiça içki işlar organlari profilaktika, ekspert-kriminalistika, tergov va tezkor bölinmalarida yigirma kalendar yildan ortiq iş stajiga ega bölgan profilaktika katta inspektori, katta eksperti, katta tergovçisi (katta suriştiruvçisi), katta tezkor vakili, boş eksperti yoki öta muhim işlar böyiça tergovçisi, tezkor vakili lavozimidagi xodimlarga «podpolkovnik» maxsus unvonida xizmat ötaş muddati tugaganidan söng.
Bir vaqtning özida muddatidan oldin hamda egallagan lavozimi bilan közda tutilgan bir poğona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilişiga yöl qöyilmaydi.
41. Pensiya oliş huquqini beradigan xizmat yilini hamda navbatdagi maxsus unvon uçun belgilangan muddatini ötagan, egallab turgan lavozimi bilan belgilangan unvon poğonasi «kapitan» bölgan, ijobiy tavsiflanadigan ofitserlar tarkibidagi xodimlarga xizmatdan böşatiş bilan bir vaqtda «mayor» maxsus unvoni berilişi mumkin.
42. Xodimlarga navbatdagi maxsus unvon berilişi quyidagi hollarda keçiktiriladi:
xodim içki işlar organlari ixtiyorida bölganda (bola parvarişlaş taʼtili berilgan xodimlar bundan mustasno);
xodimda amaldagi intizomiy jazosi mavjud bölganda;
xodim attestatsiyadan şartli ravişda ötganida;
xodimga nisbatan jinoyat işi qözğatilganda;
intizomiy jazo tariqasida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va boşqa lavozimga ötkazilgan taqdirda — lavozimidan ozod etilgan kundan boşlab, bir yil davomida.
43. Navbatdagi maxsus unvonni asossiz ravişda keçiktirilişiga yöl qöygan boşliqlar va xodimlar belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortiladi.
44. Içki işlar organlari ofitserlar tarkibi xodimlarining maxsus unvonlarini intizomiy jazo tariqasida bir poğona pasaytiriş mumkin. Bunda unvon «leytenant» maxsus unvonigaça pasaytiriladi.
«Podpolkovnik» va undan past maxsus unvonlarni pasaytiriş Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan amalga oşiriladi.
«Polkovnik» maxsus unvoni Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelişilgan holda pasaytiriladi.
Maxsus unvoni pasaytirilgan xodimning avvalgi unvoni, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan unvonini pasaytirişni tavsiya etgan boşliqning (yoki unga tenglaştirilgan boşliqning) yoxud yuqori lavozimdagi boşliqning taqdimnomasi böyiça tiklanişi mumkin.
Generallar tarkibi xodimlarning maxsus unvonlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan pasaytiriladi va tiklanadi.
45. Maxsus unvoni pasaytirilgan va söngra tiklangan xodimning maxsus unvondagi muddati, unvoni pasaytirilguniga qadar ötagan xizmati bilan qöşib hisoblanadi.
46. Sudning hukmi asosida maxsus unvonlardan mahrum qiliş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
safdorlar va serjantlar tarkibining maxsus unvonlari — uşbu unvonlarni beriş vakolatiga ega boşliqlar tomonidan;
ofitserlar tarkibining maxsus unvonlari Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruği bilan.
Generallar tarkibi maxsus unvoniga ega şaxslar maxsus unvonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sudning tegişli taqdimnomasi asosida mahrum qilinişi mumkin.
Sud şaxsning maxsus unvonini tiklaş haqida qaror qabul qilganida maxsus unvondan mahrum qilgan boşliq yoki bunday vakolatga ega yuqori turuvçi rahbar tomonidan tiklanadi.
47. Nazorat, huquqni muhofaza qiluvçi yoki maxsus unvon va martaba darajasi bölişi nazarda tutilgan boşqa organlardan xizmatga ötkazilgan (yuborilgan) şaxslarning maxsus unvonlari, egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan uşbu Nizom ilovasiga muvofiq beriladi.
Uşbu tartib nazorat, huquqni muhofaza qiluvçi yoki maxsus unvonlar bölişi nazarda tutilgan boşqa organlar bölinmalariga ötkazilgan (yuborilgan) xodimlarga ham qöllaniladi.
48. Harbiy unvonda xizmat qilgan yoki harbiy taʼlim muassasalaridan xizmatni içki işlar organlarida davom ettiriş uçun kelgan oddiy askar va serjantlar tarkibi harbiy xizmatçilariga (şartnoma asosida xizmat ötagan) lavozimga tayinlaş töğrisidagi buyruq bilan birga ularning harbiy unvonlariga muvofiq tenglaştirilgan maxsus unvonlar beriladi.
«III darajali serjant», «II darajali serjant» hamda «I darajali serjant» harbiy unvonlari içki işlar organlarining «serjant» maxsus unvoniga tenglaştiriladi.
49. Uşbu Nizomning 47 va 48-bandlarida belgilangan tartibda navbatdagi maxsus unvon berilgan xodimlarga ularni avvalgi iş joyida unvonda xizmat ötagan davri hisobga olinadi.
50. Uşbu Nizomning 33-bandi uçinçi xatboşisi, 47 yoki 48-bandlariga muvofiq maxsus unvonlar berilgan xodimlarga (şu jumladan mazkur Nizom kuçga kirgunga qadar xizmatga ötkazilgan (yuborilgan) yoki Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyişi yoki uning roziligi bilan yuborilgan) xizmat yillari uçun foizli ustama haq belgilaşda ularning ilgarigi iş joyidagi (foizli ustama tölaş uçun belgilangan) xizmat yoki mehnat stajlari inobatga olinadi hamda uşbu davr xodim içki işlar organlaridan böşatilgan taqdirda unga pensiya tayinlaşda umumiy xizmat stajiga qöşib hisoblanadi.
51. Yuqori yoki teng lavozimga vazifasini bajaruvçi etib tayinlagan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar, vazifa bajaruvçi etib tayinlangunga qadar egallagan lavozimining unvon poğonasi böyiça beriladi.
Agar vaqtinça lavozimni bajariş uçun tayinlangan xodimning ilgari egallagan lavozimining unvon poğonasi navbatdagi unvonini beriş uçun mos kelmasa, uni navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etiş mumkin emas. Bunda lavozim vazifasini bajariş muddati olti oydan oşmasligi lozim.
52. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi tinglovçilariga, şuningdek Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining doktoranturasida taʼlim olayotganlarga navbatdagi maxsus unvonlar ular tinglovçilar safiga, doktoranturaga qabul qilinganiga qadar xizmat qilgan oxirgi lavozimining unvon poğonasiga muvofiq beriladi.
53. Xodimlar ilgari egallagan lavozimlaridagi ştat jadvali böyiça özgarişlar (ştatlar qisqarişi, unvon poğonasi kötarilişi yoki tuşirilişi) lavozim vazifasini bajaruvçi etib tayinlanganlaridan yoki öqişga kirganlaridan söng inobatga olinmaydi.
54. Maxsus unvonlar beriş, ulardan mahrum qiliş va ularni tiklaşga doir hujjatlarni rasmiylaştiriş hamda ularni körib çiqiş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
4-bob. Lavozimga tayinlaş, lavozimdan ozod etiş va rotatsiya
55. Içki işlar organlarining asosiy lavozimlari böyiça xodimlarning maxsus unvonlar röyxati — Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ularga tenglaştirilgan lavozimlar röyxati esa — Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlagan taşkiliy-ştat tuzilmasi va umumiy ştatlar soni asosida Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
56. Özbekiston Respublikasining «Içki işlar organlari töğrisida»gi Qonunining 14-moddasida körsatilmagan xodimlarni lavozimlarga tayinlaş va ozod etiş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
57. Tayinlanişi uçun xodimlarning soğliği holati inobatga olinişi talab etiladigan lavozimlar Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
58. Xodimlarni lavozimga tayinlaş, bunga vakolatli boşliqlar tomonidan quyidagi qoidalarga rioya etgan holda amalga oşiriladi:
a) xodimlarni lavozimga tayinlaş ularning maʼlumoti, mutaxassisligi yoki lavozimga yaqin mutaxassislik, şuningdek amaliy iş tajribasiga muvofiq amalga oşiriladi;
Xodim içki işlar organlarining ştat jadvali asosida doimiy şaxsiy tarkib sirasiga kiruvçi lavozimda xizmat qilgan davr uning içki işlar organlarida amaliy xizmat staji bölib hisoblanadi.
Içki işlar vazirligi taʼlim muassasalarida öqiş va muddatli harbiy xizmatni ötaş davri içki işlar organlarida amaliy xizmat stajiga kiritilmaydi (qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarida öqiş davri bundan mustasno).
b) böş lavozim vazifasini bajarişning uzluksiz muddati olti oydan, jamlangan lavozimda esa tört oydan oşmasligi lozim;
v) taşkiliy-ştat özgarişlari bölganida, şuningdek xodimning hayoti va faoliyati bilan boğliq holatlar yuzaga kelganida u egallab turgan lavozimida ozod qilinadi va 15 kundan ortiq bölmagan muddatga, ayrim hollarda esa Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri ruxsati bilan ikki oydan oşmagan muddatga pul taʼminoti (oxirgi lavozimi böyiça) saqlangan va xizmat stajini bir kuni bir kunga hisoblagan holda içki işlar organlari ixtiyoriga olinadi.
Içki işlar organlari ixtiyorida böliş muddatini hisoblaşda vaqtinçalik mehnatga layoqatsizlik davri (layoqatsizlik haqidagi hujjat bölganida) yoki qöşimça taʼtilda böliş (bola parvarişlaş taʼtilida böliş vaqti bundan mustasno) inobatga olinmaydi.
Xodimlarning içki işlar organlari ixtiyorida belgilangan muddatdan ortiq bölgani uçun haq tölanmaydi, bunda uşbu davrning bir kuni bir kunga tenglaştirilgan holda umumiy xizmat stajiga kiritiladi.
g) xodimning yoki uning oila aʼzolari hayoti yoxud soğliğiga xavf yuzaga kelganida, şuningdek ularning soğliği holati tufayli xizmat (yaşaş) joyini özgartiriş zarur bölganida, uşbu xodimni boşqa tuman (şahar, viloyat)ga xizmatga ötkaziş lavozimga tayinlaş vakolatiga ega boşliq tomonidan amalga oşiriladi;
d) özaro qarindoş bölgan xodimlar (ota-ona, turmuş örtoği, aka-uka, opa-singil, farzandlar, şuningdek turmuş örtoğining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillari), agar unda xizmat ötaş birining ikkinçisiga böysunişi yoki nazorat ostida bölişi bilan boğliq bölsa, bir bölinmadagi lavozimlarga tayinlanişi mumkin emas.
e) Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari tarkibi hamda jazoni ijro etiş muassasalari tibbiyot xodimlari lavozimlariga, kafedralar (fakultetlar, tsikllar, bölimlar) rahbarlaridan taşqari, tegişli sohada kamida ön yillik ilmiy, pedagogik, tibbiyot yoki amaliy iş tajribasiga ega bölgan şaxslar şahodatlangan lavozimlar hisobidan tayinlanişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining bakalavrlari sirasidan bölgan xodimlari, istisno tariqasida, içki işlar organlari taʼlim muassasalarining öqituvçilar tarkibi lavozimlariga magistr darajasiga ega bölmagan holda tayinlanişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasining ixtisoslaştirilgan kafedralari professor-öqituvçilar tarkibidagi lavozimlariga tegişli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga yoxud tegişli mutaxassislik böyiça ilmiy darajaga ega şaxslar tayinlanadi.
Tegişli sohada kamida 3 yillik amaliy xizmat stajiga ega içki işlar organlari xodimlariga Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi bazaviy doktoranturasi kunduzgi şakliga pedagogik stajga ega bölmagan holda kiriş huquqi beriladi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasini 2001 — 2004-yillarda bakalavriat dasturi böyiça kunduzgi taʼlim şaklini tamomlagan içki işlar organlari xodimlariga, istisno tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun dissertatsiya işini tayyorlaş va belgilangan tartibda himoya qiliş huquqi beriladi.
j) xodimni egallab turgan lavozimidan çetlaştirişga doir jinoyat işi böyiça sud qarori çiqarilganida u egallab turgan lavozimidan ozod etiladi hamda avvalgi xizmat vazifalarini bajariş bilan boğliq bölmagan past yoki teng mavqeli lavozimga tayinlanadi yoxud içki işlar organlari ixtiyorida qoldiriladi;
Egallab turgan lavozimidan çetlaştirilgan xodimni içki işlar organlaridan böşatiş yoki uni avvalgi yoxud teng mavqeli lavozimga tayinlaş masalasi bunga vakolatli boşliqlar tomonidan sud qarori asosida hal etiladi.
Xodimni egallab turgan lavozimidan qonunga xilof tarzda çetlaştiriş tufayli yuzaga kelgan majburiy progulning bir yildan ortiq bölmagan muddati uçun unga pul taʼminoti tarzida haq tölanadi.
z) xodimga bola parvarişlaş taʼtili berilganida, egallab turgan lavozimidan ozod etilib, içki işlar organlari ixtiyoriga olinişi mumkin.
Xodimlar bolani parvarişlaş uçun berilgan taʼtil muddati tugamasdan xizmat majburiyatlarini bajarişga kirişiş huquqiga ega.
Bolani parvarişlaş uçun berilgan taʼtildan çiqqan xodim muqaddam egallagan lavozimiga (agar böş bölsa), buning imkoni bölmasa, boşqa teng lavozimga tayinlanadi.
59. Xodimni lavozimdan lavozimga ötkaziş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
yuqori lavozimga — xizmat böyiça kötariliş yoki rağbatlantiriş tartibida;
teng lavozimga — özining xohişiga köra, soğliğining holati böyiça (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), oilaviy şaroitga köra, sud qarori asosida lavozimdan çetlaştiriş yoki böş lavozimlarni jamlaş zaruriyati yuzaga kelganida xodimning kasbiy va şaxsiy xislatlarini inobatga olib, uning egallab turgan lavozimidagi amaliy tajribasidan foydalaniş maqsadida, şuningdek taşkiliy-ştat özgarişlari bölganida;
past lavozimga — özining xohişiga köra, soğliğining holati böyiça (harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida), attestatsiya tartibida egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilganida, intizomiy jazo çorasi sifatida egallab turgan lavozimidan ozod etilganda, şuningdek taşkiliy-ştat özgarişlari bölganida yoki sud qarori asosida lavozimidan çetlaştirilganligi sababli teng lavozimga ötkaziş imkoniyati bölmaganida.
Boşliqning xodimni past lavozimga ötkaziş haqidagi buyruğida buning asoslari körsatiladi.
60. Yuqori, teng yoki past lavozimlar egallab turgan lavozim bilan nazarda tutilgan maxsus unvonga muvofiq, maxsus unvonlar teng bölganida esa — lavozim maoşi miqdori böyiça aniqlanadi.
61. Egallab turgan lavozimiga noloyiqligi sababli yoki intizomiy jazo tariqasida past lavozimga tayinlangan xodimlarni xizmat böyiça kötariş ularning kasbiy va şaxsiy xislatlari, soğliğining holati, iş natijalari va xizmat vazifalarini bajariş böyiça körsatgan qobiliyatidan kelib çiqib, kamida bir yildan keyin amalga oşiriladi.
62. Xizmat joyi özgargan xodim içki işlar organlari xizmat böyiça köçiriş haqida buyruqni yoki yozma xabarni olgan kunidan söng ön kundan keçikmasdan moddiy va işonib berilgan mulkni topşirganidan keyin, xizmat joyiga safarbar qilinişi lozim, xodim navbatdagi taʼtilda yoki davolanişda bölgan hollar bundan mustasno.
63. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga, şu jumladan kasbiy tayyorgarlik fakulteti, va magistraturaga öqişga kirgan xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etiladi va tinglovçilar safiga kiritiladi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taʼlim muassasalari kursantlari (tinglovçilari)ni ötkaziş, tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
64. Xodimni maxfiy hujjatlar bilan işlaşi belgilangan lavozimga tayinlaşda unga davlat sirini taşkil qiluvçi maʼlumotlarga örnatilgan tartibda ruxsatnoma rasmiylaştiriş jarayoni amalga oşiriladi.
Davlat sirini taşkil etuvçi maʼlumotlarga ruxsatnomasi bölmagan xodimni maxfiy hujjatlar bilan işlaşi belgilangan lavozimga tayinlaşga yöl qöyilmaydi.
Xodim örnatilgan tartibda davlat sirini taşkil etuvçi maʼlumotlarga ruxsatnomadan mahrum qilinganda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi va maxfiy hujjatlar bilan işlaş talab etilmaydigan lavozimga ötkaziladi.
65. Içki işlar organlarida rahbar lavozimlarni egallagan xodimlar faoliyatining samaradorligin oşiriş, korruptsiya va vakolatlar suiisteʼmol qilinişining oldini oliş, şaxsiy tarkib orasida soğlom muhitni taʼminlaş maqsadida xodimlar amaliy xizmat stajini va kasbiy tayyorgarlik darajasini inobatga olgan holda teng lavozimga, jumladan boşqa tuman (şahar, viloyat) yoki tarkibiy tuzilmaga, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uç yil işlaganidan söng, rotatsiya tartibida ötkazilişi mumkin.
66. Xodimlarni içki işlar organlari ixtiyorida qoldiriş va rotatsiya qiliş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
5-bob. Xodimlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş
67. Içki işlar organlari uçun kadrlar tayyorlaş Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida hamda boşqa taʼlim muassasalarida, şuningdek xalqaro şartnomalar asosida xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida amalga oşiriladi.
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida öqiş uçun tanlov ötkaziş tartibi va şartlari Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
68. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga, xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalariga öqişga kirgan fuqarolar bilan (tölov-kontrakt asosida öqişga kirganlar bundan mustasno) öqişni tamomlaganidan keyin beş kalendar yili mobaynida içki işlar organlarida, şuningdek taqsimot böyiça yuborilganda boşqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat ötaşlari haqida belgilangan tartibda şartnoma tuziladi.
Şartnoma şartlari hamda uning bajarilmasligi sababli moddiy javobgarlik haqida nomzod (şuningdek uning ota-onasi) öqişga kirguniga qadar dastlabki tanlov davrida yozma ravişda ogohlantiriladi.
Şartnoma öqişga kirgan fuqarolar bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi nomidan taʼlim muassasalari tomonidan, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalariga öqişga yuboriladiganlar bilan esa — Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan tuziladi.
Şartnoma tuzişni rad etgan fuqarolar mazkur taʼlim muassasalariga qabul qilinmaydi.
Agar kursant (xodim) tomonidan şartnoma şartlari bajarilmasa undan Özbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan öqişiga sarflangan mablağlar qonunga muvofiq undiriladi.
Quyidagi hollarda taʼlimga sarflangan mablağlar undirilmaydi:
içki işlar organlaridan harbiy-tibbiy komissiya xulosasi asosida yoki taşkiliy-ştat özgarişlari sababli böşatilganda;
kursant (xodim)ning ota-onasi, aka-ukalari yoki opa-singillaridan biri nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimi yoxud Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining harbiy xizmatçisi bölib, xizmat vazifalarini bajariş çoğida halok bölgan taqdirda;
kursant (xodim) vafot etganida.
69. Xizmatga qabul qilingan fuqarolar (kursantlar va maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslari tinglovçilari bundan mustasno) majburiy tartibda uç oy muddatli boşlanğiç kasbiy tayyorgarlikdan ötadilar.
70. Xodim boşqa turdagi kasbiy faoliyat bilan boğliq lavozimga tayinlanganda yoki uni yangi yönalişlar böyiça tayyorlaş zarur bölganida qayta tayyorgarlikdan ötişi şart.
71. Xodimlar Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş instituti va Maxsus tayyorgarlik öquv markazida Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan dasturlar asosida malaka oşiradilar.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Malaka oşiriş instituti va Maxsus tayyorgarlik öquv markazida nazarda tutilmagan mutaxassisliklar böyiça xodimlarning malakasini oşiriş Özbekiston Respublikasining boşqa taʼlim muassasalarida yoki xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida taşkil etiladi.
72. Içki işlar organlari uçun rahbar kadrlarni tayyorlaş Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
73. Xodimlarning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini, maʼnaviy-axloqiy darajasini oşiriş uçun içki işlar organlarida tizimli ravişda xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlik maşğulotlari taşkil etiladi.
Xodim maxsus tayyorgarlikdan, şuningdek jismoniy kuç işlatiş, maxsus vositalar va öqotar qurol qöllaş bilan boğliq şaroitlarda harakatlanişiga kasbiy yaroqliligi böyiça har yilgi tekşiruvdan ötişi şart. Maxsus tayyorgarlikdan ötgan xodimga tegişli sertifikat beriladi.
74. Xodimlarni maxsus kasbiy (boşlanğiç) tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, şuningdek xizmat ötaş vaqtida xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan ötişini taşkil qiliş tartibi va şartlari Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
6-bob. Xodimning boşqa davlat organlari va taşkilotlariga saylanganida (tayinlanganida, safarbar etilganida) xizmat ötaşi
75. Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyişiga, şuningdek roziligiga yoxud Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boşqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlarga tayinlangan, xuddi şuningdek Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruği bilan boşqa davlat organlarining taʼlim muassasalariga öqişga yuborilgan xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga (bundan buyon matnda — kadrlar zaxirasi) kiritilişi mumkin.
76. Agarda qonunçilikda boşqa tartib nazarda tutilmagan bölsa, kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar uşbu Nizomda belgilangan tartibda xizmat ötaydilar.
77. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning lavozimi özgargan (boşqa lavozimga tayinlangan, lavozimdan ozod qilingan, öqişdan çetlaştirilgan), rağbatlantirilgan, şuningdek intizom buzgan taqdirda ular faoliyat körsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlari bu haqida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligini yozma ravişda xabardor qiladi.
78. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni davlat mukofotiga tavsiya etiş, içki işlar organlarida xizmatda bölişning belgilangan çegaradagi yoşiga tölganida xizmat muddatini uzaytiriş ular faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlar, şuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining taqdimnomasiga asosan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
79. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga maxsus unvonlar quyidagi tartibda beriladi:
«podpolkovnik» maxsus unvonigaça, şu jumladan «podpolkovnik» unvoni ham — ilgari egallagan lavozimidan qatʼi nazar, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlar, şuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga köra uşbu Nizomda belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan;
«polkovnik» maxsus unvoni — ilgari egallagan lavozimidan qatʼi nazar mazkur Nizomning 36-bandining uçinçi xatboşisida nazarda tutilgan talablarga javob berganda, xodim faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlar, şuningdek taʼlim muassasalari rahbarlarining kiritgan tavsiyanomasiga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelişilgan holda Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan;
generallar tarkibining maxsus unvonlari — Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri hamda ular faoliyat körsatayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlar rahbarlarining birgalikdagi tavsiyanomasiga köra Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan.
80. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarga taʼtillarni, şuningdek xorijiy davlatlarga borişlari uçun ruxsatnomalarni rasmiylaştiriş, xodimlar faoliyat olib borayotgan davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlar, taʼlim muassasalari rahbarlarining ruxsati bilan amalga oşiriladi.
81. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmatni ötaş tartibi bilan boğliq özgarişlardan xabardor bölişlari, lavozimi özgarganida (boşqa lavozimga tayinlanganida, lavozimidan ozod etilganida, öqişdan çetlaştirilganida), mukofotlanganida, intizom buzilişiga yöl qöyganida, şuningdek özlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilganida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga yozma ravişda axborot berişi şart.
82. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar nikohdan ötganida, oilasi tarkibida boşqa özgarişlar bölganida, qarindoşlariga (ota-ona, er-xotin, aka-uka, opa-singil, öğil-qizlar, şuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari) nisbatan jinoyat işi qözğatilganida uç iş kuni muddati içida, mehnat taʼtili yoki xizmat safarida bölganida esa taʼtil va safar tugaşi bilan darhol Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga yozma ravişda xabar beradilar.
83. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar xizmat majburiyatlarni bajariş (öqiş) muddati yakunlanganidan söng, davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlar, şuningdek taʼlim muassasalari tomonidan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi ixtiyoriga qaytarib yuboriladi.
84. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga qaytgan xodim Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruği bilan kadrlar zaxirasidan çiqariladi va ilgarigi, unga teng yoki yuqori lavozimga tayinlanadi.
85. Intizom buzişi va boşqa salbiy sabablarga köra davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlardagi lavozimidan ozod etilib, şuningdek öqişdan çetlaştirilib, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga qaytarib yuborilgan xodimni lavozimga tayinlaş yoki xizmatdan böşatiş uşbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oşiriladi .
86. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar taʼlim muassasalarini tamomlaganidan söng, öqiş davrida olgan maʼlumoti va mutaxassisligiga hamda amaliy iş tajribasidan kelib çiqib lavozimga tayinlanadi.
87. Xizmatda bölişning belgilangan çegara yoşiga etgan yoki xizmatni davom ettiriş istagi bölmagan xodimlar, kadrlar zaxirasiga kiritilguniga qadar egallagan lavozimi böyiça mazkur Nizomga muvofiq xizmatdan böşatiladi.
88. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlar va ularning oila aʼzolari xizmat (öqiş) vaqtida, şuningdek böşatilganidan söng, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda içki işlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari uçun belgilangan barça turdagi taʼminot, huquq, imtiyoz va boşqa afzalliklardan foydalanadi.
89. Kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarning davlat organlari yoki ularning tasarrufidagi taşkilotlar, şuningdek taʼlim muassasalarida lavozim majburiyatlarni bajariş (öqiş) davri içki işlar organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni oliş huquqini beradigan xizmat qilgan yillariga ustama tölaş, pul taʼminoti (lavozim maoşi va maxsus unvon böyiça maoşi summasidan iborat bölgan) maoşini belgilaş va pensiya tayinlaş uçun içki işlar organlaridagi xizmat stajiga qöşib hisoblanadi.
7-bob. Attestatsiya ötkaziş
90. Içki işlar organlarida attestatsiya xodimlarning bilim darajasini, işga munosabatini, kasbiy tayyorgarligini, egallab turgan lavozimiga loyiqligini xolisona baholaş, mamlakatimizda olib borilayotgan davlat siyosatining mazmun-mohiyatidan xabardorligi darajasini aniqlaş, şuningdek xizmat intizomini mustahkamlaş va zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilişi çoğida ularning masʼuliyatini oşiriş maqsadlarida ötkaziladi.
Attestatsiya oşkoralik, talabçanlik, printsipiallik va xayrixohlik vaziyatida ötişi lozim.
91. Xodimlar xizmat davrida navbatdagi va navbatdan taşqari attestatsiyadan ötadilar.
92. Navbatdagi attestatsiyadan ötkaziş muddati lavozimga tayinlangan va oxirgi attestatsiyadan ötkazilgan kunidan boşlab hisoblanadi.
Navbatdagi attestatsiya beş yilda bir marta yoki navbatdagi maxsus unvon beriş uçun ötkaziladi.
Quyidagi xodimlar navbatdagi attestatsiyadan ötmaydilar:
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanganlar;
egallab turgan lavozimida bir yildan kam muddat xizmat qilganlar;
xizmat safarida, davolanişda (içki işlar organlari tibbiyot muassasalarida mehnatga layoqatsizlik varaqasi oçilgan holda) va malaka oşirişda bölganlar;
kadrlar zaxirasiga kiritilganlar. Uşbu toifadagi xodimlar kadrlar zaxirasidan çiqarilib, içki işlar organlaridagi lavozimga tayinlangan kundan boşlab kamida bir yil ötganidan söng umumiy tartibda attestatsiyadan ötadilar;
homiladorlik, tuğiş va bola parvarişlaş taʼtilida bölganlar. Bola parvarişlaş taʼtilida bölgan xodimlar xizmat vazifalarini bajarişga kirişganlaridan söng kamida bir yil ötganidan söng attestatsiyadan ötadilar.
93. Navbatdan taşqari attestatsiyadan iş körsatkiçlari past bölgan, kasbiy yaroqliligini aniqlaş böyiça tekşiruvdan öta olmagan, xizmat intizomini qöpol tarzda buzgan yoki muntazam buzib kelayotgan, içki işlar organlari xodimining şaʼniga putur etkazuvçi nojöya harakatlar sodir etgan xodimlar ötadilar.
Navbatdan taşqari attestatsiya ötkaziş haqidagi qarorni lavozimga tayinlaş vakolatiga ega bölgan boşliq qabul qiladi.
94. Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Boş vaziri yoxud içki işlar vazirining qaroriga asosan xodimlar navbatdan taşqari attestatsiyadan ötkazilişi mumkin, buning uçun maxsus komissiya tuziladi.
95. Attestatsiyani taşkil qiliş va ötkaziş, attestatsiya komissiyalari tarkibini şakllantiriş va tasdiqlaş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
8-bob. Taʼtillar
96. Xodimlarga quyidagi taʼtillar beriladi:
har yilgi asosiy taʼtil;
homiladorlik, tuğiş va bola parvarişlaş taʼtillari;
kasallik böyiça (harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga asosan) taʼtil;
öquv (kanikulyar) taʼtili — Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari kursant (tinglovçi)lari uçun;
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarini tamomlaganligi munosabati bilan taʼtil;
ijodiy taʼtil — amaliy faoliyatni ilmiy iş bilan birga olib borayotgan xodimlarga dissertatsiyasini yakunlaşi uçun;
qöşimça taʼtil — Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş imtihonlarni topşirişi uçun, oilaviy şaroiti böyiça, jangovar harakatlarda va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etişda qatnaşganlarga.
Şuningdek, xodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa asoslar böyiça taʼtillar ham berilişi mumkin.
97. Xodimlarga dam oliş va iş qobiliyatini tiklaşlari uçun taʼtilni ötkaziş joyiga boriş va qaytiş uçun zarur bölgan, biroq uç kalendar kundan oşmaydigan vaqt qöşilgan (bayram kunlari hisobga olinmagan, lavozimi va pul taʼminoti saqlangan) holda davomiyligi öttiz kalendar kun bölgan har yilgi asosiy taʼtil beriladi.
98. Asosiy taʼtil xodimlarga birinçi xizmat yili uçun kamida olti oy işlaganidan söng beriladi.
Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri asosiy taʼtilni xodim dastlabki sinov muddatini ötaganidan söng, xizmatining birinçi yilining istalgan davrida beriş huquqiga ega.
99. Xodimning belgilangan xizmat muddatini ötagandan keyin har yilgi asosiy taʼtiliga qöşimça ravişda kalendar hisobida davomiyligi quyidagiça bölgan haq tölanadigan qöşimça taʼtil beriladi:
ön yillik xizmatidan söng — beş kun;
ön beş yillik xizmatidan söng — ön kun;
yigirma yillik xizmatidan söng — ön beş kun.
100. Har yilgi asosiy taʼtil davrida xodim içki işlar organlarining tibbiyot muassasasida vaqtinça mehnatga layoqatsizligi varaqasi oçilgan holda davolanganida taʼtil uşbu muddatga uzaytiriladi.
101. Favqulodda holatlar davri belgilangan, tabiiy ofat hududi deb eʼlon qilingan yoki ularga tenglaştirilgan joylarda xizmat ötagan xodimlarga ular foydalanmagan har yilgi asosiy taʼtil ularning xohişiga köra keyingi yilgi asosiy taʼtilga qöşib beriladi.
102. Xodimlar içki işlar organlarining boşqa bölinmalariga ötkazilgan taqdirda, ularning foydalanilmay qolgan har yilgi asosiy taʼtili yangi xizmat joyi böyiça beriladi.
103. Xodimga yiliga bir marotaba qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi hududi doirasida har yilgi asosiy taʼtilni ötkazadigan joyiga, şuningdek sanatoriy-kurortlarda davolaniş joylariga borişi va qaytişi uçun sarflagan yöl xarajatlari tölab beriladi.
104. Xodimlarga har yilgi asosiy taʼtil xohişiga köra ikki qismga bölib berilişi mumkin. Bunda taʼtilning bir qismi ön beş iş kunidan kam bölmasligi kerak. Uşbu holda taʼtil guvohnomasi taʼtilning har bir qismi uçun alohida rasmiylaştiriladi.
105. Homiladorlik va tuğiş taʼtillari qonun hujjatlarida belgilangan muddatga va tartibda beriladi.
Xodimga qonun hujjatlariga muvofiq bola uç yoşga tölguniga qadar uni parvarişlaş uçun taʼtil beriladi.
Bolani parvarişlaş taʼtillari muddati xodimning xizmat stajiga (şu jumladan mutaxassisligi böyiça xizmat stajiga ham) qöşiladi, lekin hammasini jamlaganda olti yildan oşmasligi kerak. Bunda xizmat muddati har bir kuni bir kunga tenglaştirilgan holda hisoblanadi.
106. Xodimlarga kasalligi böyiça taʼtillar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida beriladi. Uşbu taʼtilning davomiyligi kasallikning xususiyatidan kelib çiqqan holda belgilanadi.
Kasallik sababli taʼtilda bölişning uzluksiz umumiy muddati tört oydan oşmasligi lozim. Ayrim kasalliklar böyiça davolanişda böliş uçun köproq muddat talab qilingan hollarda bu muddat tibbiyot muassasasi xulosasi asosida uzaytirilişi mumkin.
Xodimlar kasallik böyiça taʼtilda uzluksiz bölişning belgilangan muddati tugaganidan söng, keyingi xizmatga yaroqliligini hal qiliş uçun harbiy-tibbiy komissiyada guvohlantirilişi lozim.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarişda olingan yaradorligi (kontuziya, jarohatlar)ni davolaşda bölgan davri maʼlum bir muddat bilan çeklanilmaydi. Şaxslarning mazkur toifasi davolaniş tugagandan söng harbiy-tibbiy guvohlantirilişidan ötkaziladi.
Kasallik sababli berilgan taʼtil har yilgi asosiy taʼtil hisobiga kiritilmaydi.
Xodim xizmatdan böşatilayotganda, unga kasalligi sababli taʼtil berilmaydi.
107. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarining akademik qarzdorligi bölmagan kursantlariga etti kun davom etadigan qişki va öttiz kun davom etadigan yozgi, şuningdek oliy taʼlim muassasasini tamomlaşi munosabati bilan öttiz kun davom etadigan taʼtillar beriladi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalarida sirtdan öqiyotgan xodimlarga imtihonlar, sinovlar va boşqa öquv işlarini topşiriş davrida sessiya muddatiga pul taʼminoti saqlangan holda taʼtil beriladi.
108. Oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tadqiqot muassasasining mustaqil izlanuvçi bölgan xodimlarga dissertatsiyalarini yakunlaşlari uçun Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadigan tartibda ijodiy taʼtil beriladi.
109. Oliy taʼlim muassasasiga kiriş imtihonlari topşiriş uçun ruxsat olgan xodimlarga taʼlim muassasasiga boriş va u erdan qaytiş vaqtini hisobga olgan holda kamida ön beş kalendar kuni davom etadigan va pul taʼminoti saqlanmaydigan taʼtil beriladi.
110. Xodimlarga oilasidagi keçiktirib bölmaydigan ijtimoiy-maişiy masalalarni hal etiş, qarindoşlik burçini bajariş bilan boğliq bölgan, şuningdek boşqa uzrli sabablarga köra taʼtilni ötkaziş joyiga boriş va qaytiş uçun vaqt hisobga olinmagan, pul taʼminoti saqlanmagan holda ön kungaça qisqa muddatli taʼtil berilişi mumkin.
111. Xodimlarga har yilgi asosiy taʼtil joriy kalendar yili davomida berilmagan bölsa, uşbu taʼtil keyingi yilning birinçi çoragida berilişi lozim.
112. Xodimni taʼtildan faqat xizmat yuzasidan öta zarur hollardagina özining roziligi va xizmatga qabul qiliş vakolatiga ega boşliqning yozma qarori bilan çaqirib olişga yöl qöyiladi.
Taʼtildan çaqirib olinganida uning foydalanilmay qolgan qismi, qoida tariqasida, joriy yilda beriladi.
Agar har yilgi asosiy taʼtilning foydalanilmagan qismi ön kun va undan ortiq bölsa, xodimga taʼtil ötkazadigan joyiga borişi uçun pul mablaği beriladi, ammo masofa uni çaqirib olingan aholi punktidan uzoq bölmasligi kerak.
113. Uşbu Nizomning 144-bandi «a», «b», «v», «g», «d» va «e» kiçik bandlari asosida xizmatdan böşatilayotgan xodimlarga işdan böşatiş haqida qaror qabul qilingan kalendar yili uçun haq tölanadigan har yilgi asosiy va qöşimça taʼtillar beriladi.
Boşqa asoslarga köra xizmatdan böşatilayotgan xodimlarga foydalanilmagan haq tölanadigan asosiy va qöşimça taʼtillar uçun pul kompensatsiyasi tölanadi.
114. Xodimlarga taʼtillar beriş, taʼtildan çaqirib oliş, şuningdek ularni muddatlarini hisoblaş tartibi va şartlari Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
9-bob. Huquqiy va ijtimoiy himoya
115. Xodim faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari talablaridan kelib çiqqan holda egallab turgan lavozimi böyiça xizmat vazifalarini bajarişda davlat organining vakili sifatida iş yuritadi va davlat himoyasi ostida böladi.
116. Xodimning xizmat vazifalarini bajariş çoğida öz vakolatlari doirasidagi qonuniy talablari barça fuqarolar va mansabdor şaxslar tomonidan bajarilişi majburiydir. Xodimning qonuniy talablarini bajarmaslik va uning xizmat vazifalarini bajarişga tösqinlik qiluvçi xatti-harakatlar (harakatsizlik) qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikni keltirib çiqaradi.
117. Xodim tomonidan jismoniy kuç işlatiş, maxsus vositalarni yoki öqotar qurolni qöllaş qonun asosida amalga oşirilgan bölsa, bunda u jismoniy va yuridik şaxslarga etkazilgan zarar uçun javobgar bölmaydi. Xodimlarning jismoniy kuç işlatişi, maxsus vositalarni yoki öqotar qurolni qöllaşining asosliligi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
118. Xodim xizmat majburiyatlarini bajariş vaqtida zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat holatida, ijtimoiy xavfli qilmiş sodir etgan şaxsni uşlaş yoxud buyruq yoki boşqa vazifani ijro etiş vaqtida, şuningdek kasb faoliyatiga boğliq asosli tavakkalçilik qiliş oqibatida zarar etkazsa, uni javobgarlikdan ozod qiliş masalasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
119. Xodim xizmat majburiyatlarini bajariş çoğida faqat bevosita yoki töğridan-töğri boşliğiga böysunadi.
120. Qonun bilan vakolat berilgan şaxslardan taşqari heç kim xodimning qonuniy faoliyatiga aralaşiş, xodimni qonun bilan içki işlar organlari zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarişga majburlaş huquqiga ega emas.
Xodim öz iş yurituvida bölgan işlar va materiallarning mohiyati böyiça heç qanday tuşuntiriş berişga, şuningdek ularni, şu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldorlarini tanişib çiqiş uçun taqdim etişga majbur emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar va tartiblar bundan mustasno.
121. Xodimlarni ijtimoiy himoya qiliş quyidagilar orqali taʼminlanadi:
soğliğini saqlaş;
mehnatiga haq tölaş;
uy-joy maydoni bilan taʼminlaş;
mol-mulkiga etkazilgan zararning örnini qoplaş;
xizmat majburiyatlarini bajariş çoğida transport vositalaridan imtiyozli foydalaniş;
davlat pensiya taʼminoti;
davlat suğurtasi;
ijtimoiy yordam körsatiş;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa çora-tadbirlar.
122. Xodimlar belgilangan namunadagi bepul kiyim-keçak bilan taʼminlanadilar.
123. Xodimlar, içki işlar organlaring pensionerlari hamda ularning oila aʼzolari, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taʼlim muassasalari kursant (tinglovçi)lari ambulator, statsionar va tibbiy-sanitariya şaroitida bepul tibbiy xizmat oliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tibbiy-davolaş muassasalariga biriktiriladi, ularda qonun hujjatlarda belgilangan tartibda davolanadi va soğlomlaştirişdan ötkaziladi.
Xodimlar va içki işlar organlaring pensionerlari sanatoriy-kurort şaroitida davolaniş uçun yilida bir marta imtiyozli yöllanmalar bilan taʼminlanadilar.
124. Xodimlar Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda yilda bir marta majburiy çuqurlaştirilgan profilaktik tibbiy körikdan ötadilar. Öqotar qurol bilan xizmat olib boradigan xodimlar profilaktik tibbiy körikdan har olti oyda ötadilar.
125. Xodimlarning farzandlari yaşayotgan joydagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qonunçilikda belgilangan tartibda imtiyozli röyxat asosida, şuningdek Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tizimidagi yozgi soğlomlaştiriş oromgohlariga navbatsiz va imtiyozli ravişda joylaştiriladi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tizimidagi yozgi soğlomlaştiriş oromgohlariga qabul qiliş tartibi va şartlari Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
126. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kenesi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarga, şuningdek içki işlar organlaridan böşatilgan fuqarolarga hamda ularning oila aʼzolariga uşbu Nizomda nazarda tutilmagan boşqa imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar ham belgilaşi mumkin.
127. Xizmat muddati, pedagogik iş staji, şuningdek ilmiy darajasi va ilmiy unvoni mavjudligi uçun xodimlarga qonun hujjatlarga muvofiq ustama haqlar tölanadi.
Xizmat muddatini hisoblaş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
128. Xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan, yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasiga erişgan, yuksak maʼnaviy-axloqiy xislatlarga ega bölgan, şuningdek öz faoliyatida yuqori natijalarni körsatgan xodimlarga har oylik qöşimça tölovni nazarda tutuvçi «uçinçi toifa mutaxassisi», «ikkinçi toifa mutaxassisi», «birinçi toifa mutaxassisi» va «usta» malaka toifalari beriladi.
Malaka toifalarini beriş tartibi va şartlari Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
129. Xodimning yoki uning yaqin qarindoşlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarişi bilan boğliq holda etkazilgan zararning örni ixtiyoriy yoki majburiy suğurta mablağlaridan qatʼi nazar Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablağlari hisobidan töliq hajmda qoplanadi, uşbu summa keyinçalik aybdor şaxslardan undirib olinadi.
Uşbu qoida içki işlar organlaridan pensiyaga çiqarilgan şaxslarga, agar zarar ularga yoki yaqin qarindoşlarining mol-mulkiga içki işlar organlaridagi xizmat faoliyati bilan boğliq holda etkazilganida ham tatbiq etiladi.
Xodimning xizmat majburiyatlarini bajarişi tufayli, uning yoki yaqin qarindoşlarining mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplaş tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
130. Mehnatning qatnov xususiyati bilan boğliq bölgan xizmat majburiyatlarini bajaruvçi xodimlarga şahar yölovçi transportidan (yönalişli va yönalişsiz taksilardan taşqari) foydalaniş uçun oylik yöl çiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya tölanadi.
131. Faoliyatida xizmat majburiyatlarini bajariş qatnov xususiyati bilan boğliq bölgan xodimlarga şahar yölovçi transportidan (yönalişli va yönalişsiz taksilardan taşqari) foydalaniş uçun oylik yöl çiptalari beriş yoki pul kompensatsiya tölaş, şuningdek xizmat safarlarida şaxsiy transportidan foydalanuvçilarga kompensatsiya tölaş tartibi va miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
132. Xodimlar xizmatga qabul qilingan kunidan boşlab ön kun içida Davlat byudjeti mablağlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan mablağlar hisobidan davlat tomonidan majburiy suğurta qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Maxsus byudjetdan taşqari jamğarmasi mablağlarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilişga ajratiladigan qismi hisobidan içki işlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni quyidagi şakllarda ijtimoiy himoya qiliş kafolatlari taʼminlanadi:
betob xodimlar davolanişi uçun — pul taʼminotining beş baravarigaça bölgan miqdorda bir martalik moddiy yordam beriş;
xodimlarning betob yaqin qarindoşlarini (ota-onasi, turmuş örtoği, farzandlari) operatsiya qildiriş, ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan taʼminlaş xarajatlarini qoplaş uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining ikki yuz baravarigaça bölgan miqdorda bir martalik moddiy yordam beriş;
sanatoriy-kurort muassasalarida davolaniş va dam oliş uçun — pul taʼminotining ikki baravari miqdorigaça moddiy yordam beriş;
uy-joyga ega böliş yoki yaşaş şaroitini yaxşilaş uçun — beş yildan oşmaydigan muddatga bazaviy hisoblaş miqdorining ming baravaridan oşmaydigan miqdorda foizsiz qarz beriş;
içki işlar organlarida amaliy xizmat staji 10 yildan ortiq bölgan, xizmatda samarali natijalarga erişgan xodimlarga mamlakatda işlab çiqarilgan engil avtotransport vositalarini sotib oliş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravaridan oşmagan miqdorda 3 yil muddatga Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasida qarz beriş;
töylar va dafn marosimlarini ötkaziş uçun — pul taʼminotining ikki baravarigaça bölgan miqdorda bir martalik moddiy yordam beriş;
pul mukofoti yoki qimmatbaho sovğalar bilan mukofotlaş.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Maxsus byudjetdan taşqari jamğarmasi mablağlarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilişga ajratiladigan qismi Maʼnaviy-maʼrifiy işlar va kadrlar bilan taʼminlaş departamenti boşliği rahbarligida taşkil etiladigan markaziy va hududiy komissiyalarning xulosalari asosida maqsadli sarflanadi.
Xodimlarni ijtimoiy himoya qilişga sarflangan mablağlar haqidagi maʼlumotlar xodimlar kesimida maxsus axborot tizimiga kiritib boriladi.
133. Xizmatdan böşatilayotgan xodimlarga bir marta tölanadigan nafaqa puli beriladi.
Xizmatdan böşatilayotgan xodimlar köp yillik va vijdonan (benuqson) xizmatlari uçun vakolatli rahbarlar tomonidan qimmatbaho sovğa yoki pul mukofoti bilan taqdirlanişi mumkin.
134. Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri xizmat majburiyatlarini bajariş çoğida tan jarohati olgan xodimlarga, şuningdek halok bölganlarning oilasiga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda bir martalik nafaqa tayinlaşga haqli.
Xodimlar, boquvçisini yöqotganda esa ularning oila aʼzolari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat pensiya taʼminoti oliş huquqiga ega.
135. Xizmat majburiyatlarini bajariş çoğida halok bölgan xodimlarning farzandlarini xizmatga, şuningdek Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişda afzalliklar beriş tartibi va şartlari Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
136. Soğliqni saqlaş, moliyaviy taʼminoti, taʼtillar beriş, uy-joy maydoni va imtiyozli ipoteka kreditlari bilan taʼminlaş, mol-mulkiga etkazilgan zararning örnini qoplaş, xizmat majburiyatlarini bajariş çoğida transport vositalaridan imtiyozli foydalaniş, davlat pensiya taʼminoti, davlat ijtimoiy suğurtasi, ijtimoiy yordam körsatiş jarayonida xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qiliş qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
10-bob. Xizmat ötaş rejimi
137. Xodimlar Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun hujjatlari va mazkur Nizomda belgilangan majburiyatlarni bajaradilar hamda huquq va erkinliklardan foydalanadilar.
138. Xodimlarning haftalik iş vaqti qirq soatdan oşişi mumkin emas, zarur bölgan hollarda esa ular kuçaytirilgan yoki sutkalik rejimda xizmat ötaşga jalb etilişlari mumkin.
Odatdagi xizmat ötaş rejimi olti kunlik iş haftasi örnatilişini nazarda tutadi, bunda kunlik iş davomiyligi etti soatdan, beş kunlik iş haftasida esa – sakkiz soatdan oşmasligi kerak.
Kuçaytirilgan rejim kuniga iş vaqtidan taşqari davomiyligi tört soatdan oşmaydigan xizmat belgilanişini nazarda tutadi.
Sutkalik rejim uç mahal ovqatlaniş hamda kamida sakkiz soat dam oliş uçun vaqt berilgan holda yigirma tört soat davomida xizmat ötaşni nazarda tutadi.
Sutkalik rejim xizmat ötaş çoğida xodimlarga ularning xohişiga köra xizmat ötaş joyida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilari uçun belgilangan umumqöşin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogi uçun beriladigan kompensatsiya örniga uç mahal bepul ovqat berilişi mumkin, öz xizmat vazifalarini doimiy ravişda sutkalik navbatçilik asosida bajaradigan xodimlar bundan mustasno.
Kuçaytirilgan yoki sutkalik rejim joriy etilişi munosabati bilan iş soatlari (kunlari)ning belgilangan normalari oşirilganligi evaziga xodimga Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda pul kompensatsiyasi tölanadi yoki dam oliş kunlari (otgullar) beriladi yoxud bu kunlar uning har yilgi asosiy taʼtiliga qöşiladi.
Kuçaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etiş hamda bekor qiliş, şuningdek xodimlarni jangovar harakatlarda iştirok etişga jalb qiliş Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruği bilan amalga oşiriladi.
139. Dam oliş va bayram kunlari xizmat vazifalarini bajarişga jalb etiladigan xodimlarga haftaning boşqa kunlarida dam oliş kuni beriladi.
140. Içki işlar organlarining navbatçilik qismlari sutkalik naryadining xizmati yigirma tört soatga möljallab taşkil etiladi.
Navbatçilik vaqtida içki işlar organlari navbatçilik qismi xodimlariga navbatma-navbat ovqatlaniş va qisqa muddatli dam oliş uçun umumiy davomiyligi uç smenalik rejimda — olti soat, tört smenalik rejimda — tört soat davom etadigan tanaffuslar beriladi.
Smena tugagaç, içki işlar organlari navbatçilik qismlarining xodimlari hamda xizmat vazifalarini sutkalik navbatçilik rejimida doimiy bajaruvçi boşqa xodimlarga belgilangan tartibda dam oliş beriladi.
141. Içki işlar organlarida asosiy xizmat vazifalariga qöşimça ravişda sutkalik rejimda navbatçilikka tuşgan xodimlarga navbatçilik tugaganidan söng, kamida 24 soat davom etadigan dam oliş vaqti beriladi.
142. Içki işlar organlari xizmat faoliyatining xususiyatlaridan kelib çiqqan holda içki işlar organlarining boşliqlari tomonidan tasdiqlanadigan kun tartibi işlab çiqiladi.
143. Uruş holati eʼlon qilingan davrida xodimlarning xizmat ötaş tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
11-bob. Xizmat muddatini uzaytiriş, xizmatdan böşatiş va xizmatga tiklaş
144. Xodim quyidagi asoslarga köra xizmatdan böşatiladi:
a) özining xohişi (pensiya oliş huquqini beradigan xizmat muddatini ötamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida;
b) xizmatda bölişning belgilangan çegara yoşiga tölganligi;
v) pensiya oliş huquqini beradigan xizmat muddatini ötaganligi — xodimning bildirgisi asosida;
g) taşkiliy-ştat özgarişlari;
d) kasalligi − harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi töğrisidagi xulosasi asosida;
e) soğliğining çeklanganligi holati − harbiy-tibbiy komissiyaning içki işlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi çeklanganligi töğrisidagi va xizmat böyiça boşqa lavozimga ötkaziş imkoniyati mavjud bölmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
j) dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
z) malakasi etarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi − attestatsiya natijalari asosida;
i) xizmat intizomini qöpol ravişda buzganligi;
k) içki işlar organi xodimining şaʼniga putur etkazuvçi xatti-harakatlar sodir etganligi;
l) sodir etgan jinoyati uçun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuçga kirganidan keyin hukm qilinganligi;
m) xodimda intizomiy jazo çorasi mavjud bölgan taqdirda, muntazam ravişda xizmat intizomini buzganligi;
n) boşqa turdagi davlat xizmatiga ötganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritmasdan);
o) Özbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki çet davlat fuqaroligini olganligi;
p) xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan çeklov va taqiqlarga rioya etmaganligi.
145. Içki işlar organlarida xizmatda bölişning çegara yoşi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlar uçun ellik yoş, ofitserlar tarkibi uçun — ellik beş yoş, generallar tarkibi uçun — oltmiş yoş, ayollarga esa (mavjud unvonidan qatʼi nazar) — ellik yoşni taşkil etadi.
146. Yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida iş tajribasiga ega bölgan va soğliğining holatiga köra xizmatni ötaşga yaroqli xodimlarning xizmat muddati özining roziligi bilan Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda beş yilgaça, boşliqlar tarkibidagi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taʼlim muassasalarida professor-öqituvçilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega bölgan şaxslarning esa — ön yilgaça bölgan muddatga uzaytirilişi mumkin.
147. Xizmat muddatini uzaytiriş töğrisidagi qaror xodimni uşbu Nizomda nazarda tutilgan asoslar böyiça içki işlar organlaridan böşatiş imkoniyatini istisno etmaydi.
148. Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan böşatilişiga yöl qöyilmaydi:
tibbiyot muassasalarida davolanişda bölganida, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtinça mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
taʼtilda yoki xizmat safarida bölganda;
asirga yoki garovga olinganida (öz ixtiyori bilan asirga yoki garovga tuşiş hollari bundan mustasno).
149. Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda körilayotgan jinoyat işi böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuçga kirmagan bölsa, u xizmatdan böşatilişi mumkin emas.
150. Xodim yuqori turuvçi mansabdor şaxslarga xizmatdan böşatilişi yuzasidan şikoyat qiliş huquqiga ega.
151. Xizmatdan böşaşga qaror qilgan xodim böşaşni rejalaştirgan kundan kamida ikki oy avval içki işlar organining boşliğiga bildirgi bilan murojaat etadi.
Xodimlarning xizmatdan böşatilişi quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
«podpolkovnik» maxsus unvonigaça, şu jumladan «podpolkovnik» unvoni ham, — Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining yoki xizmatga qabul qiliş vakolatiga ega boşliqning buyruği bilan;
«polkovnik» va undan yuqori maxsus unvonlardagi xodimlar — belgilangan tartibda Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruği bilan.
152. Xodimning xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga etganidan söng, ötagan xizmat muddati uçun pensiya oliş huquqiga ega böladi. Bunga Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va xorijiy davlatlar oliy taʼlim muassasalarida (Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi xalqaro şartnomalarga muvofiq), Özbekiston Respublikasining oliy-harbiy taʼlim muassasalarida öqiş, Qurolli Kuçlarda muddatli harbiy xizmat yoki safarbarlik çaqiruv rezervidagi xizmatni ötaş davrlari kiradi.
Uşbu holda xodimga pensiya tayinlaşda uning kalendar tarzda hisoblanadigan xizmat muddatiga qonun hujjatlarida va uşbu Nizomda belgilangan imtiyozli hisoblanadigan xizmat muddati qöşiladi.
153. Pensiya oliş huquqini beruvçi xizmat muddatini ötamagan, uşbu Nizomning 144-bandi «b», «g», «d» yoki «e» kiçik bandlariga muvofiq xizmatdan böşatilayotgan xodimlar böşaş kunida umumiy iş staji yigirma beş va undan ortiq yilni taşkil etgan, ulardan kamida ön ikki yilu olti oyi içki işlar organlari xizmatiga töğri kelganda pensiya oliş huquqiga ega böladi.
154. Xodimlar halok bölganligi (vafot etganligi), bedarak yöqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi sababli içki işlar organlari şaxsiy tarkibi röyxatidan öçiriladi.
Bedarak yöqolgan yoki vafot etgan deb topiş töğrisidagi sudning qarori bekor qilinganda, bedarak yöqolgan yoki vafot etgan deb topilişi oqibatida şaxsiy tarkib röyxatidan öçirilgan şaxsni xodim sifatida qayta şaxsiy tarkib röyxatiga kiritiş Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining qarori asosida amalga oşiriladi.
155. Uşbu Nizomning 144-bandi «l» kiçik bandiga asosan içki işlar organlari xizmatidan böşatilgan şaxslarni xizmatga tiklaş sudning xizmatga tiklaş töğrisidagi qonuniy kuçga kirgan qarori yoki Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining qarori asosida amalga oşiriladi.
Qolgan barça asoslarga köra içki işlar organlari xizmatidan böşatilgan şaxslarni xizmatga tiklaş Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri qarori bilan amalga oşiriladi.
Tiklanişi lozim bölgan şaxslarni şaxsiy tarkib röyxatiga kiritiş va lavozimga tayinlaş Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri qarori bilan amalga oşiriladi.
156. Uşbu Nizomning 155-bandida nazarda tutilgan şaxslar böşatilganidan yoki sudning xizmatga tiklaş töğrisidagi qarori çiqarilganidan boşlab bir oy muddatda xizmatga tiklaş haqida içki işlar organlariga murojaat etişlari lozim.
Xizmatga tiklaş şaxsni böşatilgan kunidan tiklangan kuniga qadar bölgan oraliq davri uçun navbatdagi maxsus unvon beriş, foizli qöşimça haq tölaş va pensiya tayinlaş uçun xizmat yillarini hisoblaşda xizmat stajiga qöşib hisoblaş şarti bilan avvalgi maxsus unvoni, egallab turgan lavozimi, buning imkoni bölmasa, unga teng yoki boşqa lavozimga tayinlaş orqali amalga oşiriladi.
Xizmatdan böşatilgan şaxs böşatilganidan yoki sudning xizmatga tiklaş töğrisidagi qarori qonuniy kuçga kirgan kundan bir oy muddat ötgandan keyin içki işlar organiga murojaat etsa, murojaat qiliş muddatidan keyingi davr navbatdagi maxsus unvon beriş, foizli qöşimça haq tölaş va pensiya tayinlaş uçun xizmat yillarini hisoblaşda uzluksiz xizmat stajiga qöşib hisoblanmaydi.
Agar şaxs bir oylik muddatni uzrli sabablarga köra ötkazib yuborgan taqdirda uşbu muddat Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan tiklanişi mumkin.
157. Xizmatga tiklanayotgan şaxsga etkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplaş sudning qarori asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
158. Xizmatga tiklangan xodimlarga pensiya tayinlaş uçun xizmat yillarini hisoblaş çoğida hisobga olinadigan xizmat stajiga:
ozodlikdan mahrum qiliş yoki ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazolar ötalganda — bir kuni uç kun;
qamoq tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilganida — bir kuni uç kun;
ozodlikdan mahrum qiliş yoki ozodlikni çeklaş bilan boğliq bölmagan jazolar ötalganida bir kuni bir kun hisobida qöşiladi.
Xizmatga tiklangan xodimlarga navbatdagi maxsus unvon beriş, foizli qöşimça haq tölaşda xizmat yillariga böşatilgandan keyingi davri bir kuni bir kun hisobida qöşiladi.
159. Uşbu Nizomning 144-bandi «v», «g», «e» va «n» kiçik bandlariga muvofiq xizmatdan böşatilgan xodimlar maxsus unvonni tiklagan holda xizmatga qayta qabul qilinişi mumkin.
Uşbu Nizomning 144-bandi «a» kiçik bandiga muvofiq xizmatdan böşatilgan xodimlar ularning içki işlar organlaridagi kalendar hisobdagi amaliy xizmat staji ön yildan ortiq bölganda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining hududiy içki işlar organlari va sohaviy xizmatlari, taʼlim muassasalari boşliqlarining asoslantirilgan taqdimnomalariga asosan, şuningdek xizmatdan böşaşiga öqişga kirişi sabab bölgan hollarda xizmatga qayta qabul qilinişi mumkin.
Ilgari içki işlar organlaridan böşatilgan şaxslarni xizmatga qabul qiliş tartibi Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
160. Davlat hokimiyati organlariga tayinlanganligi munosabati bilan xizmatdan böşatilgan va tayinlangan lavozimi böyiça vakolat muddati tugaganligi sababli xizmatga qayta qabul qilingan xodimlarning uşbu organlardagi mehnat faoliyati davri, agar qonunda boşqaça tartib belgilanmagan bölsa, içki işlar organlaridagi umumiy xizmat muddatiga qöşilib, bir kuni bir kunga hisoblanadi.
161. Içki işlar organlarida xizmat ötayotgan, şu jumladan kadrlar zaxirasida bölgan xodimlarga xizmat muddati, agar qonun hujjatlarda va uşbu Nizomda boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, imtiyozli ravişda — bir kuni bir yarim kunga tenglaştirib hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi va boşqa xorijiy davlatlar (Özbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro şartnomalarga muvofiq yuborilgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarida, jumladan kasbiy tayyorgarlik fakultetida va magistraturada kunduzgi taʼlim öqiş davri bir kuni bir kunga hisoblagan holda xizmat muddatiga qöşiladi.
Alohida davrda jamoat tartibini saqlaşda, terrorçilikka qarşi operatsiyalar ötkazişda, favqulodda holat tartibini huquqiy taʼminlaş va ularning oqibatlarini bartaraf etişda iştirok etgan, şuningdek uşbu harakatlarda iştirok etişi davomida olgan yaradorligi, kontuziyasi va jarohatlanganligi oqibatida tibbiy muassasada bölgan xodimlar uşbu davrdagi xizmat muddati pensiya tayinlaş uçun xizmat yillarini hisoblaş çoğida bir kuni uç kunga tenglaştirilib hisoblanadi.
Xodimlarning alohida davrda jamoat tartibini saqlaşda, terrorçilikka qarşi operatsiyalarda, favqulodda holat rejimini huquqiy taʼminlaşda va uning oqibatlarini bartaraf etişda iştirok etganligi va muddatlari haqida vakolatli boşliq buyruq çiqaradi, buyruqdan köçirma ularning şaxsiy hujjatlari yiğma jildlariga qöşiladi.
12-bob. Yakunlovçi qoidalar
162. Mazkur Nizom asosida Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan içki işlar organlarining ayrim bölinmalarida xizmat ötaşning boşqa tartibi va şartlari belgilanişi mumkin.
163. Fuqarolarni içki işlar organlaridagi işçi va xizmatçilar lavozimiga işga qabul qiliş va hujjatlarini rasmiylaştiriş tartibi mehnat faoliyatining xususiyatidan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Içki işlar organlari işçi va xizmatçilarining mehnat munosabatlari mehnat sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
164. Xizmat ötaşning uşbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalari qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 29.11.2017-yildagi PQ-3413-son
