Davlat dasturlari ijrosi töğrisidagi maʼlumotlar
“Özbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturining ijrosini taʼminlaş yuzasidan amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar töğrisida
MAʼLUMOT
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni va u bilan tasdiqlangan Davlat dasturining Içki işlar vazirligiga tegişli bandlari ijrosini taʼminlaş böyiça quyidagi işlar amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi böyiça Içki işlar vazirligiga 2 ta topşiriq (amaliy tadbirlar rejasi) böyiça asosiy ijroçi sifatida belgilanib, ularning ijrosini sifatli va öz muddatida taʼminlaş maqsadida 3 ta maqsadli körsatgiçlar belgilangan.
Şundan, IIV Tergov departamenti 1 ta band amaliy tadbirlar rejasi asosiy, uning ijrosini taʼminlaş böyiça 1 ta band maqsadli körsatkiçlar, IIV JXD Yöl harakati xavfsizligi xizmati 1 ta band amaliy tadbirlar rejasi asosiy, uning ijrosini taʼminlaş böyiça 2 ta band maqsadli körsatkiçlar.
I. Farmoning 10-ilova 20-bandida (amaliy tadbirlar rejasi)
Avtomobil yöllarida transport vositalarini erkin va xavfsiz harakatlanişini taʼminlaş maqsadida Respublika böyiça barça tartibga solingan çorrahalarga intellektual transport tizimlarini örnatiş
va yagona raqamli boşqaruv tizimi joriy etiş vazifasi yuklatilgan. Muddat 2025-yil davomida.
Uşbu band ijrosi yuzasidan 2025-yil 20-martda Yöl harakati xavfsizligi xizmati bilan “Telecom soft” MÇJning hamkorlikdagi 2025-yil yakuniga qadar avtomobil yöllarida transport vositalarining erkin
va xavfsiz harakatlanişini taʼminlaş, Respublika böyiça barça tartibga solingan çorrahalarga intellektual transport tizimlarini örnatiş va yagona raqamli boşqaruv tizimi joriy etiş doirasida, avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilişini aniqlaydigan maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd qiliş kompleks dasturiy-texnik vositalari, aqlli svetoforlar va qoidabuzarliklarni qayd etişga möljallangan zamonaviy texnik vositalarni bosqiçma-bosqiç örnatiş böyiça Reja jadval tasdiqlandi.
Rejaga asosan, joriy yil davomida respublikadagi çorrahalarga 1 123 ta intellektual transport tizimlarini örnatiş va 1 125 ta foto va video qayd etiş vositalarini örnatiş rejalaştirilgan.
Hozirgi kunga qadar quyidagi işlar amalga oşirildi:
344 ta çorrahalarga yangi zamonaviy svetoforlar örnatildi;
Maʼlumot uçun: Toşkent şahar 85ta, Samarqandda 128 ta, Jizzaxda 20 ta, Andijonda 61ta, Qaşqadaryoda 24 ta, Namanganda 10 ta, Buxoroda 10 ta, Toşkent viloyatida 6 ta.
Şundan, 252 ta svetoforlarga boşqariluvçi kontrollerlar örnatilib, intellektual transport tizimlari işga tuşirildi;
Maʼlumot uçun: Toşkent ş 57 ta, Toşkent vil 7 ta Samarqand 61 ta, Jizzax 20 ta, Andijon 61 ta, Qaşqadaryo 26 ta, Namangan 10 ta, Buxoro 10 ta.
244 ta çorrahaga qoidabuzarliklarni aniqlovçi kameralar örnatildi;
Maʼlumot uçun: Toşkent ş 51 ta, Toşkent vil 14 ta Samarqand 50 ta, Jizzax 20 ta, Andijon 61 ta, Qaşqadaryo 26 ta, Buxoro 11 ta, Namangan 11 ta;
153 ta çorrahadagi kameralar sinov rejimiga ötkazildi;
Maʼlumot uçun: Toşkent ş 10 ta, Toşkent vil 15 ta, Jizzax 8 ta, Buxoro 11 ta, Samarqand 56 ta, Andijon 11 ta, Qaşqadaryo 31 ta, Namanganda 11 ta.
179 ta çorrahadagi kameralar esa töliq işga tuşirildi;
Maʼlumot uçun: Toşkent ş 29 ta, Toşkent vil 7 ta Samarqand 36 ta, Jizzax 19 ta Andijon 57 ta, Buxoro 10, Qaşqadaryoda 20 ta, Namanganda 1 ta.
Hozirda 247 ta çorrahada quriliş işlari olib borilmoqda;
Maʼlumot uçun: Toşkent şahrida 57 ta, Farğona viloyati 21 ta, Buxoro viloyati 51 ta, Xorazm viloyati 24 ta, Sirdaryo viloyati 15 ta, Qaşqadaryo viloyati 2 ta, Andijon viloyati 12 ta, Navoiy viloyati 18 ta, Samarqand viloyatida 31 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 16 ta
II. Farmonning 10-ilova 21-bandi (amaliy tadbirlar rejasi)
Farmonning 10-ilova 21-bandida Tergov faoliyati ustidan nazoratni elektron şaklda olib boriş imkonini beruvçi raqamlaştirilgan tizim yaratiş vazifasi yuklatilgan. Muddat 2025-yil noyabr.
Topşiriq ijrosini taʼminlaş maqsadida quyidagilar amalga oşirilgan:
Jumladan, Içki işlar vaziri örinbosarlari Z.K. Kurbanov va R.A. Aşropov, “Uzinfocom” Yagona integrator – Korporativ tizimlarni işlab çiqiş va joriy etiş böyiça direktori T.M. Madraximov hamda mutaxassislar iştirokida tezkor yiğiliş ötkazilib, tizimni yaratiş uçun bir qator ustuvor yönalişlar belgilab olingan.
Tergov departamenti va mutaxassislar iştirokida taşkil etilişi rejalaştirilgan tizimning sxemasi tuzilib, konsepsiyasi işlab çiqilgan. IIV hamda Uzinfocom masʼul xodimlari tomonidan tizimning texnik topşiriği işlab çiqilib, tizimni yaratuvçi taşkilot böyiça işlar amalga oşirilib, sarf xarajatlarni aniqlaş böyiça bozor narxi örganilgan.
02.03.2025-yilda «E-Tergov» axborot tizimining konsepsiyasi kelib çiqib, tizimni yaratişga ketadigan sarf xarajatlar miqdorini hisob-kitob qiliş maqsadida Uzinfocom MÇJ bilan aloqa xatlari almaşilgan.
«E-Tergov» axborot tizimida poçta jönatmalarini elektronlaştiriş hamda protsess iştirokçilariga yuborilişi lozim bölgan xat va xabarlarni onlayn yuboriş maqsadida “Özbekiston poçtasi” AJ bilan integratsiya işlarini amalga oşiriş maqsadida 25.04.2025-yilda aloqa xati yuborilgan.
Vazirlik rahbariyati hamda axborotlaştiriş bozoridagi takliflarni inobatga olib, «E-Tergov» axborot tizimi işlab çiqiş “Telecom soft” MÇJ bilan kelişilib, «E-Tergov» axborot tizimining texnik topşiriği işlab çiqilib, IIV sohaviy xizmatlari bilan kelişilib, imzolangan.
Jinoyat işlari böyiça maʼlumotlarni töliq oliş maqsadida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasiga ulaniş maqsadida Vazirlik rahbariyati nomidan ariza imzolanib yuborilgan.
«E-Tergov» tizimini sud va prokuratura organlari bilan integratsiya qiliş masalasi böyiça yiğilişlar ötkazilib, amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar belgilab olingan.
Boş prokuratura tomonidan işlab çiqilgan “Raqamli prokuratura 2030” Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasiga köra, tergov organlari ustidan nazoratni amalga oşirişga yordam beradigan hamda elektron jinoyat işini öz içiga qamrab olgan axborot tizimini yaratiş rejalaştirilganligi, şu bois, kelgusida tizimlar örtasidagi qarama-qarşiliklarni hamda pul mablağlarini behuda sarflanişini oldini oliş maqsadida IIV hamda Boş prokuraturaning masʼul xodimlari uçraşib, axborot tizimini hamkorlikda işlab çiqib, tergov organlariga joriy etiş belgilandi.
Şunga asosan, 25.08.2025-yilda Boş prokuratura hamda IIV rahbariyati tomonidan «E-Tergov» axborot tizimining yangi texnik topşiriği tasdiqlanib, örnatilgan tartibda DXX Kiberxavfsizlik markazi DUKdan ekspertizadan ötkazişlik uçun yuborilgan.
IIV va Boş prokuratura tomonidan «E-Tergov» axborot tizimini hamkorlikda işlab çiqiş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga 12.09.2025-yilda axborot xati kiritilgan.
«E-Tergov» axborot tizimi Boş prokuraturaning taşabbusi bilan prokuratura organlarining dasturçilari tomonidan işlab çiqilib, tergov faoliyatning xususiyatlaridan kelib çiqib, Boş prokuraturaning serverlarida joylaştirilişiga kelişildi.
Hozirda amalga oşirilgan işlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot xati kiritilib, ijro.gov.uz axborot tizimidan Davlat dasturining mazkur bandini nazoratdan oliş uçun zaruriy maʼlumotlar kiritilgan.
III. Farmoning 12-ilova 22-bandi (maqsadli körsatkiçlar)
Farmonning 12-ilova 22-bandida sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oşiriş imkoniyatlarini 2025-yil yakuniga qadar 1 barobarga oşiriş vazifasi yuklatilgan. Muddat 2025-yil davomida.
Uşbu band ijrosi böyiça “Elektron jinoiy-huquqiy statistika axborot tizimining” “Protsessual majburlov çoralari” platformasi orqali tergovçi va suriştiruvçilar tomonidan jinoyat işlari böyiça gumon qilinuvçi va ayblanuvçilarga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş böyiça iltimosnomani sud organlariga elektron tarzda yuboriş imkoniyati yaratildi.
Bu orqali şaxsga nisbatan ehtiyot çorasini tanlaş protsessual harakatini masofadan ötkaziş imkoniyati yaratilib, bugungi kunga qadar uşbu tizim orqali 16 281 ta ta iltimosnomalar yuborildi.
Maʼlumot uçun: Toşkent şahrida – 3 810 ta, Toşkent viloyatida – 2 215 ta, Samarqandda – 1 887 ta, Farğonada – 1 309 ta, Namanganda – 1 201 ta, Andijonda – 1 096 ta, Surxondaryoda – 797 ta, Qaşqadaryoda – 758 ta, Buxoroda – 655 ta,
Navoiyda – 491 ta, Xorazmda – 482 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida – 447 ta, Sirdaryoda – 429 ta, Jizzaxda – 365 ta, Tergov departamentida – 246 ta, Transportda – 93 ta.
IV. Farmoning 12-ilova 23-bandida (maqsadli körsatkiçlar) Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar ötiş yölaklarini 2025-yil davomida 20 foiz miqdorini svetoforlar bilan töliq jihozlaş belgilangan. Muddat 2025-yil yakuniga qadar.
Toşkent va Nukus şaharlari, viloyatlar, tuman (şahar)lar markazlaridagi köçalar, şuningdek, umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarining uşbu tuman (şahar)lar markazlari çegarasi içidan ötgan hududiy ekspluatatsiya-montaj bölinmalari xizmat körsatiş hududiga qaraşli 2 659 ta tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylari mavjud. Şundan, 2024-yilda 978 ta tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylari (çorrahalardagi piyodalar ötiş joylari bilan) svetofor qurilmalari bilan jihozlangan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi “Yöl harakati qoidalariga piyodalar xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” 805-son qarori talablari asosida şahar va tumanlar markazidagi 320 ta tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylarida “Baland piyodalar ötiş joylari” (Qavariq) taşkil qiliş belgilangan,şundan, 320 ta tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylarida “Baland piyodalar ötiş joylari” taşkil qilindi.
Şahar va tumanlar markazidagi qolgan 1 361 ta tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylarining 20 foizi, yaʼni 272 tasi 2025-yil davomida svetofor qurilmalari bilan jihozlanişi rejalaştirilgan bölib, joriy yilning ötgan davrida 240 ta (çorrahalardagi piyodalar ötiş joylari bilan) tartibga solinmagan piyodalar ötiş joylari svetofor qurilmalari bilan jihozlandi.
IV. Farmoning 12-ilova 27-bandida (maqsadli körsatkiçlar)
2025-yil yakuniga qadar Jiddiy oqibatlar bilan boğliq yöl-transport hodisalarini kamida 50 foizga kamaytirişga erişiş. Muddat 2025-yil yakuniga qadar.
Maʼlumot uçun: Yöl infratuzilmasini yaxşilaş maqsadida 21 266 dona yangi yöl belgilari örnatildi, 9 262 dona yaroqsiz holga kelganlari yangilandi, 576 dona yöl körsatkiçlari örnatildi, 167 ta svetofor obyektlari qurildi, 172 таси rekonstruksiya qilindi, 3 mln 099 ming m2 yöl yotiq çiziqlari çizildi;
Qarama-qarşi yönalişga çiqiş bilan boğliq YTHlarni oldini oliş maqsadida 208 ming km muhofaza tösiqlar örnatildi.
Piyodalar bilan boğliq YTHlarni oldini oliş maqsadida 876 ta maktablar oldida tezlikni çeklovçi yöl belgilari, 97 ta tugmaçali piyodalar svetoforlar (EMB tomonidan) örnatildi, 383 km trotuar (Avtoyöl tomonidan) qurildi, 2 980 тадан ortiq piyodalar ötiş joylarida yöl çiziqlari yangilandi.
Respublika böyiça 76 ta avariya öçoqlari aniqlanib, ulardan 67 таси bartaraf etildi.
Maʼlumot uçun: Avariya öçoqlarining yuzaga kelişiga asosan piyodalar ötiş joylari va xavfli burilişlar yoritilmaganligi hamda yöllarda muhofaza tösiqlar örnatilmaganligi sabab bölgan.
Bolalarda yöl harakati qoidalari könikmalarini şakllantiriş maqsadida:
2 491 ta maktabda yöl harakati qoidalari sinfxonalari, 845 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida yöl harakati qoidalarini örgatiş maydonçalari taşkil etildi.
Qöpol qoidabuzarlar bilan kuraşişga qaratilgan maxsus reydlarda jami 5 mln 712 ming (şundan 1 mln 616 ming qöpol) qoidabuzarliklar aniqlandi, 650 323 ming transport vositalari jarima maydoniga joylaştirildi.
Jumladan, 28 968 ta avtomobilni mast holda boşqariş, 9 644 ta qarama-qarşi harakatlaniş, 78 245 ta svetofor işorasiga böysunmaslik, 441 625 ta qoidabuzar piyodalar, 409 576 ta hujjatlarsiz boşqariş holatlari aniqlandi.
Yigirma va undan ortiq marotaba qoidabuzarlik sodir etgan 4 035 nafar haydovçilarning yaşaş manzillarida mahalla faollari iştirokida tarğibot muhokamalari ötkazildi.
Toşkent şahridagi tirbandlikni oldini oliş maqsadida, 47 ta çorrahalarda svetoforlarning yoniş vaqti transport oqimidan kelib çiqib optimallaştirildi, sutkaning tiğiz vaqtlari yuk avtomobillari harakati çeklandi, poytaxtning 27 ta muammoli çorrahalari böyiça loyihalar işlab çiqildi, 2 ta yer osti va yer usti piyodalar ötiş joylari qurib bitkazildi.
2025-yilning 9 oyida respublikadagi jiddiy oqibatlar bilan boğliq hodisalari (har 10 ming transport vositasiga nisbatan ölim bilan boğliq yöl-transport hodisalari) soni 11,9 foizga yoki (2,8 tadan 2,4 taga) kamayişiga erişildi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi
