Vazirlik haqida
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi (keyingi örinlarda – Vazirlik) içki işlar organlari tizimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan va muvofiqlaştiradigan respublika davlat boşqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik bevosita Özbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunda közda tutilgan ayrim masalalar böyiça esa Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga böysunadi.
Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri öz maqomiga köra Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Vazirlik öz faoliyatida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining buyruqlari va farmoyişlariga, şuningdek uşbu Nizomga amal qiladi.
Vazirlik öz faoliyatini bevosita hamda içki işlar organlari orqali, şu jumladan davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, boşqa taşkilotlar va fuqarolar, şuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oşiradi.
Vazirlikning faoliyati oçiq va oşkora hisoblanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Vazirlik davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va aholini mamlakatdagi kriminogen vaziyat, huquq-tartibotni muhofaza qiliş va jamoat xavfsizligini taʼminlaş holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar, şuningdek Vazirlik va içki işlar organlari zimmasiga yuklatilgan boşqa vazifalarning amalga oşirilişi töğrisida tizimli ravişda xabardor qilib boradi.
Vazirlik yuridik şaxs hisoblanadi va Özbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va özining nomi yozilgan muhrga ega böladi, şuningdek Vazirlik faoliyatining öziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan öz ramziga ega bölişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi PQ-2883-sonli qaroriga 1-ILOVA
