Içki işlar organlarining majburiyatlari va huquqlari
Içki işlar organlarining majburiyatlari
Içki işlar organlari:
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy şaxslarning mulkini, şaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qiliş böyiça öz vakolatlari doirasida barça zarur çoralarni körişi;
jamoat joylarida, şu jumladan köçalarda, maydonlarda, istirohat boğlarida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, şuningdek ommaviy tadbirlarni ötkaziş çoğida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaşi;
jinoyatlar, boşqa huquqbuzarliklar va hodisalar töğrisidagi arizalarni, xabarlarni va boşqa axborotni, şu jumladan elektron şakldagi şunday arizalarni, xabarlarni va boşqa axborotni qabul qilişi hamda röyxatga olişi, murojaat etuvçiga qonunçilikda belgilangan tartibda keyinçalik xabar bergan holda ular böyiça öz vaqtida çoralar körişi;
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga, hodisa joyiga darhol etib kelişi, ğayriqonuniy qilmişlarga çek qöyişi, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etişi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlaştirişi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanişini taʼminlaşi;
jismoniy va yuridik şaxslarning turar joylariga hamda boşqa xonalariga mulkdorlarning va ular vakillarining xohişiga xilof tarzda yoki ular yöqligida içki işlar organlari xodimlari kirganligining barça hollari töğrisida yigirma tört soat içida prokurorni yozma şaklda xabardor qilişi;
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, şuningdek noçor ahvolda qolgan fuqarolarga birinçi tibbiy yordam yoki boşqa xil yordam körsatilişini taşkil etişi;
öz vakolatlari doirasida jinoyatlar faktlari böyiça jinoyat işlarini qözğatişi, maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni yuritişi;
jinoyatlarning oldini oliş, ularni aniqlaş, ularga çek qöyiş va ularni foş etiş, şuningdek ularni tayyorlaş va sodir etişga aloqador bölgan şaxslarni aniqlaş hamda topiş çoralarini körişi;
ayrim protsessual harakatlarni bajarişda tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organlarga, suriştiruv va tergov organlariga, sudga Özbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda yordam berişi;
jinoyat işlari böyiça, zarur bölgan hollarda esa jinoyat işi qözğatilguniga qadar, ekspertizalarni, maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar böyiça ekspertizalarni, şuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiriş maqsadida narsalar va hujjatlarni tekşirişni tayinlaşi hamda ötkazişi;
şaxsi tanib olinmagan murdalarning şaxsini aniqlaşi;
soğliğining holatiga, yoşiga köra yoki boşqa sabablarga köra özi töğrisida maʼlumotlar bera olmaydigan şaxslarni identifikatsiya qiliş çoralarini körişi;
çaqiruv böyiça kelişdan böyin tovlayotgan şaxslarni majburiy keltiriş töğrisidagi sud ajrimlarini, prokurorning, tergovçining suriştiruvçining va tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organ mansabdor şaxsining qarorlarini bajarişi;
maʼmuriy qamoq jazosini ötayotgan şaxslarni qamoqda saqlaşi;
uşlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni qamoqda saqlaş joylarida saqlaşi hamda qöriqlaşi, mahkumlarni jazoni ijro etiş muassasalariga taqsimlaşi;
jazoni ijro etiş muassasalarida hamda qamoqda saqlaş joylarida mahkumlar va qamoqqa olingan şaxslarning saqlaniş şaroitlarini va ularning huquqlarini taʼminlaşi;
ruhiy holati buzilgan şaxslarni keyinçalik majburiy yösinda davolaş uçun, uşlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni va mahkumlarni, şuningdek maʼmuriy qamoqqa olingan şaxslarni qöriqlab borişni va boşqa erga köçirişni amalga oşirişi;
uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasining ijro etilişini nazorat qilişni amalga oşirişi;
muayyan huquqdan mahrum qiliş, majburiy jamoat işlari, axloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş, ozodlikdan mahrum qiliş, umrbod ozodlikdan mahrum qiliş tarzidagi jinoiy jazolarni, şuningdek jinoiy-huquqiy taʼsir körsatişning boşqa çoralarini qonunga muvofiq ijro etişi;
jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan şaxslar ustidan maʼmuriy nazoratni sudning qarori asosida amalga oşirişi;
transport vositasini boşqarişga bölgan huquqdan mahrum qiliş, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini ularning haqini tölaş şarti bilan olib qöyiş, maʼmuriy qamoqqa oliş, çet el fuqarolarini va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Özbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda çiqarib yuboriş, voyaga etmaganlarni ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalariga joylaştiriş töğrisidagi sud qarorlarini ijro etişi;
surunkali içkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan, ozodlikdan mahrum qilişga hukm qilinganlarni majburiy tarzda davolaşni sudning hukmi, ajrimi va qarori asosida amalga oşirişi;
jazoni ijro etiş muassasalarining, vaqtinça saqlaş hibsxonalarining, tergov hibsxonalarining, maʼmuriy qamoqqa olingan şaxslarni saqlaş uçun möljallangan maxsus qabulxonalarning, içki işlar organlari voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazlarining, aniq yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazlarining va içki işlar organlari kinologiya bölinmalarining faoliyatini taʼminlaşi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşirişi, ularning sabablarini va sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlarni aniqlaşi hamda ularni bartaraf etiş çoralarini körişi;
qonunda nazarda tutilgan şaxslarning profilaktik hisobini yuritişi;
profilaktika tadbirlarini rejalaştiriş va ötkaziş maqsadida jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan şaxslarning, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, qidiruv eʼlon qilinganlarning, bedarak yöqolganlarning, fuqaroviy va xizmat quroliga ega bölganlarning hisobini yuritişi, uşbu maʼlumotlarning tahlilini amalga oşirişi hamda profilaktika tadbirlarini ötkazişi;
huquqbuzarliklar sodir etişga moyil bölgan şaxslarni aniqlaşi va ular bilan yakka tartibda profilaktika işlarini olib borişi;
voyaga etmaganlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oşirişi;
huquqbuzarliklar yoki ğayriijtimoiy harakatlar sodir etgan voyaga etmaganlarni, şuningdek nazoratsiz va qarovsiz qolganlarni içki işlar organlarining voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş markazlariga, yaşaş, tarbiyalaniş va taʼlim oliş uçun alohida şaroitlarga muhtoj bölgan voyaga etmaganlar uçun möljallangan ixtisoslaştirilgan öquv-tarbiya muassasalariga yoxud hududiy içki işlar organining xizmat binosiga olib borişi;
ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslaştiriş çoralarini körişi;
tanosil kasalliklariga, odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV infektsiyasiga), ruhiy holati buzilişi xastaligiga, surunkali içkilikbozlikka, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka çalingan, şuningdek psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir qiluvçi boşqa moddalarni isteʼmol qiladigan, çaqiruv böyiça etib kelişdan böyin tovlagan şaxslarni olib kelişda soğliqni saqlaş muassasalariga qonunçilikda belgilangan hollarda va tartibda kömaklaşişi;
avariyalar, falokatlar, yonğinlar, tabiiy ofatlar va boşqa favqulodda vaziyatlarda aholini xabardor qiliş, odamlarni qutqariş, ularga birinçi tibbiy yordam körsatiş, hududning zarur uçastkalarini örab oliş (tösiş) yuzasidan keçiktirib bölmaydigan çoralar körişi, şuningdek qarovsiz qolgan mol-mulkni qöriqlaşga doir vazifalarni bajarişi;
Özbekiston Respublikasi hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilgan hollarda uning huquqiy rejimini taʼminlaşda iştirok etişi;
transport vositalarining, yöl harakati qoidalari buzilişlarining hamda yöl-transport hodisalarining hisobini yuritişi va ularni röyxatga olişi, yöl-transport hodisalari töğrisidagi hujjatlarni rasmiylaştirişi;
şaxsni mastlik holatida deb hisoblaşga asoslar mavjud bölgan taqdirda uning transport vositasini boşqarişdan çetlatilişini hamda mastlik holatini aniqlaş uçun uni belgilangan tartibda tekşiruvdan ötkazilişini taʼminlaşi;
texnik holati xavfsizlik böyiça belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanişni taqiqlaşi, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş böyiça talablar bajarilmayotgan bölsa, köçalar va yöllarda taʼmirlaş-quriliş işlari hamda boşqa işlar ötkazilişini çeklaşi yoki taqiqlaşi;
yöl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga mos kelmaydigan yöllardan hamda temir yöldan ötiş joylaridan foydalanişni taqiqlaşi;
Özbekiston Respublikasida turgan çet el fuqarolarining va fuqaroligi bölmagan şaxslarning markazlaştirilgan hisobini hamda yagona maʼlumotlar bazasini yuritişi;
Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qiliş va Özbekiston Respublikasi fuqaroligidan çiqişga doir materiallarni tayyorlaşda iştirok etişi;
xavf tahdid solgan taqdirda, sudyalarning, prokurorlarning, tergovçilarning, suriştiruvçilarning, jabrlanuvçilarning, guvohlarning hamda jinoyat protsessi boşqa iştirokçilarining, şuningdek ular oila aʼzolarining hayoti, soğliği va mol-mulki himoya qilinişini taʼminlaş çoralarini körişi;
uşlab turilgan yoki qamoqqa olingan şaxslardan olib qöyilgan, şuningdek topilgan va içki işlar organlariga topşirilgan hujjatlar, qimmatbaho buyumlar, aşyolar va boşqa mol-mulkning saqlanişini taʼminlaşi, ularni qonuniy egalariga qaytariş yoki tegişli davlat organlari yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organlari ixtiyoriga topşiriş çoralarini körişi;
öta muhim va toifalangan obʼektlarni, şuningdek içki işlar organlari tomonidan qöriqlanişi kerak bölgan özga obʼektlarni qöriqlaşni amalga oşirişi;
egasiz mol-mulk va xazinalar tegişinça davlat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, fuqarolar yoki yuridik şaxslar ixtiyoriga topşirilguniga qadar ularning saqlanişini taʼminlaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çoralar körişi;
öta xavfli va maxsus yuklarni qöriqlaş hamda kuzatib boriş tadbirlarini amalga oşirişi;
Özbekiston Respublikasi fuqarolariga identifikatsiyalovçi ID-kartalarni yoki xorijga çiqiş uçun biometrik pasportlarni, çet el fuqarolariga va fuqaroligi bölmagan şaxslarga identifikatsiyalovçi ID-kartalarni, fuqaroligi bölmagan şaxslarga harakatlaniş hujjatlarini, şuningdek çegara zonasiga kiriş uçun ruxsatnomalar berişni hamda ularni almaştirişni, Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, çet el fuqarolarini va fuqaroligi bölmagan şaxslarni doimiy yaşaş hamda vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga olişni amalga oşirişi, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar vizalarining amal qiliş muddatini uzaytiriş masalalarini körib çiqişi;
fuqarolar va mansabdor şaxslardan qalbakilik belgilari bölgan hujjatlarni, şuningdek tegişli asoslarsiz ularda bölgan, muomalada bölişi taqiqlangan yoki çeklangan narsalarni bayonnoma tuzgan hamda uning köçirma nusxasini mazkur fuqarolarga va mansabdor şaxslarga bergan holda olib qöyişi;
topib olingan va ixtiyoriy ravişda topşirilgan sanoat uçun möljallangan portlovçi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlarining tegişli ixtisoslaştirilgan taşkilotlar tomonidan qabul qilinişi hamda saqlanişi, şuningdek ularning realizatsiya qilinişi yoki yöq qilib taşlanişini taʼminlaş çoralarini körişi;
xizmatga doir axborotning, şuningdek xizmat majburiyatlarini bajarişi çoğida öziga maʼlum bölib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qöriqlanadigan boşqa sirni taşkil etuvçi maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanişini taʼminlaşi;
karantin, sanitariya-epidemiologiya va tabiatni muhofaza qiliş tadbirlarini ötkazişda iştirok etişi, brakonerlikka qarşi kuraşişda tabiatni muhofaza qiluvçi organlarga kömaklaşişi;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlaş hamda jamoat xavfsizligini taʼminlaş sohasida, şuningdek boşqa sohalarda ilmiy-tadqiqot va taşkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oşirişi, öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarişda fan va texnologiyalar yutuqlarini rivojlantirişi hamda ulardan foydalanişi, yangi usullarni, texnik va boşqa vositalarni joriy etişi;
maʼlumot-axborot fondlarini şakllantirişi, kriminalistik hisob-axborot tizimini yaratişi, tezkor-qidiruv va kadrlarga oid hisoblarni, davlat statistika hisobotini va boşqa statistika hisobotini yuritişi şart.
Içki işlar organlarining zimmasida qonunçilikka muvofiq boşqa majburiyatlar ham bölişi mumkin.
Içki işlar organlarining huquqlari
Içki işlar organlari öz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
fuqarolardan qonunçilikka rioya etişni, ğayriqonuniy xatti-harakatlarni tugatişni talab qiliş, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov çoralarini qöllaş;
öz xizmat majburiyatlarini amalga oşiriş çoğida fuqarolarning şaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekşiriş, agar ularda qurol, öq-dorilar, portlovçi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatiş qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar yoxud muomalada bölişi taqiqlangan yoki çeklangan boşqa narsalar bor deb hisoblaşga asoslar mavjud bölganda esa, fuqarolarni şaxsiy körikdan ötkazişni, ularning aşyolarini, qöl yukini, bagajini körikdan ötkazişni amalga oşiriş hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yuriş hamda saqlaş uçun qonuniy asoslar mavjud bölmagan taqdirda ularni olib qöyiş;
agar tergovga qadar va tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv va qidiruv tadbirlarini ötkaziş, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa holatlarini hujjatlaştiriş yoki jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qoliş uçun zarur bölsa, fuqarolardan jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etişni talab qiliş;
sodir etilayotgan jinoyatlarga çek qöyiş, şuningdek ularni sodir etayotgan şaxslarni taʼqib qiliş hamda uşlaş uçun, agar buning keçiktirilişi fuqarolarning hayoti va soğliğini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qöyişi mumkin bölsa, taşkilotlar va fuqarolarning hududiga, turar joylariga va boşqa binolariga, er uçastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida tösqinliksiz kiriş (oşib tuşiş);
fuqarolarning şaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatlarning oldini oliş, ularni sodir etgan yoki qidiruvda bölgan şaxslarni aniqlaş hamda uşlaş maqsadida fuqarolarga tegişli bölgan turar joylarda va boşqa binolarda, ularga qaraşli er uçastkalarida fuqarolarning roziligi bilan, taşkilotlar joylaşgan hududda va binolarda ularning maʼmuriyati ruxsati bilan yoki mulkdorning roziligi bilan böliş;
jinoyat işlarini tergov qiliş va maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş, jinoyatlar, boşqa huquqbuzarliklar va hodisalar haqidagi arizalar hamda xabarlarni körib çiqiş doirasida davlat organlariga va boşqa taşkilotlarga kiriş, zarur hujjatlar va materiallar bilan tanişiş, şuningdek davlat organlaridan, boşqa taşkilotlardan hamda fuqarolardan maʼlumotlarni va boşqa zarur hujjatlar hamda materiallarni söraş va oliş;
terrorçilikka qarşi operatsiya ötkazilayotgan zonada jismoniy şaxslarni şaxsiy körikdan ötkazişni, ulardagi aşyolarni, transport vositalarini hamda olib ötilayotgan yuklarni körikdan ötkazişni, şu jumladan nazorat qilişning texnik va boşqa vositalarini qöllagan holda körikdan ötkazişni amalga oşiriş;
içki işlar organlari yurituvidagi işlar va materiallar böyiça fuqarolarni, mansabdor şaxslarni içki işlar organlariga çaqirtiriş, ulardan zarur tuşuntirişlar, maʼlumotlar, hujjatlar, maʼlumotnomalarni va ularning köçirma nusxalarini oliş;
fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etiş, jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini taʼminlaşda içki işlar organlariga yordam bergan hamda alohida xizmat körsatgan fuqarolarni taqdirlaş;
taşkilotlar va fuqarolardan içki işlar organlarining faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur bölgan axborotni bepul oliş, bundan qonunçilikda boşqaça tartib belgilangan hollar mustasno;
huquqbuzarliklarni, şuningdek ularning sabablarini va sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlarni bartaraf etiş töğrisida davlat organlariga, boşqa taşkilotlarga yoki mansabdor şaxslarga bajarilişi şart bölgan taqdimnomalar kiritiş;
jinoyatlarning va boşqa huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda ularni foş etiş maqsadida zarur maʼlumotlar bazalariga ega bölgan axborot tizimlarini texnik va maxsus vositalardan foydalangan holda yaratiş;
jinoyatlarni sodir etişda gumon qilinayotgan şaxslarni, şuningdek öziga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlangan şaxslarni qonunçilikda belgilangan tartibda uşlaş, içki işlar organlariga olib boriş va qamoqda saqlaş;
jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan harbiy xizmatçilarni ular harbiy patrulga, harbiy komendantga, harbiy qismlar komandirlariga topşirilguniga qadar uşlab turiş;
maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan şaxslarni qonunçilikda belgilangan tartibda uşlaş va içki işlar organlariga olib boriş;
qamoqda saqlanayotgan, maʼmuriy qamoqqa olingan şaxslarni, şaxsini aniqlaş imkoni bölmagan taqdirda boşqa uşlab turilgan şaxslarni, şuningdek qonunga muvofiq özga şaxslarni röyxatga olişni, fotosuratga olişni, ularning ovozini yozib olişni, ularni kino- va videotasvirga tuşirişni, barmoq izlarini olişni amalga oşiriş;
jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod etilgan, şuningdek ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolarga hukm qilingan yoxud şartli hukm qilingan şaxslarni nazorat qiliş böyiça çoralar köriş;
öziga nisbatan tayinlangan tibbiy va tarbiyaviy yösindagi majburlov çoralarini ötaşdan böyin tovlayotgan şaxslarni uşlaş va maxsus muassasalarga olib boriş;
aniq yaşaş joyiga ega bölmagan şaxslarni reabilitatsiya markazlariga olib boriş, şuningdek ularni şaxsi aniqlanguniga qadar sudlarning ajrimlari asosida öttiz sutkadan köp bölmagan muddatga saqlab turiş;
davlat organlari tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan jinoyatlar holatlarini, ularni sodir etgan şaxslarni aniqlaş, tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organlardan, suriştiruv, tergov organlaridan, suddan yaşirinib yurgan, jinoiy jazoni va maʼmuriy jazoni ötaşdan böyin tovlayotgan şaxslarni, şuningdek bedarak yöqolgan şaxslarni qidiriş uçun bepul foydalaniş;
yöl harakati xavfsizligi töğrisidagi qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
avtomototransport vositalarini boşqariş huquqi uçun imtihonlar qabul qiliş hamda guvohnomalar beriş, haydovçilarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş böyiça faoliyatni amalga oşirayotgan taʼlim muassasalari ustidan nazorat olib boriş;
avtomototransport vositalarining hamda ularning tirkamalarining majburiy davlat texnik körigini va röyxatdan ötkazilişini taşkil etiş hamda ötkaziş, yöl harakatini tartibga soliş;
yöl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini işlab çiqiş;
avtomototransport vositalaridan foydalanişda atmosfera havosi ifloslanişi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oşiriş;
zarur bölgan hollarda, transport vositalarini töxtatiş hamda uni boşqariş va undan foydalaniş huquqini beruvçi hujjatlarni, transport vositasiga, şuningdek taşilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekşiriş, haydovçi yoki yukni kuzatib borayotgan şaxs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni taşqi közdan keçiriş;
qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda transport vositalarini va şaxslarni uşlaşni, körikdan ötkazişni amalga oşiriş, şaxslarni transport vositasini boşqarişdan çetlaştiriş, transport vositasini boşqariş huquqini beruvçi hujjatlarni olib qöyiş, şuningdek transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qöyiş uçun olib boriş;
maxsus avtomobillarni, çet el delegatsiyalarini, avtomobil kolonnalarini, qimmatbaho, yirik gabaritli va xavfli yuklarni kuzatib borişni amalga oşiriş;
yöllar va temir yöllarni kesib ötiş joylarining saqlanişi, ularning yöl harakatini tartibga soliş vositalari bilan jihozlanişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
belgilangan pasport tizimi qoidalariga Özbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor şaxslar tomonidan rioya etilişi, şuningdek Özbekiston Respublikasida böliş va Özbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda ötiş qoidalariga çet el fuqarolari hamda fuqaroligi bölmagan şaxslar tomonidan rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
pasport rejimi qoidalariga, şuningdek bajarilişi ustidan nazorat qiliş içki işlar organlari zimmasiga yuklatilgan boşqa qoidalarga rioya etilişini nazorat qiliş amalga oşirilayotganda fuqarolarning turar joylariga va boşqa binolariga ularning roziligi bilan soat 6-00 dan soat 22-00 gaça kiriş;
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxslarni ularning organizmida alkogol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir körsatuvçi boşqa moddalar mavjudligini aniqlaş uçun tekşirişni amalga oşiriş;
jamoat joylarida alkogolli içimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsirida mastlik holatida bölgan va mustaqil ravişda harakatlaniş yoki adaşmay yöl topiş qobiliyatini yöqotgan fuqarolarni Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining reabilitatsiya va tibbiy yordam körsatiş punktlariga olib boriş;
fuqaroviy va xizmat quroli, uning öq-dorilari, sanoat uçun möljallangan portlovçi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar, alyuminiy kukunlari va qurumlari muomalada böladigan sohada faoliyatni amalga oşirayotgan obʼektlarning maʼmuriy, işlab çiqariş, omborxona va yordamçi binolariga mazkur sohada qonunçilikka rioya etilişini nazorat qiliş yuzasidan içki işlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajariş uçun xizmat guvohnomasini hamda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomani körsatgan holda tösqinliksiz kiriş;
litsenziya va ruxsat etiş talablari hamda şartlari buzilganligi fuqaroviy va xizmat qurolining, uning öq-dorilari, sanoat uçun möljallangan portlovçi materiallarning, pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, ularning analoglarining, psixotrop moddalar va prekursorlarning, alyuminiy kukunlari va qurumlarining yöqolişi yoki talon-toroj qilinişi xavfini yuzaga keltirgan hollarda, ularni olib qöyişni amalga oşiriş, sanoat uçun möljallangan portlovçi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni, alyuminiy kukunlari hamda qurumlarini tegişli ixtisoslaştirilgan taşkilotlarga, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning öq-dorilarini esa içki işlar organlariga zudlik bilan olib borişni hamda saqlaş uçun joylaştirişni talab qiliş;
taşkilotlarda hamda fuqarolarda litsenziyalarsiz va ruxsatnomalarsiz turgan fuqaroviy va xizmat qurolini, uning öq-dorilarini, portlovçi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalar va prekursorlarni, alyuminiy kukunlari va qurumlarini belgilangan tartibda olib qöyişni, taşişni hamda saqlaş uçun joylaştirişni amalga oşiriş, ularni yöq qiliş çoralarini köriş;
tegişli taşkilotlarda obʼektning içki rejimga va ruxsatnoma bilan kiriş rejimiga rioya etilişiga doir işlarni nazorat qiliş hamda muvofiqlaştiriş, bundan davlat organlari va boşqa taşkilotlarning Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan obʼektlari mustasno;
litsenziyalaşni va ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatlarni berişni amalga oşiriş, qonunçilikka muvofiq litsenziya talablari hamda şartlariga rioya etilişiga doir tekşiruvlar ötkaziş;
Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği va Davlat gerbi töğrisidagi qonunçilikning davlat organlari hamda boşqa taşkilotlar tomonidan ijro etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş, qonunçilikni içki işlar organlarining vakolatlariga kiradigan masalalar böyiça takomillaştirişga doir takliflarni işlab çiqiş;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişga doir işlarda iştirok etiş.
Içki işlar organlari qonunçilikka muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
Özbekiston Respublikasining Qonuni, 16.09.2016-yildagi ÖRQ-407-son
