Axborot xizmati haqida
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi töğrisida nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi (keyingi örinlarda Boşqarma deb ataladi) Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi (keyingi örinlarda IIV deb ataladi) markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, içki işlar organlari matbuot xizmati işini taşkil etiş va muvofiqlaştirişni taʼminlaydi.
2. Boşqarma öz faoliyatida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, «Axborotlaştiriş töğrisida», «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari töğrisida», «Ommaviy axborot vositalari töğrisida», «Içki işlar organlari töğrisida»gi va boşqa Özbekiston Respublikasi qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyişlariga, Içki işlar vazirining buyruqlari va farmoyişlariga, şuningdek uşbu Nizomga amal qiladi.
3. Boşqarma öz faoliyati masalalari böyiça belgilangan tartibda içki işlar boşqa organlari, huquqni muhofaza qiliş organlari hamda davlat boşqa organlari, taşkilotlar, şuningdek fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi.
4. Içki işlar organlari matbuot xizmati tizimiga quyidagilar kiradi:
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi;
«Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining «Postda» — «Na postu» gazetalari va «Qalqon» — «Щit» jurnallari birlaşgan tahririyati» davlat unitar korxonasi;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi, Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi, viloyatlar içki işlar boşqarmalarining matbuot guruhlari;
içki işlar organlari tarmoq xizmatlari va taʼlim muassasalarining matbuot guruhlari.
5. Boşqarma Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tuşirilgan va öz nomi yozilgan muhrga, ştampga ega hamda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri tasdiqlagan boşqarma faoliyati spetsifikasi tasvirlangan ramzga ega bölişi mumkin.
2-bob. Boşqarmaning asosiy vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar Boşqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
içki işlar organlari faoliyatini axborot kuzatuvi işlarini muvofiqlaştiriş, ular mansabdor şaxslarining fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatçilik vakillari bilan uçraşuv va brifinglarini, jamoat xavfsizligini taʼminlaş va mamlakatda huquq-tartibotni mustahkamlaş masalalari böyiça fuqarolar bilan oçiq, töğridan-töğri muloqotlarini taşkil etiş;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasidagi içki işlar organlari faoliyati töğrisida aholiga öz vaqtida va işonçli axborot etkaziş böyiça kompleks çora-tadbirlar köriş va zarur şart-şaroitlar yaratiş;
hududiy içki işlar organlarining matbuot xizmatlari faoliyatiga taşkiliy-uslubiy yordam körsatiş, ularni respublikaning jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan mustahkam hamkorlik örnatişlarini taʼminlaş;
ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmoği materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilişni taʼminlaş, notöğri xabar yoki içki işlar organlari obrösiga putur etkazuvçi materiallarga zudlik bilan munosabat bildiriş;
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi rasmiy veb-saytining samarali faoliyatini taşkil etiş, unga doimiy ravişda axborot materiallarini joylaş hamda içki işlar organlari tarkibiy bölinmalarining veb-resurslarini nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş.
7. Boşqarma öziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funktsiyalarni amalga oşiradi:
a) içki işlar organlari mansabdor xodimlarining uçraşuv va brifinglarini efirga uzatiş şartlari bilan doimiy ravişda jamoatçilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan jamoat xavfsizligini taʼminlaş va huquq-tartibotni mustahkamlaş masalalari böyiça fuqarolar bilan oçiq, töğridan-töğri muloqotni taşkil etiş işlarini muvofiqlaştiriş sohasida:
içki işlar organlari axborot kuzatuvi işlari tizimida tahlil va rejalaştiriş, uşbu yönalişda taşkiliy tadbirlarni işlab çiqiş va ötkaziş;
içki işlar organlari ötkazadigan tadbirlar, çiqişlar va uçraşuvlarni belgilangan tartibda keng yoritiş;
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining vakolati doirasidagi qonunçilik va huquq-tartibot, içki işlar organlariga jamoat tartibi va jamoat xavfsizligini taʼminlaşda kömaklaşiş masalalari böyiça fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uçraşuvlarini taşkil etiş;
içki işlar organlari mansabdor xodimlarining jamoatçilik va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan uçraşuv va brifinglarini taşkil etiş çoralarini köriş;
içki işlar organlari mansabdor xodimlarining aholi bilan oçiq, töğridan-töğri muloqotini amalga oşirişda kömaklaşiş, jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişning dolzarb masalalarini va fuqarolarning kundalik muammolarini muhokama etiş va hal qiliş uçun keng jamoatçilikni jalb etiş;
Boşqarma vakolatiga kiruvçi masalalar böyiça normativ-huquqiy hujjatlar va boşqa hujjatlar loyihalarini işlab çiqiş va unda iştirok etiş;
b) aholini içki işlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasidagi faoliyati haqida öz vaqtida va işonçli xabardor qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar köriş va zarur şart-şaroitlar yaratiş sohasida:
ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmoği orqali içki işlar organlarining jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faoliyati böyiça dolzarb masalalarni aholiga doimiy ravişda etkazib turiş;
içki işlar organlari faoliyati töğrisida notöğri va boşqa axborotlar tarqalişining oldini oliş maqsadida,mamlakatdagi huquqbuzarliklar töğrisidagi vaziyatning öz vaqtida va haqqoniy yoritilişini taʼminlaş;
«Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining «Postda» — «Na postu» gazetalari va «Qalqon» — «Щit» jurnallari birlaşgan tahririyati» davlat unitar korxonasi faoliyatini muvofiqlaştiriş, tizimli takliflar asosida uning işlaş şakl va uslublarini takomillaştiriş, tarmoq bosma naşrlarini çop etişga kömaklaşiş;
aholini jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda içki işlar organlari xodimlarining obrösini kötariş, ularning namunali obrazini şakllantiriş va mustahkamlaşga qaratilgan taşviqot va axborot-tuşuntiriş tusidagi tadbirlarni ötkazişni taşkil etiş;
v) hududiy içki işlar organlari matbuot xizmatlari faoliyatiga taşkiliy-uslubiy kömaklaşiş, respublika jamoatçiligi va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan özaro hamkorlikni taʼminlaş sohasida:
içki işlar organlari tarmoq xizmatlari, öquv muassasalari va hududiy bölinmalari matbuot guruhlari faoliyatini tahlil va monitoring qiliş işlarini taşkil etiş böyiça tavsiya va uslubiy qöllanmalar işlab çiqiş;
içki işlar organlari faoliyatini axborot kuzatuvi sohasida «Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining «Postda» — «Na postu» gazetalari va «Qalqon» — «Щit» jurnallari birlaşgan tahririyati» davlat unitar korxonasi faoliyatiga baho beriş;
içki işlar organlarining ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, jamoat birlaşmalari bilan özaro hamkorligini taʼminlaş kompleks çora-tadbirlarini taşkil etiş va amalga oşiriş;
içki işlar organlari faoliyati axborot taʼminotida fuqarolik jamiyati institutlarining samarali iştiroki uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş;
içki işlar organlari matbuot xizmati xodimlarining mutaxassislik yönalişlari böyiça malakalarini oşiriş va ularni qayta tayyorlaşni taşkil etiş çoralarini köriş;
g) ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmoği materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilib borişni taʼminlaş, içki işlar organlari xodimlari obrösiga putur etkazuvçi, notöğri axborotga ega materiallarga darhol munosabat bildiriş sohasida:
ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tizimi materiallarini tunu-kun monitoring va tahlil qilişni taʼminlaş, notöğri xabar yoki içki işlar organlari obrösiga putur etkazuvçi materiallarga zudlik bilan munosabat bildiriş;
içki işlar organlari faoliyatining axborot taʼminotiga xavf tuğdirişini aniqlaş, baholaş va köra biliş, mazkur xavflarga qarşi kuraşiş böyiça takliflar tayyorlaş;
Özbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmoğida içki işlar organlari faoliyatiga berilgan baho haqida axborot beriş;
d) Özbekiston Respublikasi IIV rasmiy veb-saytining samarali işlaşini taşkil etiş, tizimli ravişda unda axborot materiallar, şuningdek içki işlar organlari tarkibiy bölinmalari veb-resurslarini nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş sohasida;
içki işlar organlarida ötkaziladigan uçraşuv va çiqişlar haqidagi materiallarni doimiy ravişda töplab boriş va umumlaştiriş;
Özbekiston Respublikasi IIV rasmiy veb-saytida içki işlar organlarining jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasidagi natijalar haqidagi maʼlumotlarni muntazam joylaştiriş;
içki işlar organlari tarkibiy bölinmalari rasmiy veb-saytlari faoliyatini nazorat qiliş va uslubiy kuzatib boriş.
Boşqarma qonun hujjatlariga muvofiq boşqa funktsiyalarni ham amalga oşirişi mumkin.
3-bob. Boşqarmaning huquqlari, vazifalari va majburiyatlari
8. Boşqarma öziga yuklangan vazifa va funktsiyalarni bajariş uçun quyidagi huquqlarga ega:
tegişli davlat idoralari bölinmalari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, jamoat birlaşmalari, boşqa taşkilotlardan hamda fuqarolardan — axborot, maʼlumot va boşqa boşqarmalar faoliyatiga doir masalalar böyiça materiallarni belgilangan tartibda söraş va oliş;
Boşqarmaga yuklangan vazifalarni bajarişda içki işlar organlari bölinmalari maʼlumotlar bazasidan belgilangan tartibda foydalaniş;
içki işlar organlari rasmiy vakili sifatida ommaviy axborot vositalari va butunjahon Internet axborot tarmoğida çiqişlar qiliş, şuningdek, ular orqali içki işlar organlari faoliyati haqida axborot va videomateriallar tarqatiş;
içki işlar organlari tomonidan berilgan axborot va materiallardan kelib çiqib ommaviy axborot vositalariga va butunjahon Internet axborot tarmoğiga joylaştirişga möljallangan maʼlumotlarning zarurligi va hajmini belgilaş;
içki işlar organlari tomonidan taqdim etilgan axborot va materiallarni tahrir qiliş va ommaviy axborot vositalarida hamda Özbekiston Respublikasi IIV rasmiy veb-saytida oxirgi tahrirda joylaştiriş;
öz vakolati doirasida içki işlar organlari matbuot xizmati bölinmalari tomonidan bajariş uçun majburiy bölgan yozma va oğzaki körsatmalar beriş;
içki işlar organlari matbuot xizmati rahbarlari va xodimlarining xizmat tayyorgarligini oşiriş doirasida öquv-uslubiy yiğinlarni belgilangan tartibda taşkil etiş;
içki işlar organlari matbuot xizmati moddiy-texnika taʼminotini yaxşilaş, xodimlarining malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş böyiça takliflar kiritiş.
Boşqarma qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarni ham amalga oşirişi mumkin.
9. Boşqarma quyidagilarga majbur:
öz vakolatlari doirasida içki işlar organi faoliyatining oçiqligini taʼminlaş, ötkazilayotgan tadbirlarining har taraflama axborot kuzatuvini, şu jumladan, Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni, Yonğinlar profilaktikasi kuni doirasida zarur çora-tadbirlar köriş;
Özbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga içki işlar organlari matbuot xizmati işlari töğrisida zarur maʼlumotlarni tayyorlaş va taqdim etiş.
Boşqarma qonun hujjatlariga muvofiq boşqa vazifalarni ham bajarişi mumkin.
10. Boşqarma zimmasiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning samarali bajarilişi uçun javob beradi.
4-bob. Boşqarma faoliyatini taşkil etiş
11. Boşqarmaga Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boşliq rahbarlik qiladi.
Boşqarma boşliği lavozimiga köra bir vaqtning özida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining matbuot kotibi hisoblanadi va belgilangan tartibda tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar örinbosari böladi.
12. Boşqarma boşliği:
işlarni taşkillaştiradi va boşqarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarişga şaxsan javob beradi, öz örinbosari va içki işlar organlari tarmoq xizmatlari, taʼlim muassasalari va hududiy bölinmalar matbuot guruhlarining funktsional vazifalarini belgilaydi;
Boşqarmaning iş rejasini tasdiqlaydi;
öz vakolati doirasida körsatmalar beradi va Özbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga içki işlar organlari barça şaxsiy tarkibi bajarişi majburiy bölgan buyruqlar, farmoyişlar loyihalarini kiritadi;
içki işlar organlari matbuot xizmatiga kadrlarni tanlaş va joy-joyiga qöyiş işlari bajarilişini nazorat qiladi, ularning kasbiy darajasini oşiriş, qayta tayyorlaş, xizmat va mehnat intizomiga rioya qilişiga qaratilgan tadbirlarni taşkil etadi;
Boşqarma şaxsiy tarkibi örtasida profilaktik va tarbiyaviy işlarni amalga oşiradi;
Özbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga özining örinbosari, matbuot xizmati boşliqlari va şaxsiy tarkibini tayinlaş, iş joyini özgartiriş, egallab turgan lavozimidan ozod qiliş va böşatiş töğrisida takliflar kiritadi.
Özbekiston Respublikasi IIV rahbariyatiga boşqarma xodimlariga maxsus unvonlar beriş, ularni rağbatlantiriş yoki ularga nisbatan intizomiy jazo qöllaş haqida taqdimnoma kiritadi;
Boşqarma xodimlarini (işçilarini) belgilangan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
Boşqarma xodimlariga (işçilariga) öz vakolati doirasida mehnat taʼtili beradi;
içki işlar organlari sohaviy xizmatlari, taʼlim muassasalari va hududiy bölinmalari matbuot guruhlari rahbarlari hisobotini eşitadi;
Boşqarmaning safarbarlik tayyorgarligini belgilangan tartibda taşkil etadi va taʼminlaydi;
Boşqarmada maxfiylik tartibotiga rioya etilişi uçun javob beradi.
qonun hujjatlariga muvofiq boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
13. Boşqarma boşliği yöqligida uning vazifalarini örinbosar bajaradi.
14. Boşqarma xodimlari (işçilari) belgilangan tartibda Boşqarma boşliği tavsiyasiga köra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
15. Içki işlar organlari sohaviy xizmat, öquv muassasalari va hududiy bölinmalari matbuot guruhlari rahbarlari va xodimlari (işçilari) uşbu bölinmalar boşliqlari tomonidan Boşqarma boşliği bilan kelişgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
5-bob. Yakunlovçi qoidalar
16. Iş yuritiş va maxfiylik tartibining taşkil etilişi va taʼminlanişi Boşqarma tomonidan belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
17. Içki işlar organlari matbuot xizmatini texnika, jihozlar va boşqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlaş belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
