Qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari
1. “Özbekiston–2030” strategiyasini “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilindi.
Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yönaliş böyiça quyidagilar belgilanmoqda:
• amaliy çora-tadbirlar rejalari
• normativ-huquqiy hujjatlar röyxatlari
Muhokamalar 2024-yilning 31-yanvaridan 9-fevraligaça davom etadi.
2. “Özbekiston – 2030” strategiyasini Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşiriş böyiça davlat dasturi va uni tasdiqlaş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari işlab çiqilib, keng jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilindi.
Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yönaliş böyiça 2025-yil uçun amaliy çora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar röyxati va maqsadli körsatkiçlar nazarda tutilmoqda.
Loyihada atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” masalalari, şuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boşqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va taşqi siyosat yönalişlarida 2025-yilga möljallangan keng kölamli islohotlar nazarda tutilgan.
Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatçilik va ekspertlik muhokamalaridan ötkaziladi.
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol iştirok etib, öz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirişingiz mumkin.
