Konstitutsiya sahifasi

Biz, Özbekistonning yagona xalqi,
inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravişda eʼlon qilib,demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik ğoyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, oçiq va adolatli jamiyatni barpo etiş borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatimizni anglagan holda, davlatçiligimiz rivojining uç ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, şuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qöşgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini köpaytirişga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uçun asrab-avaylaşga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlaşga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, Özbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qöşni davlatlar bilan döstona munosabatlarini hamkorlik, özaro qöllab-quvvatlaş, tinçlik va totuvlik asosida mustahkamlaş hamda rivojlantirişga intilib, fuqarolarning munosib hayot keçirişini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, köp millatli jonajon Özbekistonimizning farovonligini va gullab-yaşnaşini taʼminlaşni maqsad qilgan holda,
uşbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va eʼlon qilamiz.
Birinçi bölim. Asosiy printsiplar
I bob. Davlat suvereniteti
1-modda.
Özbekiston — boşqaruvning respublika şakliga ega bölgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “Özbekiston Respublikasi” va “Özbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi.
2-modda.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar.
3-modda.
Özbekiston Respublikasi özining milliy-davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilişini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, içki va taşqi siyosatini amalga oşiradi.
Özbekistonning davlat çegarasi va hududi daxlsiz va bölinmasdir.
4-modda.
Özbekiston Respublikasining davlat tili özbek tilidir.
Özbekiston Respublikasi öz hududida istiqomat qiluvçi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinişini taʼminlaydi, ularning rivojlanişi uçun şaroit yaratadi.
5-modda.
Özbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan öz davlat ramzlari — bayroği, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
6-modda.
Özbekiston Respublikasining poytaxti — Toşkent şahri.
II bob. Xalq hokimiyatçiligi
7-modda.
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.
Özbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini közlab va Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oşiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini özlaştiriş, hokimiyat organlari faoliyatini töxtatib qöyiş yoki tugatiş, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuziş Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortişga asos böladi.
8-modda.
Özbekiston xalqini millatidan qatʼi nazar, Özbekiston Respublikasining fuqarolari taşkil etadi.
9-modda.
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumxalq ovoziga — referendumga qöyiladi.
Özbekiston Respublikasida referendum ötkaziş tartibi qonun bilan belgilanadi.
10-modda.
Özbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti iş olib borişi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlaşmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida şaxs Özbekiston xalqi nomidan iş olib borişga haqli emas.
11-modda.
Özbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatiga bölinişi prinsipiga asoslanadi.
12-modda.
Özbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Heç qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida örnatilişi mumkin emas.
13-modda.
Özbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga köra inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
14-modda.
Davlat öz faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanişini taʼminlaş maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oşiradi.
III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi
15-modda.
Özbekiston Respublikasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi sözsiz tan olinadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuçga ega, töğridan töğri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini taşkil etadi.
Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda Özbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.
Agar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida Özbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boşqaça qoidalar belgilangan bölsa, Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasi qoidalari qöllaniladi.
Davlat va uning organlari, boşqa taşkilotlar, mansabdor şaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq iş yuritadilar.
16-modda
Uşbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi Özbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, uşbu Konstitutsiyaning birinçi bölimida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasining qonunlari va boşqa normativ-huquqiy hujjatlari Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etiş yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boşqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid bölişi mumkin emas.
IV bob. Taşqi siyosat
17-modda.
Özbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning töla huquqli subyektidir.
Özbekistonning taşqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuç işlatmaslik yoki kuç bilan tahdid qilmaslik, çegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, boşqa davlatlarning içki işlariga aralaşmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boşqa prinsip va normalariga asoslanadi.
18-modda
Özbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan ikki va köp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirişga qaratilgan tinçliksevar taşqi siyosatni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib çiqqan holda ittifoqlar tuzişi, hamdöstliklarga va boşqa davlatlararo tuzilmalarga kirişi hamda ulardan çiqişi mumkin.
Ikkinçi bölim. Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burçlari
V bob. Umumiy qoidalar
19-modda
Özbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalariga binoan hamda uşbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tuğilganidan boşlab tegişli böladi.
Özbekiston Respublikasida barça fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bölib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib çiqişi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.
Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bölişi şart.
20-modda
Özbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan özaro huquq va majburiyatlar bilan boğliqdir.
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qöyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etişga yoki ularni çeklab qöyişga heç kim haqli emas.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, ularning mansabdor şaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qöllaniladigan huquqiy taʼsir çoralari mutanosiblik prinsipiga asoslanişi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun yetarli bölişi kerak.
Inson bilan davlat organlarining özaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunçilikdagi barça ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
21-modda.
Har bir inson öz şaxsini erkin kamol toptiriş huquqiga ega. Heç kimga uning roziligisiz qonunçilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilişi mumkin emas.
Inson öz huquq va erkinliklarini amalga oşirişda boşqa şaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi şart.
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining soğliğini, ijtimoiy axloqni, boşqa şaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlaş maqsadida zarur bölgan doirada çeklanişi mumkin.
VI bob. Fuqarolik
22-modda.
Özbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik örnatiladi.
Özbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bölganlikdan qatʼi nazar, hamma uçun tengdir.
Qoraqalpoğiston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda Özbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqarolikka ega böliş va uni yöqotiş asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.
23-modda.
Özbekiston Respublikasi öz hududida ham, uning taşqarisida ham öz fuqarolarini himoya qiliş va ularga homiylik körsatişni kafolatlaydi.
Özbekiston Respublikasi fuqarosi Özbekistondan taşqariga majburiy çiqarib yuborilişi yoki boşqa davlatga berib yuborilişi mumkin emas.
Davlat xorijda yaşayotgan vatandoşlar bilan aloqalarni saqlab qoliş hamda rivojlantiriş töğrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq ğamxörlik qiladi.
24-modda.
Özbekiston Respublikasi hududidagi çet el fuqarolarining va fuqaroligi bölmagan şaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq taʼminlanadi. Ular Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro şartnomalari bilan belgilangan burçlarni ado etadilar.
VII bob. Şaxsiy huquq va erkinliklar
25-modda.
Yaşaş huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qiliş eng oğir jinoyatdir.
Özbekiston Respublikasida ölim jazosi taqiqlanadi.
26-modda.
Insonning şaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Heç narsa ularni kamsitiş uçun asos bölişi mumkin emas.
Heç kim qiynoqqa solinişi, zöravonlikka, boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvçi muomalaga yoxud jazoga duçor etilişi mumkin emas.
Heç kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar ötkazilişi mumkin emas.
27-modda.
Har kim erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Heç kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi, qamoqda saqlanişi yoki uning ozodligi boşqaça tarzda çeklanişi mumkin emas.
Hibsga olişga, qamoqqa olişga va qamoqda saqlaşga faqat sudning qaroriga köra yöl qöyiladi. Şaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat uşlab turilişi mumkin emas.
Şaxsni uşlaş çoğida unga tuşunarli tilda uning huquqlari va uşlab turilişi asoslari tuşuntirilişi şart.
28-modda.
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan şaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oşkora sud muhokamasi yöli bilan isbotlanmagunça va sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunça aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvçiga özini himoya qiliş uçun barça imkoniyatlar taʼminlanadi.
Aybdorlikka oid barça şubhalar, agar ularni bartaraf etiş imkoniyatlari tugagan bölsa, gumon qilinuvçining, ayblanuvçining, sudlanuvçining yoki mahkumning foydasiga hal qilinişi kerak.
Gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi özining aybsizligini isbotlaşi şart emas va istalgan vaqtda sukut saqlaş huquqidan foydalanişi mumkin.
Heç kim öziga va yaqin qarindoşlariga qarşi guvohlik berişga majbur emas.
Agar şaxsning öz aybini tan olganligi unga qarşi yagona dalil bölsa, u aybdor deb topilişi yoki jazoga tortilişi mumkin emas.
Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslar öziga nisbatan insoniy muomalada bölinişi hamda inson şaxsiga xos bölgan şaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinişi huquqiga ega.
Şaxsning sudlanganligi va bundan kelib çiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoşlari huquqlarini çeklaş uçun asos bölişi mumkin emas.
29-modda.
Har kimga malakali yuridik yordam oliş huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan körsatiladi.
Har bir şaxs jinoyat protsessining har qanday bosqiçida, şaxs uşlanganida esa uning harakatlaniş erkinligi huquqi amalda çeklangan paytdan eʼtiboran öz tanloviga köra advokat yordamidan foydalaniş huquqiga ega.
Gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi ayblovning mohiyati va asoslari töğrisida xabardor qiliniş, unga qarşi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan şaxslarning söroq qilinişini talab etiş, tarjimon yordamidan foydalaniş huquqiga ega.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oşiriş çoğida foydalanişga yöl qöyilmaydi.
Jinoyat uçun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvçi sud tomonidan qayta körib çiqilişi huquqiga, şuningdek afv etiş yoki jazoni yengillaştiriş töğrisida iltimos qiliş huquqiga ega.
Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanişni va odil sudlovdan foydalanişni taʼminlaydi, ularga yetkazilgan zararning örni qoplanişi uçun şart-şaroitlar yaratadi.
30-modda.
Heç kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hukm qilinişi, jazoga tortilişi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilişi mumkin emas.
Heç kim ayni bir jinoyat uçun takroran hukm qilinişi mumkin emas.
31-modda.
Har bir inson şaxsiy hayotining daxlsizligi, şaxsiy va oilaviy sirga ega böliş, öz şaʼni va qadr-qimmatini himoya qiliş huquqiga ega.
Har kim yozişmalari, telefon orqali sözlaşuvlari, poçta, elektron va boşqa xabarlari sir saqlanişi huquqiga ega. Uşbu huquqning çeklanişiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yöl qöyiladi.
Har kim öz şaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinişi huquqiga, şuningdek notöğri maʼlumotlarning tuzatilişini, özi töğrisida qonunga xilof yöl bilan töplangan yoki huquqiy asoslarga ega bölmay qolgan maʼlumotlarning yöq qilinişini talab qiliş huquqiga ega.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Heç kim uy-joyga unda yaşovçi şaxslarning xohişiga qarşi kirişi mumkin emas. Uy-joyga kirişga, şuningdek unda olib qöyişni va közdan keçirişni ötkazişga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yöl qöyiladi. Uy-joyda tintuv ötkazişga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yöl qöyiladi.
32-modda.
Qonuniy asoslarda Özbekiston Respublikasi hududida bölib turgan har kim mamlakat böylab erkin harakatlaniş, turar va yaşaş joyini tanlaş huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan çeklovlar mustasno.
Har kim Özbekistondan taşqariga erkin çiqiş huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan çeklovlar mustasno. Özbekiston Respublikasi fuqarosi Özbekistonga tösqinliksiz qaytiş huquqiga ega.
33-modda
Har kim fikrlaş, söz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim istalgan axborotni izlaş, oliş va tarqatiş huquqiga ega.
Davlat Internet jahon axborot tarmoğidan foydalanişni taʼminlaş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
Axborotni izlaş, oliş va tarqatişga bölgan huquqni çeklaşga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining soğliğini, ijtimoiy axloqni, boşqa şaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini taʼminlaş, şuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sir oşkor etilişining oldini oliş maqsadida zarur bölgan doirada yöl qöyiladi.
34-modda.
Davlat organlari va taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, ularning mansabdor şaxslari har kimga öz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bölgan hujjatlar, qarorlar va boşqa materiallar bilan tanişiş imkoniyatini taʼminlaşi şart.
35-modda.
Hamma uçun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga eʼtiqod qiliş yoki heç qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöyilmaydi.
VIII bob. Siyosiy huquqlar
36-modda.
Özbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat işlarini boşqarişda bevosita hamda öz vakillari orqali iştirok etiş huquqiga ega. Bunday iştirok etiş özini özi boşqariş, referendumlar ötkaziş va davlat organlarini demokratik tarzda şakllantiriş, şuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatçilik nazorati vositasida amalga oşiriladi. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş tartibi qonun bilan belgilanadi.
37-modda.
Özbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirişda teng huquqqa egadirlar.
Davlat xizmatini ötaş bilan boğliq çeklovlar qonun bilan belgilanadi.
38-modda.
Fuqarolar öz ijtimoiy faolliklarini Özbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yiğilişlar va namoyişlar şaklida amalga oşiriş huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar ötkazilişini töxtatiş yoki taqiqlaş huquqiga ega.
39-modda.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyuşmalariga, siyosiy partiyalarga va boşqa jamoat birlaşmalariga uyuşiş, ommaviy harakatlarda iştirok etiş huquqiga egadirlar.
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlaşmalarida, ommaviy harakatlarda, şuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozçilikni taşkil etuvçi muxolifatçi şaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini heç kim kamsitişi mumkin emas.
40-modda.
Har kim bevosita özi va boşqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda taşkilotlariga, fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga, mansabdor şaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va şikoyatlar bilan murojaat qiliş huquqiga ega.
Arizalar, takliflar va şikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda körib çiqilişi şart.
IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar
41-modda.
Har bir şaxs mulkdor bölişga haqli.
Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilişi, şuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.
42-modda.
Har kim munosib mehnat qiliş, kasb va faoliyat turini erkin tanlaş, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat şaroitlarida işlaş, mehnati uçun heç qanday kamsitişlarsiz hamda mehnatga haq tölaşning belgilangan eng kam miqdoridan kam bölmagan tarzda adolatli haq oliş, şuningdek işsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalaniş huquqiga ega.
Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori insonning munosib turmuş darajasini taʼminlaş zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.
Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni işga qabul qilişni rad etiş, işdan böşatiş va ularning iş haqini kamaytiriş taqiqlanadi.
43-modda.
Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlaş, ularni işsizlikdan himoya qiliş, şuningdek kambağallikni qisqartiriş çoralarini köradi.
Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanişini taşkil etadi hamda rağbatlantiradi.
44-modda.
Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etiş tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boşqa hollardan taşqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
Bolalar mehnatining bolaning soğliğiga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanişiga xavf soluvçi, şu jumladan uning taʼlim olişiga tösqinlik qiluvçi har qanday şakllari taqiqlanadi.
45-modda
Har kim dam oliş huquqiga ega.
Yollanib işlovçilarga dam oliş huquqi iş vaqtining davomiyligini, dam oliş va işlanmaydigan bayram kunlarini, haq tölanadigan har yilgi mehnat taʼtilini belgilaş orqali taʼminlanadi.
Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolğiz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir.
46-modda
Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yöqotganda, işsizlikda, şuningdek boquvçisini yöqotganda va qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga ega.
Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boşqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz bölişi mumkin emas.
47-modda.
Har kim uy-joyli böliş huquqiga ega.
Heç kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilişi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u körgan zararlarning örni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanişi taʼminlanadi.
Davlat uy-joy qurilişini rağbatlantiradi va uy-joyga bölgan huquqning amalga oşirilişi uçun şart-şaroitlar yaratadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlaş tartibi qonun bilan belgilanadi.
48-modda.
Har kim soğliğini saqlaş va malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olişga haqli.
Davlat soğliqni saqlaş tizimini, uning davlat va nodavlat şakllarini, tibbiy suğurtaning har xil turlarini rivojlantiriş, aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini taʼminlaş çoralarini köradi.
Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
49-modda.
Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati töğrisidagi işonçli axborotga ega böliş huquqiga ega.
Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini taʼminlaş va atrof-muhitga zararli taʼsir körsatilişiga yöl qöymaslik maqsadida şaharsozlik faoliyati sohasida jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
Şaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatçilik muhokamasidan ötkaziladi.
Davlat barqaror rivojlaniş prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxşilaş, tiklaş va muhofaza qiliş, ekologik muvozanatni saqlaş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi.
Davlat Orolböyi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qiliş hamda tiklaş, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantiriş yuzasidan çoralar köradi.
50-modda.
Har kim taʼlim oliş huquqiga ega.
Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va şakllari, davlat va nodavlat taʼlim taşkilotlari rivojlanişini taʼminlaydi.
Davlat maktabgaça taʼlim va tarbiyani rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
Davlat bepul umumiy örta taʼlim va boşlanğiç professional taʼlim olişni kafolatlaydi. Umumiy örta taʼlim majburiydir.
Maktabgaça taʼlim va tarbiya, umumiy örta taʼlim davlat nazoratidadir.
Taʼlim taşkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bölgan bolalar uçun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi.
51-modda.
Fuqarolar davlat taʼlim taşkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olişga haqli.
Oliy taʼlim taşkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, özini özi boşqariş, tadqiqotlar ötkaziş va öqitiş erkinligi huquqiga ega.
52-modda.
Özbekiston Respublikasida öqituvçining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantiriş, soğlom, barkamol avlodni şakllantiriş hamda tarbiyalaş, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlaş hamda boyitişning asosi sifatida eʼtirof etiladi.
Davlat öqituvçilarning şaʼni va qadr-qimmatini himoya qiliş, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan ösişi töğrisida ğamxörlik qiladi.
53-modda
Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalaniş huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.
Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanişi haqida ğamxörlik qiladi.
X bob. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari
54-modda
Insonning huquq va erkinliklarini taʼminlaş davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini taʼminlaydi.
55-modda
Har kim öz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barça usullar bilan himoya qilişga haqli.
Har kimga öz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qiliş, davlat organlarining hamda boşqa taşkilotlarning, ular mansabdor şaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga şikoyat qiliş huquqi kafolatlanadi.
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklaş uçun uning işi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan körib çiqilişi huquqi kafolatlanadi.
Har kim Özbekiston Respublikasining qonunçiligiga va xalqaro şartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barça içki vositalaridan foydalanib bölingan bölsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvçi xalqaro organlarga murojaat etişga haqli.
Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor şaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning örni davlat tomonidan qoplanişi huquqiga ega.
56-modda
Inson huquqlari böyiça milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilişning mavjud şakllari hamda vositalarini töldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirişga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirişga kömaklaşadi.
Davlat inson huquqlari böyiça milliy institutlar faoliyatini taşkil etiş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
57-modda
Mehnatga layoqatsiz va yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boşqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.
Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmuş sifatini oşirişga, jamiyat va davlat hayotida tölaqonli iştirok etişi uçun ularga şart-şaroitlar yaratişga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravişda taʼminlaş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan çoralarni köradi.
Davlat nogironligi bölgan şaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan tölaqonli foydalanişi uçun şart-şaroitlar yaratadi, ularning işga joylaşişiga, taʼlim olişiga kömaklaşadi, ularga zarur bölgan axborotni tösqinliksiz oliş imkoniyatini taʼminlaydi.
58-modda
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.
Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat işlarini boşqarişda, şuningdek jamiyat va davlat hayotining boşqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlaydi.
XI bob. Fuqarolarning burçlari
59-modda
Barça fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qöyilgan burçlarini bajaradilar.
60-modda.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etişga, boşqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, şaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilişga majburdirlar.
61-modda.
Fuqarolar Özbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylaşi şart.
Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
62-modda.
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bölişga majburdirlar.
63-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yiğimlarni tölaşi şart.
Soliq va yiğimlar adolatli bölişi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişiga tösqinlik qilmasligi kerak.
64-modda.
Özbekiston Respublikasini himoya qiliş Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni ötaşga majburdirlar.
Uçinçi bölim. Jamiyat va şaxs
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
65-modda.
Fuqarolar farovonligini oşirişga qaratilgan Özbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil şakllardagi mulk taşkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantiriş va halol raqobat uçun şart-şaroitlar yaratadi, isteʼmolçilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qiliş erkinligini kafolatlaydi. Özbekiston Respublikasida barça mulk şakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinişi taʼminlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor öz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan taşqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilişi mumkin emas.
66-modda.
Mulkdor öziga tegişli bölgan mol-mulkka öz xohişiça egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalaniş atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boşqa şaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
67-modda.
Davlat qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini taʼminlaydi.
Tadbirkorlar qonunçilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oşirişga va öz faoliyati yönalişlarini mustaqil ravişda tanlaşga haqli.
Özbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablağlarning erkin harakatlanişi kafolatlanadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va çeklanadi.
68-modda.
Yer, yer osti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalaniş zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanişni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilişni taʼminlovçi şartlar asosida va tartibda xususiy mulk bölişi mumkin.
XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari
69-modda.
Fuqarolik jamiyati institutlari, şu jumladan jamoat birlaşmalari va boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini taşkil etadi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oşiriladi.
70-modda.
Özbekiston Respublikasida kasaba uyuşmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar taşkilotlari, faxriylar, yoşlar va nogironligi bölgan şaxslar taşkilotlari, ijodiy uyuşmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boşqa birlaşmalari jamoat birlaşmalari sifatida eʼtirof etiladi.
Jamoat birlaşmalarini tarqatib yuboriş, ularning faoliyatini taqiqlab yoki çeklab qöyiş faqat sud qarori asosidagina amalga oşiriladi.
71-modda.
Konstitutsiyaviy tuzumni zörlik bilan özgartirişni maqsad qilib qöyuvçi, Özbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarşi çiquvçi, uruşni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni tarğib qiluvçi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining soğliğiga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvçi siyosiy partiyalarning, boşqa nodavlat notijorat taşkilotlarining, şuningdek milliy va diniy belgilariga köra siyosiy partiyalarning, harbiylaştirilgan birlaşmalarning taşkil etilişi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va birlaşmalar taşkil etiş taqiqlanadi.
72-modda.
Davlat nodavlat notijorat taşkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişini taʼminlaydi, ularga jamiyat hayotida iştirok etiş uçun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi.
Davlat organlari va mansabdor şaxslarning nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatiga aralaşişiga, şuningdek nodavlat notijorat taşkilotlarining davlat organlari va mansabdor şaxslar faoliyatiga aralaşişiga yöl qöyilmaydi.
73-modda.
Kasaba uyuşmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyuşmalariga aʼzo böliş ixtiyoriydir.
74-modda.
Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va özlarining demokratik yöl bilan saylab qöyilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzişda iştirok etadilar. Siyosiy partiyalar öz faoliyatining moliyalaştirilişi manbalari haqida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda oşkora hisobotlar taqdim etadilar.
75-modda.
Diniy taşkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy taşkilotlarning faoliyatiga aralaşmaydi.
Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat körsatayotgan diniy taşkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi.
XIV bob. Oila, bolalar va yoşlar
76-modda.
Oila jamiyatning asosiy böğinidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.
Nikoh Özbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvçilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
Davlat oilaning tölaqonli rivojlanişi uçun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boşqa şart-şaroitlar yaratadi.
77-modda
Ota-onalar va ularning örnini bosuvçi şaxslar öz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqişi, ularning tarbiyasi, taʼlim olişi, soğlom, tölaqonli va har tomonlama kamol topişi xususida ğamxörlik qilişga majburdirlar.
Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqişni, tarbiyalaşni, ularning taʼlim olişini, soğlom, tölaqonli va har tomonlama kamol topişini taʼminlaydi, şu maqsadda xayriya faoliyatini rağbatlantiradi.
78-modda
Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş hamda himoya qiliş, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan tölaqonli rivojlanişi uçun eng yaxşi şart-şaroitlarni yaratiş davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoşlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanişni, vatanparvarlik va Vatanga bölgan mehr-muhabbat tuyğularini şakllantiriş töğrisida ğamxörlik qiladi.
79-modda
Davlat yoşlarning şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinişini taʼminlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol iştirok etişini rağbatlantiradi.
Davlat yoşlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan şakllanişi hamda rivojlanişi uçun, ularning taʼlim olişga, soğliğini saqlaşga, uy-joyga, işga joylaşişga, bandlik va dam olişga bölgan huquqlarini amalga oşiriş uçun şart-şaroitlar yaratadi.
80-modda.
Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar öz ota-onalari haqida ğamxörlik qilişga majburdirlar.
XV bob. Ommaviy axborot vositalari
81-modda
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq iş olib boradilar.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlaş, oliş, undan foydalaniş va uni tarqatişga bölgan huquqlari amalga oşirilişini kafolatlaydi.
Ommaviy axborot vositalari özi taqdim etadigan axborotning işonçliligi uçun javobgardir.
82-modda.
Senzuraga yöl qöyilmaydi.
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi.
Törtinçi bölim. Maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilişi
XVI bob. Özbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilişi
83-modda.
Özbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, şaharlar, şaharçalar, qişloqlar, ovullar, şuningdek Qoraqalpoğiston Respublikasidan iborat.
84-modda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahrining çegaralarini özgartiriş, şuningdek viloyatlar, şaharlar, tumanlar taşkil qiliş va ularni tugatiş Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oşiriladi.
XVII bob. Qoraqalpoğiston Respublikasi
85-modda
Suveren Qoraqalpoğiston Respublikasi Özbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining suvereniteti Özbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi.
86-modda
Qoraqalpoğiston Respublikasi öz Konstitutsiyasiga ega.
Qoraqalpoğiston Respublikasining Konstitutsiyasi Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bölişi mumkin emas.
87-modda
Özbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida ham majburiydir.
88-modda
Qoraqalpoğiston Respublikasining hududi va çegaralari uning roziligisiz özgartirilişi mumkin emas. Qoraqalpoğiston Respublikasi öz maʼmuriy-hududiy tuzilişi masalalarini mustaqil hal qiladi.
89-modda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Özbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpoğiston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib çiqiş huquqiga ega.
90-modda.
Özbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasining özaro munosabatlari Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi örtasida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan şartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi örtasidagi nizolar murosaga keltiruvçi vositalar yordamida hal etiladi.
Beşinçi bölim. Davlat hokimiyatining taşkil etilişi
XVIII bob. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
91-modda.
Özbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bölib, qonun çiqaruvçi hokimiyatni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunçilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati vakolat muddati — beş yil.
92-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bölib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) iborat.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegişli qöşma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan teng miqdorda — tört kişidan saylanadi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining töqqiz nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, işlab çiqariş sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boşqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bölgan hamda alohida xizmat körsatgan eng obröli fuqarolar orasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma beş yoşga tölgan hamda kamida beş yil Özbekiston Respublikasi hududida muqim yaşayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati, şuningdek Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi bölişi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qöyiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.
Ayni bir şaxs bir paytning özida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati va Senati aʼzosi bölişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining deputati bir vaqtning özida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bölişi mumkin emas.
93-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qiliş, unga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş;
2) Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qiliş, ularga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş;
3) xalqaro şartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qiliş;
4) Özbekiston Respublikasining referendumini ötkaziş töğrisida va uni ötkaziş sanasini tayinlaş haqida qaror qabul qiliş;
5) Özbekiston Respublikasi içki va taşqi siyosatining asosiy yönalişlarini belgilaş hamda davlat strategik dasturlarini qabul qiliş;
6) Özbekiston Respublikasi qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilaş;
7) Özbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qiliş va ularning Özbekiston Respublikasi tarkibidan çiqişi haqidagi qarorlarni tasdiqlaş;
8) bojxona, valyuta va kredit işlarini qonun yöli bilan tartibga soliş;
9) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiliş, unga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş;
10) Özbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilaş;
11) soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni joriy qiliş;
12) Özbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilişi masalalarini qonun yöli bilan tartibga soliş, çegaralarini özgartiriş;
13) tumanlar, şaharlar, viloyatlarni taşkil etiş, tugatiş, ularning nomini hamda çegaralarini özgartiriş;
14) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etiş;
15) Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuziş;
16) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakilini va uning örinbosarini saylaş;
17) Özbekiston Respublikasi Prezidentining Özbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qiliş yuzasidan tuzilgan şartnoma majburiyatlarini bajariş zaruriyati tuğilganda uruş holati eʼlon qiliş töğrisidagi farmonini tasdiqlaş;
18) Özbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiliş, favqulodda holat joriy etiş, uning amal qilişini uzaytiriş yoki tugatiş töğrisidagi farmonlarini tasdiqlaş;
19) Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi har yilgi milliy maʼruzani eşitiş;
20) parlament tekşiruvini ötkaziş;
21) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasida, söngra Senatida körib çiqiladi.
94-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
2) Özbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini körib çiqiş;
3) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodini körib çiqiş va maʼqullaş;
4) Özbekiston Respublikasi Boş vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirişning dolzarb masalalari yuzasidan, şuningdek Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining öz faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eşitiş;
5) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni körib çiqiş va maʼqullaş;
6) Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari böyiça har yilgi maʼruzasini eşitiş;
7) davlat organlarining mansabdor şaxslariga parlament sörovini yuboriş va parlament nazoratining boşqa şakllarini amalga oşiriş;
8) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri va uning örinbosarlarini, qömitalarning raislari va ularning örinbosarlarini saylaş;
9) Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etiş töğrisidagi masalalarni hal etiş;
10) öz faoliyatini taşkil etiş va palataning içki tartib-qoidalari bilan boğliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, şuningdek davlatning içki va taşqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
12) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi özini özi tarqatib yuboriş töğrisida deputatlar umumiy sonining kamida uçdan ikki qismidan iborat köpçilik ovozi bilan qaror qabul qilişi mumkin.
95-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengaşini, respublika korrupsiyaga qarşi kuraşiş organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarşi organining rahbarini saylaş;
2) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Boş prokurori va Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni körib çiqiş hamda maʼqullaş;
3) Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlaşuvlar ötkaziş;
4) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi va xalqaro taşkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boşqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlaş va ularni lavozimidan ozod etiş;
5) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining raisini tayinlaş va uni lavozimidan ozod etiş;
6) Özbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boşqa respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarini tuziş hamda tugatiş töğrisidagi farmonlarini tasdiqlaş;
7) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya töğrisidagi hujjatlarni qabul qiliş;
8) Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi raisining hisobotlarini eşitiş;
9) Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi va xalqaro taşkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boşqa vakolatxonalari rahbarlarining öz faoliyati masalalari böyiça hisobotlarini eşitiş;
10) davlat organlarining mansabdor şaxslariga parlament sörovini yuboriş va parlament nazoratining boşqa şakllarini amalga oşiriş;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga öz faoliyatini amalga oşirişda kömaklaşiş;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunçilik normalariga muvofiq bölmagan taqdirda, bekor qiliş;
13) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning örinbosarlarini, qömitalarning raislari va ularning örinbosarlarini saylaş;
14) Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etiş töğrisidagi masalalarni hal etiş;
15) öz faoliyatini taşkil etiş va palataning içki tartib-qoidalari bilan boğliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, şuningdek davlat içki va taşqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiliş;
17) Qonunçilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilişga doir vakolatlarini bajariş, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati özini özi tarqatib yuboriş töğrisida senatorlar umumiy sonining kamida uçdan ikki qismidan iborat köpçilik ovozi bilan qaror qabul qilişi mumkin.
96-modda.
Vakolat muddati tugagaç, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati tegişinça yangi çaqiriq Qonunçilik palatasi va Senati iş boşlaguniga qadar öz faoliyatini davom ettirib turadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining birinçi majlislari tegişinça Qonunçilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan keçiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan keçiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan çaqiriladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi majlislari sessiyalar davrida ötkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinçi iş kunidan boşlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi iş kuniga qadar ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uç marta ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular işida barça deputatlar, senatorlar umumiy sonining yarmidan köpi iştirok etayotgan bölsa, vakolatli hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilişda barça deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida uçdan ikki qismi iştirok etişi şart.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati majlislarida, şuningdek ularning organlari majlislarida Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Boş vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengaşi raislari, Boş prokuror, Markaziy bank boşqaruvining raisi iştirok etişlari mumkin. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunçilik palatasi Spikeri iştirok etişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati alohida-alohida majlis ötkazadilar.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlislari Özbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, Özbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, içki va taşqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq sözlaganda, çet davlatlarning rahbarlari nutq sözlaganda ötkaziladi. Palatalarning kelişuviga binoan qöşma majlislar boşqa masalalar yuzasidan ham ötkazilişi mumkin.
97-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati öz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunçilik palatasi deputatlari yoki Senat aʼzolari umumiy sonining köpçilik ovozi bilan qabul qilinadi, uşbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
98-modda.
Qonunçilik taşabbusi huquqiga Özbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpoğiston Respublikasi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Boş prokurori ham öz vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar böyiça qonunçilik taşabbusi huquqiga egadir.
Qonunçilik taşabbusi huquqi qonun loyihasini qonunçilik taşabbusi huquqi subyektlari tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritiş orqali amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bölgan, yuz ming nafardan kam bölmagan fuqarolari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman), Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunçilik takliflarini qonunçilik taşabbusi tartibida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga kiritişga haqli.
Qonun loyihalarini, qonunçilik takliflarini kiritiş va körib çiqiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
99-modda.
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maʼqullanib, Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangaç va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda eʼlon qilingaç, yuridik kuçga ega böladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan eʼtiboran ön kundan keçiktirmay Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.
Qonun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan oltmiş kun içida körib çiqiladi va maʼqullangan taqdirda, imzolanişi va eʼlon qilinişi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga ön kundan keçiktirmay yuboriladi.
Agar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni maʼqullaş yoki rad etiş töğrisida oltmiş kun içida qaror qabul qilmasa, Qonunçilik palatasi tomonidan qonun imzolanişi va eʼlon qilinişi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmiş kun içida imzolaydi va eʼlon qiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga qaytariladi.
Agar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta körib çiqişda Qonunçilik palatasi deputatlar umumiy sonining uçdan ikki qismidan iborat köpçilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanişi va eʼlon qilinişi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunçilik palatasi tomonidan yuboriladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunçilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelişmovçiliklarni bartaraf etiş uçun Qonunçilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan tenglik asosida kelişuv komissiyasini tuzişi mumkin. Palatalar kelişuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda körib çiqilişi kerak.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni öz eʼtirozlari bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarişga haqli.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegişinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uçdan ikki qismidan iborat köpçilik ovozi bilan maʼqullansa, qonun Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ön tört kun içida imzolanişi va eʼlon qilinişi kerak.
Qonunlarning va boşqa normativ-huquqiy hujjatlarning eʼlon qilinişi ular qöllanilişining majburiy şartidir.
100-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi öz tarkibidan Qonunçilik palatasining Spikeri va uning örinbosarlarini saylaydi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri va uning örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali deputatlar umumiy sonining köpçilik ovozi bilan Qonunçilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Spikeri bölişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri va uning örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining uçdan ikki qismidan köproğining ovozi bilan qabul qilingan Qonunçilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari çaqirib olinişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri:
1) Qonunçilik palatasining majlislarini çaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Qonunçilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaşga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Qonunçilik palatasi qömitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlaştirib boradi;
4) Özbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunçilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni taşkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oşiriş işlariga hamda xalqaro parlament taşkilotlari işi bilan boğliq Qonunçilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boşqa davlat organlari, çet davlatlar, xalqaro va boşqa taşkilotlar bilan özaro munosabatlarda Qonunçilik palatasi nomidan iş köradi;
7) Qonunçilik palatasi qarorlarini imzolaydi;
8) uşbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Spikeri farmoyişlar çiqaradi.
101-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati öz tarkibidan Senat Raisi va uning örinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi örinbosarlaridan biri Qoraqalpoğiston Respublikasining vakili böladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali senatorlar umumiy sonining köpçilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.
Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi bölişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning örinbosarlari yaşirin ovoz beriş orqali senatorlar umumiy sonining uçdan ikki qismidan köproğining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari çaqirib olinişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:
1) Senat majlislarini çaqiradi, ularda raislik qiladi;
2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaşga umumiy rahbarlik qiladi;
3) Senat qömitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlaştirib boradi;
4) Özbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni taşkil etadi;
5) parlamentlararo aloqalarni amalga oşiriş işlariga hamda xalqaro parlament taşkilotlari işi bilan boğliq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;
6) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, boşqa davlat organlari, çet davlatlar, xalqaro va boşqa taşkilotlar bilan özaro munosabatlarda Senat nomidan iş köradi;
7) Senat qarorlarini imzolaydi;
8) uşbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyişlar çiqaradi.
102-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlaş işini olib boriş, Qonunçilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda körib çiqiş va tayyorlaş, Özbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qiliş uçun öz vakolatlari muddatiga Qonunçilik palatasi deputatlari orasidan qömitalarni saylaydi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda körib çiqiş va tayyorlaş, Özbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qiliş uçun öz vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qömitalarni saylaydi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati, zarurat bölgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajariş uçun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.
103-modda.
Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanişi asoslariga salbiy taʼsir körsatişi mumkin bölgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni örganiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma qarori bilan parlament tekşiruvi ötkazilişi mumkin.
Parlament tekşiruvini ötkaziş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u öz faoliyatini qonunga muvofiq amalga oşiradi.
104-modda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlariga va Senati aʼzolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan boğliq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Qonunçilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda işlovçi Senat aʼzolari öz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan taşqari haq tölanadigan boşqa turdagi faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputati va Senati aʼzosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegişinça Qonunçilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazo çoralariga tortilişi mumkin emas.
XIX bob. Özbekiston Respublikasining Prezidenti
105-modda.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boşliğidir va davlat hokimiyati organlarining kelişilgan holda faoliyat yuritişini hamda hamkorligini taʼminlaydi.
106-modda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga öttiz beş yoşdan kiçik bölmagan, davlat tilini yaxşi biladigan, bevosita saylovgaça kamida 10 yil Özbekiston hududida muqim yaşayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi saylanişi mumkin. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasining Prezidenti bölişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti Özbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va töğridan töğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş yöli bilan yetti yil muddatga saylanadi. Özbekiston Respublikasining Prezidentini saylaş tartibi qonun bilan belgilanadi.
107-modda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz vazifasini bajarib turgan davrda boşqa haq tölanadigan lavozimni egallaşi, vakillik organining deputati bölişi, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining şaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.
108-modda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yiğilişida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boşlab öz lavozimiga kirişgan hisoblanadi:
“Özbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilişga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etişga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berişga, Özbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarişga tantanali qasamyod qilaman”.
109-modda.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilişining, Özbekiston Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilişi masalalariga doir qarorlarni amalga oşiriş yuzasidan zarur çora-tadbirlar köradi;
2) mamlakat içkarisida va xalqaro munosabatlarda Özbekiston Respublikasi nomidan iş köradi;
3) muzokaralar olib boradi hamda Özbekiston Respublikasining şartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan şartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilişini taʼminlaydi;
4) öz huzurida akkreditatsiyadan ötgan diplomatik hamda boşqa vakillarning işonç va çaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
5) Özbekiston Respublikasining çet davlatlardagi va xalqaro taşkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boşqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlaş uçun nomzodlarni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
6) Özbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat içki va taşqi siyosatini amalga oşirişning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qiliş huquqiga ega;
7) vazirliklarni va boşqa respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, şu masalalarga doir farmonlarni keyinçalik Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdiğiga kiritadi;
8) Senat Raisi lavozimiga saylaş uçun nomzodni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
9) Özbekiston Respublikasi Boş vazirini, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
10) qömitalar, agentliklar va boşqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunçilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
11) Özbekiston Respublikasi Boş prokurorini, Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati maʼqullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;
12) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan maslahatlaşuvlardan keyin Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;
13) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi tarkiblariga nomzodlarni, şuningdek Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarşi kuraşiş organining rahbari va respublika monopoliyaga qarşi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14) Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining taqdimiga binoan viloyatlar va Toşkent şahar sudlari raislarini va rais örinbosarlarini, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
15) viloyatlar hokimlarini va Toşkent şahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim şaʼni va qadr-qimmatiga doğ tuşiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va şahar hokimlarini Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz qarori bilan lavozimidan ozod etişga haqli;
16) respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini töxtatadi, bekor qiladi; Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilişga haqli;
17) Özbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi; qonunni öz eʼtirozlari bilan takroran muhokama qiliş va ovozga qöyiş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarişga haqli;
18) Özbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qiliş yuzasidan tuzilgan şartnoma majburiyatlarini bajariş zaruriyati tuğilganda uruş holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi va qabul qilgan qarorini uç kun içida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdiğiga kiritadi;
19) alohida hollarda (real taşqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaşni közlab, Özbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uç kun içida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdiğiga kiritadi. Favqulodda holat joriy etiş şartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;
20) Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining Oliy Boş qömondoni hisoblanadi, Qurolli Kuçlarning oliy qömondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) Özbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorliği bilan mukofotlaydi, Özbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;
22) Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boşpana berişga oid masalalarni hal etadi;
23) amnistiya töğrisidagi hujjatlarni qabul qiliş haqida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va Özbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan şaxslarni afv etadi;
24) Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşini tuzadi va unga boşçilik qiladi, öz vakolatlari amalga oşirilişini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, şuningdek Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengaş organlarini va boşqa organlarni şakllantiradi;
25) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti öz vakolatlarini bajarişni davlat organlariga yoki mansabdor şaxslarga topşirişga haqli emas.
110-modda.
Özbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etiş yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuçga ega bölgan farmonlar, qarorlar va farmoyişlar çiqaradi.
111-modda.
Qonunçilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvçi hal qilib bölmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir neça marta Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, şuningdek Qonunçilik palatasi bilan Senat örtasida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvçi hal qilib bölmaydigan ixtiloflar yuz berganda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, Senati tarqatib yuborilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uç oy mobaynida ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati favqulodda holat amal qilişi davrida tarqatib yuborilişi mumkin emas.
112-modda.
Özbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uç oy muddat içida qonunga töliq muvofiq holda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ötkaziladi.
113-modda.
Vakolati tugaşi munosabati bilan isteʼfoga çiqqan Özbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi lavozimini egallaydi.
XX bob. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
114-modda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvçi hokimiyatni amalga oşiradi. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, uning örinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpoğiston Respublikasi hukumatining boşliği Vazirlar Mahkamasi tarkibiga öz lavozimi böyiça kiradi.
Vazirlar Mahkamasi öz faoliyatini ijro etuvçi hokimiyat faoliyatining Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yönalişlari doirasida amalga oşiradi.
115-modda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va budjet siyosati amalga oşirilişi, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, soğliqni saqlaşni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boşqa tarmoqlarini rivojlantirişga doir dasturlarning işlab çiqilişi hamda bajarilişi uçun javobgar böladi;
2) barqaror iqtisodiy ösişni, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş, aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, qulay investitsiyaviy muhitni yaratiş, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantiriş böyiça çoralar köradi;
3) aholini, şu jumladan nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy himoya qiliş tizimining samarali faoliyat körsatişini taʼminlaydi;
4) atrof-muhitni muhofaza qiliş, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlaş, iqlim özgarişiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarşi kuraşiş hamda ularning oqibatlarini yumşatiş sohalarida yagona davlat siyosati amalga oşirilişini taʼminlaydi;
5) yoşlarga oid davlat siyosatining amalga oşirilişini taʼminlaydi, oilani qöllab-quvvatlaş, mustahkamlaş va himoya qiliş, anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni saqlaş böyiça çoralar köradi;
6) fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlarini amalga oşiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda ijtimoiy şeriklik dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirişda ularning iştirok etişini taʼminlaydi;
7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boşqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiradi;
8) Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyişlari ijrosini taʼminlaydi;
9) ijro etuvçi hokimiyat organlari işini muvofiqlaştiradi va yönaltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oşiradi;
10) ijro etuvçi hokimiyat organlarining işida oçiqlik va şaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni taʼminlaş, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarşi kuraşiş, davlat xizmatlarining sifatini oşiriş va ulardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş böyiça çoralar köradi;
11) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzalarni taqdim etadi;
12) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.
116-modda.
Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunçilikka muvofiq Özbekiston Respublikasining butun hududidagi barça organlar, korxonalar, muassasalar, taşkilotlar, mansabdor şaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan qarorlar va farmoyişlar çiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Özbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida öz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi şakllantirilguniga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq öz faoliyatini davom ettirib turadi.
117-modda.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri:
1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini taşkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali işlaşi uçun şaxsan javobgar böladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan iş köradi;
4) Özbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boşqa vazifalarni bajaradi.
118-modda.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor şaxslari saylangandan va organlari şakllangandan söng bir oy içida yoki Boş vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Boş vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi isteʼfoga çiqqanidan keyin bir oy içida Qonunçilik palatasi körib çiqişi va maʼqullaşi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barça siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlaşuvlar ötkazilganidan söng taqdim etiladi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan eʼtiboran ön kun içida körib çiqadi.
Boş vazir lavozimiga nomzod Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasida uning nomzodi körib çiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga möljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Boş vazir nomzodi uning uçun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan köpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda maʼqullangan hisoblanadi.
Boş vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uç marta rad etilgan taqdirda, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirni tayinlaydi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasini tarqatib yuborişga haqli.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari ularning nomzodlari Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi tomonidan maʼqullanganidan keyin Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirni, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki aʼzosini isteʼfoga çiqarişga haqli.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosining öz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eşitişga haqli. Vazirlar Mahkamasi aʼzosining hisobotini eşitiş yakunlariga köra Qonunçilik palatasi uni isteʼfoga çiqariş töğrisidagi taklifni Özbekiston Respublikasi Prezidentiga körib çiqiş uçun kiritişga haqli.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari parlament sörovlariga va Qonunçilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining sörovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berişi şart.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini taşkil etiş tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.
119-modda.
Özbekiston Respublikasi Boş vaziri va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi örtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uçdan bir qismi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining muhokamasiga Boş vazirga nisbatan işonçsizlik votumi bildiriş haqidagi masala kiritiladi.
Boş vazirga nisbatan işonçsizlik votumi, agar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uçdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Boş vazirni lavozimidan ozod etiş töğrisida qaror qabul qiladi. Bunda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Boş vazir bilan birga isteʼfoga çiqadi.
XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari
120-modda.
Viloyatlar, tumanlar va şaharlarda (tumanga böysunadigan şaharlardan taşqari) xalq deputatlari Kengaşlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir.
Xalq deputatlari Kengaşiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boşçilik qiladi.
Viloyat, tuman, şahar hokimi lavozimini egallab turgan şaxs bir vaqtning özida xalq deputatlari Kengaşining raisi lavozimini egallaşi mumkin emas.
Xalq deputatlari Kengaşlarining vakolatlari muddati — beş yil. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, şahar xalq deputatlari Kengaşining raisi etib saylanişi mumkin emas.
Xalq deputatlari Kengaşlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengaşlarining faoliyatini taşkil etiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
Yangidan taşkil etilgan maʼmuriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengaşlariga saylov xalq deputatlari Kengaşlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan oşmaydigan muddatga ötkaziladi.
121-modda.
Tegişli hududdagi ijro etuvçi hokimiyatga viloyat, tuman va şahar hokimi boşçilik qiladi.
Hokimlarning vakolatlari muddati — beş yil. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, şaharning hokimi etib tayinlanişi mumkin emas.
Hokimlarning faoliyatini taşkil etiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
122-modda.
Xalq deputatlari Kengaşlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) tegişli mahalliy budjetlarni körib çiqiş va qabul qiliş, ularning ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va aholini ijtimoiy himoya qiliş dasturlarini tasdiqlaş;
3) hokimni lavozimga tasdiqlaş, uning faoliyati töğrisidagi hisobotlarni eşitiş;
4) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
123-modda.
Viloyatlar, tumanlar, şaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyişlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvçi hokimlarning va tegişli xalq deputatlari Kengaşlarining qarorlarini bajariş;
2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirişni taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
3) mahalliy budjetni şakllantiriş va ijro etiş;
4) uşbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.
124-modda.
Viloyat va Toşkent şahar hokimi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Tuman va şaharlarning hokimlari viloyat, Toşkent şahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegişli xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tasdiqlanadi.
Tumanga böysunadigan şaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengaşi tomonidan tasdiqlanadi.
125-modda.
Viloyat, tuman va şahar hokimi öz vakolatlarini yakkaboşçilik asosida amalga oşiradi hamda özi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uçun şaxsan javobgar böladi.
Viloyat, tuman va şahar hokimi tegişli xalq deputatlari Kengaşiga viloyatni, tumanni, şaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, uşbu hisobotlar böyiça xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tegişli qarorlar qabul qilinadi.
126-modda.
Xalq deputatlari Kengaşi va hokim öz vakolatlari doirasida tegişli hududdagi barça taşkilotlar, şuningdek mansabdor şaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy bölgan qarorlar qabul qiladi.
127-modda.
Şaharçalar, qişloqlar va ovullarda, şuningdek şaharlar, şaharçalar, qişloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yiğinlari özini özi boşqariş organlari bölib, ular raisni saylaydi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanişning tarixiy öziga xos xususiyatlaridan, şuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib çiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravişda hal etişga haqli.
Davlat fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini amalga oşirişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oşirişida kömaklaşadi.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini taşkil etiş va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.
XXII bob. Saylov tizimi
128-modda.
Özbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylaş va saylaniş huquqiga egadirlar. Har bir saylovçi bir ovozga ega. Ovoz beriş huquqi, öz xohiş-irodasini bildiriş tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegişinça ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uçinçi ön kunligining birinçi yakşanbasida ötkaziladi, bundan uşbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov ötkaziş hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va töğridan töğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkaziladi. Özbekiston Respublikasining ön sakkiz yoşga tölgan fuqarolari saylaş huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlaşga haqli.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegişli qöşma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan söng bir oy içida ular orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, şuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar saylanişi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, şuningdek oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etganlik uçun sudning hukmiga köra ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotgan şaxslar saylovda iştirok etiş huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilişi mumkin. Boşqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini töğridan töğri yoki bilvosita çeklaşga yöl qöyilmaydi.
Özbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning özida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bölişi mumkin emas.
Saylov ötkaziş tartibi qonun bilan belgilanadi.
129-modda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, şuningdek Özbekiston Respublikasining referendumini taşkil etiş va ötkaziş uçun Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oşkoralik va adolatlilikdan iborat bölgan Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boşçilik qiladi, öz faoliyatini doimiy asosda amalga oşiradi hamda öz faoliyatida Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlarining tavsiyasi böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya aʼzolari orasidan beş yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanişi mumkin emas.
XXIII bob. Sud hokimiyati
130-modda
Özbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlaridan mustaqil holda iş yuritadi.
131-modda
Özbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzişga yöl qöyilmaydi.
132-modda
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun çiqaruvçi va ijro etuvçi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisidagi işlarni köradi.
Konstitutsiyaviy sud Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi vakilini qöşgan holda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylaniş huquqisiz ön yillik muddatga saylanadi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi öz tarkibidan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning örinbosarini beş yillik muddatga saylaydi.
133-modda
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) Özbekiston Respublikasi qonunlarining va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Özbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyişlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Özbekiston Respublikasi davlatlararo şartnomaviy va boşqa majburiyatlarining Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
2) Özbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qiliş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi qonunlari Özbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Özbekiston Respublikasi xalqaro şartnomalarining Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;
3) referendumga çiqarilayotgan masalalarning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi töğrisida xulosa beradi;
4) Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpoğiston Respublikasi qonunlarining Özbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi töğrisida xulosa beradi;
5) Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga şarh beradi;
6) Özbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan işda qöllanilişi lozim bölgan normativ-huquqiy hujjatlarning Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi töğrisida sudlar taşabbusi bilan kiritilgan murojaatini körib çiqadi;
7) konstitutsiyaviy sudlov işlarini yuritiş amaliyotini umumlaştiriş natijalari yuzasidan har yili Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Özbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati töğrisida axborot taqdim etadi;
8) Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boşqa işlarni körib çiqadi.
Fuqarolar va yuridik şaxslar, agar sud orqali himoya qilişning boşqa barça vositalaridan foydalanib bölingan bölsa, sudda körib çiqilişi tugallangan muayyan işda sud tomonidan öziga nisbatan qöllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisidagi şikoyat bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilişga haqli.
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori qatʼiy va uning ustidan şikoyat qilinişi mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
134-modda
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud işlarini yuritiş sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qatʼiy hisoblanadi va Özbekiston Respublikasining butun hududida bajarilişi majburiydir.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib boriş huquqiga ega.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning örinbosarlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan beş yillik muddatga saylanadi. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais örinbosari etib saylanişi mumkin emas.
135-modda
Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bölib, u sudyalar korpusining şakllantirilişini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilişini taʼminlaydi.
Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi raisi va uning örinbosari Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan beş yillik muddatga saylanadi. Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining raisi, rais örinbosari etib saylanişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşini taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
136-modda
Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga böysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oşirişga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi va bunday aralaşiş qonunga muvofiq javobgarlikka sabab böladi. Sudyalar muayyan işlar böyiça hisobdor bölmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila aʼzolarining xavfsizligini taʼminlaydi.
Sudyani muayyan işning muhokamasidan çetlaştirişga, uning vakolatlarini bekor qilişga yoki töxtatib turişga, boşqa lavozimga ötkazişga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga köra yöl qöyiladi. Sudning qayta taşkil etilişi yoki tugatilişi sudyani lavozimidan ozod etiş uçun asos bölib xizmat qilişi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bölişi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning aʼzosi bölişi, siyosiy harakatlarda iştirok etişi, şuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan taşqari haq tölanadigan boşqa faoliyat turlari bilan şuğullanişi mumkin emas.
137-modda
Hamma sudlarda işlar oçiq köriladi. Işlarni yopiq majlisda tinglaşga qonunda belgilangan hollardagina yöl qöyiladi.
138-modda
Sud hokimiyatining hujjatlari barça davlat organlari va boşqa taşkilotlar, mansabdor şaxslar hamda fuqarolar uçun majburiydir.
139-modda
Özbekiston Respublikasida sud işlarini yuritiş özbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi köpçilik aholi sözlaşadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boşqa tilda olib boriladi. Sud işlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnaşuvçi şaxslarning tarjimon orqali iş materiallari bilan töla tanişiş va sud işlarida iştirok etiş huquqi hamda sudda ona tilida sözlaş huquqi taʼminlanadi.
140-modda
Sudlarning faoliyatini moliyalaştiriş faqat Özbekiston Respublikasining Davlat budjetidan amalga oşiriladi hamda u odil sudlovni töliq va mustaqil amalga oşiriş imkoniyatini taʼminlaşi kerak.
XXIV bob. Advokatura
141-modda
Jismoniy va yuridik şaxslarga malakali yuridik yordam körsatiş uçun advokatura faoliyat körsatadi.
Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va özini özi boşqariş prinsiplariga asoslanadi.
Advokaturani taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
142-modda
Advokat öz kasbiy vazifalarini amalga oşirayotganda uning faoliyatiga aralaşişga yöl qöyilmaydi.
Advokatga öz himoyasidagi şaxs bilan moneliksiz va xoli uçraşiş, maslahatlar beriş uçun şart-şaroitlar taʼminlanadi.
Advokat, uning şaʼni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida böladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.
XXV bob. Prokuratura
143-modda
Özbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilişi ustidan nazoratni Özbekiston Respublikasining Boş prokurori va unga böysunuvçi prokurorlar amalga oşiradi.
144-modda
Prokuratura organlarining yagona markazlaştirilgan tizimiga Özbekiston Respublikasining Boş prokurori boşçilik qiladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasining prokurori Özbekiston Respublikasining Boş prokurori bilan kelişilgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va şahar prokurorlari Özbekiston Respublikasining Boş prokurori tomonidan tayinlanadi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va şahar prokurorlarining vakolat muddati — beş yil.
Ayni bir şaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Özbekiston Respublikasining Boş prokurori lavozimini egallaşi mumkin emas.
145-modda
Özbekiston Respublikasining prokuratura organlari öz vakolatlarini boşqa davlat organlaridan, özga taşkilotlardan, mansabdor şaxslardan mustaqil ravişda, faqat Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga böysungan holda amalga oşiradi.
Prokurorlar öz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni közlovçi boşqa jamoat birlaşmalariga aʼzolikni töxtatib turadilar.
Prokuratura organlarini taşkil etiş, ularning vakolatlari va faoliyat körsatiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
146-modda
Özbekiston Respublikasi hududida jinoyatçilikka qarşi kuraş böyiça tezkor-qidiruv, tergov va boşqa maxsus vazifalarni mustaqil ravişda bajaruvçi xususiy taşkilotlar, jamoat birlaşmalari va ularning bölinmalarini tuziş hamda ularning faoliyat körsatişi taqiqlanadi.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilişda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga jamoat taşkilotlari va fuqarolar yordam körsatişlari mumkin.
XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi
147-modda
Özbekiston Respublikasi özining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega.
148-modda
Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpoğiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir.
Özbekiston Respublikasining Davlat budjetini şakllantiriş hamda ijro etiş tartib-taomillari oçiqlik va şaffoflik prinsiplari asosida amalga oşiriladi.
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining şakllantirilişi hamda ijro etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi.
Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida iştirok etişi tartibi va şakllari qonun bilan belgilanadi.
149-modda
Özbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qiliş huquqi Özbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegişlidir.
150-modda
Özbekiston Respublikasining pul birligi sömdir.
Söm Özbekiston Respublikasining butun hududida yagona çeklanmagan qonuniy tölov vositasidir.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Özbekiston Respublikasining hududida qonuniy tölov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritişda va ularni muomaladan çiqarişda mutlaq huquqqa egadir.
151-modda
Özbekiston Respublikasining bank tizimi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini işlab çiqadi hamda amalga oşiradi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solişni amalga oşiradi, bank va tölov tizimlarining barqaror faoliyat körsatişini taʼminlaydi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki öz vazifalarini bajarişda mustaqildir.
Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini taşkil etiş tartibi qonun bilan belgilanadi.
XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik
152-modda
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari Özbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinç hayoti va xavfsizligini himoya qiliş uçun tuziladi.
Qurolli Kuçlarning tuzilişi va ularni taşkil etiş qonun bilan belgilanadi
153-modda
Özbekiston Respublikasi öz xavfsizligini taʼminlaş uçun yetarli darajada Qurolli Kuçlariga ega.
Oltinçi bölim. Konstitutsiyani özgartiriş tartibi
154-modda
Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiriş va qöşimçalar tegişinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida uçdan ikki qismidan iborat köpçiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki Özbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
Uşbu Konstitutsiya 1-moddasining va uşbu modda ikkinçi qismining qoidalari qayta körib çiqilişi mumkin emas.
Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, şuningdek Konstitutsiyaning normalarini qöllaşning öziga xos xususiyatlari nazarda tutilişi mumkin.
155-modda
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegişli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun qabul qilişi mumkin. Agar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konstitutsiyani özgartiriş töğrisidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil ötgandan keyingina qayta kiritilişi mumkin.
