Harbiy tuzilma ofitserlari uchun savollar toʻplami
Huquqshunoslik fani boʻyicha
- Davlatning belgisi sifatida “Asosiy qonun” deganda nimani tushunasiz?
- “Ijtimoiy davlat” tushunchasiga taʼrif bering?
- “Huquqiy davlat” deganda nimani tushunasiz, uning belgilarini sanab bering.
- “Davlat suvereniteti” deganda nimani tushunasiz?
- Konstitutsiyaviy huquqning boshqa huquq tarmoqlari bilan aloqalarini aytib bering?
- Huquq va uning belgilarini aytib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasining qanday huquq tarmoqlari mavjud va ularni alohida xususiyatlarini ayting?
- Konstitutsiyaviy huquq huquqning asosiy tarmogʻi sifatida nimalarni oʻrganadi?
- Konstitutsiyaviy huquq normalari deganda nimani tushunasiz va ularga misollar keltirib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosat prinsiplarini tushuntirib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra “millatlararo va konfessiyalararo totuvlik” deganda nimani tushunasiz?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasi haqida nimalarni bilasiz?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish tartibini tushuntiring?
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qanday huquqiy hujjatlar qabul qiladi va ularga taʼrif bering?
- Jinoiy jazolarning turlarini aytib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarini sanab bering?
- “Siyosiy plyuralizm” deganda nimani tushunasiz?
- Davlat suverenitetining asosiy prinsiplarini aytib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida qanday elementlarga ega?
- “Xalq hokimiyatchiligi” atamasiga taʼrif bering va sharhlab bering?
- “Demokratiya” deganda nimani tushunasiz?
- Demokratiyaning qanday shakllari mavjud va ularni sharhlab bering?
- “Referendum” deganda nimani tushunasiz?
- Oʻzbekiston Respublikasida qanday masalalar referendumga qoʻyiladi?
- “Hokimiyatning boʻlinishi prinsipi” deganda nimani tushunasiz?
- Boshqaruvning “respublika” shakli haqida nimalarni bilasiz?
- Qanday jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi?
- Intizomiy jazo qaysi holatlarda belgilanadi va uning qanday turlari mavjud?
- Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplarini sanab bering?
- Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari davlatning muhim belgisi sifatida qanday ahamiyatga ega?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra shaxsiy huquq va erkinliklarni sanab bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra siyosiy huquqlarni sanab bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni aytib bering?
- Huquq va erkinlikning qanday farqli jihatlari mavjud?
- “Gender tengligi” tushunchasini taʼriflab bering hamda bu borada yurtimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
- “Daxlsizlik huquqi” deganda nimani tushunasiz?
- “Soʻz erkinligi” tushunchasiga taʼrif bering?
- “Dunyoviy davlat” deganda qanday davlat tushuniladi?
- “Mehnat qilish huquqi” deganda qanday huquqni tushunasiz?
- “Jinoyatda ishtirokchilik turlari” deganda nimani tushunasiz?
- “Ijtimoiy taʼminot olish huquqi” deganda qanday huquqni tushunasiz?
- “Qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qoʻyish” deganda nimani tushunasiz?
- “Miting” va “namoyish”ning bir-biridan farqini tushuntirib bering?
- Insonga fuqarolik nima uchun kerak?
- Fuqaroligi boʻlmagan shaxslarda qanday huquqiy cheklovlar mavjud boʻladi?
- Fuqarolik olish tartibini tushuntirib bering?
- Fuqarolikni yoʻqotish asoslarini tushuntirib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy burchlarini sanab bering?
- Jinoiy jazolarning asosiy va qoʻshimcha jazo choralarini aytib bering?
- “Siyosiy partiya” deganda nimani tushunasiz va mamlakatimizda nechta siyosiy partiya mavjud?
- Siyosiy partiyaga aʼzo boʻla olmaydigan shaxslarni aytib bering?
- Nikoh tuzish shartlari va nikoh tuzish taqiqlanadigan holatlarni aytib bering?
- Davlatning tuzilish shakli deganda nimani tushunasiz?
- Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlarini sanab bering?
- Qonunchilik tashabbusi huquqi deganda nimani tushunasiz?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga kimlar ega?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini aytib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qanday vazifani amalga oshiradi?
- Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimining bosh vazifalarini aytib bering?
- “Aybsizlik prezumpsiyasi” nima ?
- “Miranda huquqi” haqida nimalarni bilasiz?
- “Saylov tizimi” deganda nimani tushunasiz va qanday saylov tizimlarini bilasiz?
- Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
- Oʻzbekiston Respublikasida kim Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qoʻmondoni hisoblanadi va unga qanday vakolatlar berilgan?
- “Ombudsman” soʻziga taʼrif bering?
- “Intizomiy huquqbuzarlik” deganda nimani tushunasiz?
- “Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish” deganda nimani tushunasiz?
- Mustaqil davlat qanday huquqlarga ega boʻladi?
- Yurtimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh gʻoyasi va maqsadi nimalardan iborat?
- Mustaqillik Oʻzbekiston Respublikasiga qanday huquqlarni qaytarib berdi?
- “Davlatning funksiyalari” deganda nima tushuniladi?
- Boshqaruv shakliga koʻra davlatlar qanday turlarga boʻlinadi?
- “Davlat organi” tushunchasi va mohiyatini aytib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasida sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirish boʻyicha soʻnggi yillarda olib borilgan islohotlar haqida nimalarni bilasiz?
- Huquqbuzarlikning qanday turlari mavjud?
- “Huquqni muhofaza qiluvchi organ” deganda nimani tushunasiz, ushbu tizimga qaysi organlar kiradi?
- Pora olish jinoyatining tarkibiy elementlari haqida soʻzlab bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mohiyatini va ahamiyatini aytib bering?
- “Harbiy xizmat” deganda nimani tushunasiz?
- “Jazo” deganda nimani tushunasiz, uning maqsadi va mohiyatini aytib bering?
- Prezidentlik instituti haqida nimalarni bilasiz?
- Intizomiy jazoning amal qilish muddati va uni rasmiylashtirish tartibi haqida gapirib bering?
- “Aqli rasolik” deganda nimani tushunasiz?
- Oʻzbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyati tizimini aytib bering?
- Vijdon erkinligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qanday fikrlar bayon etilgan?
- “Korrupsiya” soʻziga taʼrif bering va korrupsiya toʻgʻrisida oʻz fikrlaringizni bayon eting?
- “Huquqiy ong” tushunchasiga taʼrif bering?
- “Huquqiy madaniyat” tushunchasiga taʼrif bering?
- “Axloq” deganda nimani tushunasiz, uning mohiyatini aytib bering?
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi haqida gapirib bering.
- Vakolatli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi deganda nimani tushunasiz?
- “Huquqiy layoqat” va “muomala layoqati” tushunchalarining oʻzaro farqlarini aytib bering?
- “Jismoniy shaxs” va “yuridik shaxs” tushunchalariga taʼrif bering?
- “Aqli norasolik” deganda nimani tushunasiz?
- “Mehnat shartnomasi” tushunchasiga taʼrif bering?
- Mehnat huquqi va mehnatga oid munosabatlar tushunchasiga taʼrif bering?
- “Huquqqa hurmatsizlik qilish” qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
- “Insonparvarlik prinsipi” deganda nimani tushunasiz?
- Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini aytib bering?
- Jazolanish, javobgarlik va jazo deganda nimani tushunasiz?
Tarbiya fani boʻyicha
- “Millat” deganda nimani tushunasiz?
- Ilm manbai boʻlmish “Kitob” haqida nimalarni bilasiz?
- “Maʼnaviyat” deganda nimani tushunasiz?
- “Tarbiya” tushunchasiga taʼrif bering va bola tarbiyasida koʻproq nimalarga eʼtibor berish lozim?
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi haqida nimalarni bilasiz?
- “Vatan” tushunchasiga taʼrif bering va ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy vatanga qanday taʼrif bergan?
- Oʻzbek xalqi deganda kimlar tushuniladi va ular haqida nimalarni bilasiz?
- Chingizxonga qarshi kurashlarda jasorat koʻrsatib, uni lol qoldirgan vatandoshimiz kim va u haqida nimalarni bilasiz?
- “9-may – Xotira va qadrlash kuni” qaysi yildan buyon yurtimizda nishonlanib kelinmoqda va bu bayram nima maqsadda tashkil etilgan?
- “Tinchlikning qadri” deganda nimani tushunasiz?
- “Vatan tuygʻusi” deganda nimani tushunasiz?
- “Alloma” deganda kimni tushunasiz va vatan tuygʻusi har ishda, har qadamda madadkor boʻlsin deb oʻz ismi shariflariga tugʻilgan joylarining nomini qoʻshib yozgan mutafakkirlardan kimlarni bilasiz?
- Qaysi yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy siyosiy qatagʻonlar amalga oshirilgan va buning Oʻzbekistonga taʼsiri qanday boʻlgan?
- “Oila” tushunchasiga taʼrif bering va oilaning tayanch ustunlari haqida nimalarni bilasiz?
- Mardlik, fidoyilik va ezgulik kabi mavzularga yoʻgʻrilgan qanday jahon xalqlari hamda xalqimizning dostonlarini bilasiz?
- Buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur hamma sohada adolatni bosh mezon deb bilib qaysi shiorga amal qilib yashagan va “Tuzuklar” kitobida bu haqda nimalarni bayon etgan?
- “Oʻzbekiston — yagona Vatan” gʻoyasiga izoh bering?
- “Xalq” tushunchasiga taʼrif bering?
- Qadimda mamlakatimiz hududida qanday davlatlar rivoj topgan?
- “Jadidchilik harakati” va ularning asosiy maqsadi haqida nimalarni bilasiz?
- “Yurt tinchligi gʻoyasi” deganda nimani tushunasiz?
- “Rasmiy timsollar” deganda nimani tushunasiz va Vatanimizning rasmiy timsollarini sanab bering?
- “Oʻzbek milliy davlatchiligi” deganda nimani tushunasiz?
- “Milliy qadriyat” deganda nimani tushunasiz?
- “Vatanparvarlik” deganda nimani tushunasiz?
- Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asarlari va tarbiyaga oid aytgan qimmatli fikrlari haqida gapirib bering?
- “Ozodlik gʻoyasi” deganda qanday gʻoyani tushunasiz?
- “Bunyodkor gʻoyalar” deganda qanday gʻoyalarni tushunasiz?
- “Vayronkor gʻoyalar” deganda qanday gʻoyalarni tushunasiz?
- “Tarixiy xotira” va “manqurt” tushunchalariga taʼrif bering?
- Qadimiy Xorazm zaminidan yetishib chiqqan, ilm-u maʼrifat yoʻlidagi beqiyos xizmatlari uchun “Jorulloh” yaʼni “Allohning qoʻshnisi” degan yuksak eʼtirofga sazovor boʻlgan mutafakkir kim?
- “Tib qonunlari” asarining muallifi kim va bu asar haqida nimalarni bilasiz?
- “Strategik yoʻl” deganda nimani tushunasiz?
- Soʻz mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy xotirasiga bagʻishlanib dunyoning qaysi shaharlarida bu insonning haykallari oʻrnatilgan?
- Milliy qadriyatimiz boʻlgan — tilimiz haqida nimalarni bilasiz?
- “Umumbashariy qadriyatlar” deganda nimani tushunasiz?
- Ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi jasorati haqida nimalarni bilasiz?
- Bugungi kunda yoshlarni oʻz taʼsiriga olib, shu tariqa mamlakat kelajagiga putur yetkazmoqchi boʻlgan kuchlarni sanab bering va ularga qarshi kurashishning eng samarali yoʻli deb nimani hisoblaysiz?
- “Sogʻlomlik” nima va u necha xil koʻrinishga ega?
- “Gʻoya” deganda nimani tushunasiz?
- “Alpomish” xalq dostoni va uning tarbiyaviy ahamiyati toʻgʻrisida gapirib bering?
- “Maʼnaviyat” deganda nimani tushunasiz?
- “Insonning ichki dunyosi” deganda nimani tushunasiz va ichki dunyoning sifatlari nimalarga bogʻliq deb oʻylaysiz?
- “Iroda” deganda nimani tushunasiz?
- Qanday illatlar insondagi “vijdon” tuygʻusini soʻndirib, bora-bora uni vijdonsiz insonga aylantirib qoʻyishi mumkinligi toʻgʻrisida fikr bildiring?
- “Fikr” nima va odamlarning orzu niyatlariga qarab fikrlar necha xil boʻladi?
- Milliy gʻoya qanday shakllanadi, uning ijodkori kim?
- “Adolat gʻoyasi” deganda qanday gʻoyani tushunasiz?
- Soʻz mulkining sultoni, mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning besh dostondan iborat boʻlgan asari va uning ahamiyati haqida gapirib bering?
- “Mustabid mafkura” deganda nimani tushunasiz?
- “Ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amal” degan qoida qaysi kitobda oʻz aksini topgan va buning maʼnosini tushuntirib bering?
- “Dil ba yor-u dast ba kor” , yaʼni “Diling Allohda, qoʻling mehnatda boʻlsin” degan hikmat muallifi kim va bu hikmat qanday fikrni ifoda etadi?
- “Bolshevizm” va “ateizm” tushunchalariga taʼrif bering?
- “Polietnik” va “monoetnik” tushunchalariga taʼrif bering?
- “Maʼnaviy tahdid” deganda nimani tushunasiz?
- “Diniy aqidaparastlik” deganda nimani tushunasiz?
- “Ekstremizm” deganda nimani tushunasiz?
- “Terrorizm” deganda nimani tushunasiz?
- “Qutadgʻu bilig” asarining muallifi kim va u haqida gapirib bering?
- “Xudbinlik” deganda nimani tushunasiz?
- “Mahalliychilik” deganda nimani tushunasiz?
- Sohibqiron bobomiz Amir Temurning “Kimki qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin” degan soʻzlari qaysi inshootning devorlariga bitilgan?
- “Tilga ixtiyorsiz — elga eʼtiborsiz” naqlining muallifi kim va buning maʼnosini izohlab bering?
- “Dunyoning mafkuraviy manzarasi” deganda nimani tushunasiz?
- Bugungi kunda mafkuraviy-gʻoyaviy hujumlar qanday vositalar orqali tarqatilmoqda?
- “Ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi xurujlar» deganda nimani tushunasiz?
- “Mafkuraviy poligon” deganda nimani tushunasiz?
- Bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasida qanday kuchlarning oʻzaro kurashi avj olayotganini koʻrish mumkin?
- “Mafkuraviy immunitet” deganda nimani tushunasiz?
- “Hurfikrlilik” deganda nimani tushunasiz?
- “Gʻoyaviy boʻshliq” deganda nimani tushunasiz?
- Milliy qadriyatimiz boʻlgan – tilimiz haqida nimalarni bilasiz?
- “Mafkuraviy profilaktika” deganda nimani tushunasiz?
- “Turkiy guliston yoxud axloq” asari va uning muallifi haqida gapirib bering?
- Abdurauf Fitratning hayoti, ijodi va tarbiyaga oid mashhur fiklari haqida gapirib bering?
- Inson maʼnaviyati qanday manbalar orqali shakllantiriladi?
- Materializm nima?
- Idealizm deganda nimani tushunasiz?
- XX asr boshlarida xalqimiz maorifi va madaniyatini yuksaltirish, iqtisodiy hamda siyosiy hayotini bosqinchilar izmidan ozod qilish yoʻlida bemisl fidoyilik koʻrsatgan ajdodlarimizni sanab bering?
- Mahmudxoʻja Behbudiyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
- Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi haqida gapirib bering?
- “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” deganda nimani tushunasiz?
- Jamiyatga yot gʻoyalarga qarshi qanday kurashish lozim?
- Oʻzbekistonning davlat ramzlari bu ...?
- “Millatlararo totuvlik” deganda nimani tushunasiz?
- Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish usullari nimalardan iborat?
- “Yo Vatan, yo sharafli oʻlim” shiori ostida moʻgʻullarga qarshi kurashgan mutafakkir kim?
- “Komil inson gʻoyasi” deganda nimani tushunasiz?
- Temuriylar Renessansi davri qachon boʻlgan va bu davrda kimlar ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan?
- “Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor boʻlgan inson kim?
- Missionerlar kimlar va ularning asosiy maqsadi nimadan iborat?
- Qanday gʻoyalar taraqqiyotga xizmat qiladi?
- Milliy manfaat tushunchasiga izoh bering.
- Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi nima?
- Mafkuraviy profilaktika nima?
- Radikalizm nima?
- Geostrategik manfaatlar deganda nimani tushunasiz?
- Diniy bagʻrikenglik (tolerantlik) nima?
- Mustaqil Oʻzbekistonning bosh strategik maqsadi nimadan iborat?
- Maʼnaviyatga qarshi illatlarni sanab bering
