IIV Birlaşgan tahririyati
Özbekiston Respublikasi IIVning «Postda» va «Na postu» gazetalari 1930-yil 12-maydan çiqa boşladi. Gazetalar dastlab faqat içki işlar organlari xodimlariga möljallangan bölib, unda respublika içki işlar organlari faoliyatiga oid materiallar berib borilgan. Öşa davrda bir oyda uç marta, 150 nusxada çop etilgan bölsa, 50-yillarga kelib, gazetalar tiraji 6 mingga etdi. Tahririyat xodimlarining saʼy-harakati bilan 1960-yildan eʼtiboran haftasiga ikki marta 10 ming nusxada çiqa boşladi.
1965-yil 1-avgustdan boşlab naşrlarning keng jamoatçilikka möljallangan yakşanba sonlarini çop etiş yölga qöyildi. Gazetalar tez ommalaşdi, muştariylarning talab-ehtiyojlaridan kelib çiqib, 1970-yildan gazetalar haftada uç marta bosila boşlandi.
XX asrning 90-yillar boşida Içki işlar vazirligi rahbariyati taşabbusi bilan 1990-yilda «Postda» va «Na postu» gazetalarini qayta tiklaşga qaror qilindi. 1991-yil 1-yanvarda ikki tilda alohida çop etilgan naşrlarning ilk soni içki işlar organlari xodimlari va keng jamoatçilikka etib bordi.
Dastlab tört sahifadan iborat bölgan gazetalarni haftada uç marta çiqariş yölga qöyildi. Tahririyat moddiy bazasi mustahkamlangaç, sahifalar soni sakkiztaga etkazildi, keyinçalik esa 16 sahifada çop etila boşlandi. Naşrlarni qayta tiklaşda Zokir Ataev, Ğayrat Boltaboev, Konstantin Timoxin, Siddiqxöja Sulaymonxöjaev, Habibulla Şodiev kabi insonlarning ham xizmati katta böldi.
1998-yilning mart oyida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining tegişli buyruği bilan «Postda» va «Na postu» gazetalari tahririyati bazasida IIV Birlaşgan tahririyati taşkil etildi. Öşa yil sentyabrʼ oyida «Qalqon» va «Щit» jurnallarini çop etiş yölga qöyildi.
Gazeta va jurnallarda berilayotgan materiallarning saviyasi yaxşilandi, mundarijasi kengaytirildi, maqolalarning har bir naşr uçun alohida-alohida, aynan bir-birini takrorlamaydigan qilib tayyorlaşga eʼtibor kuçaytirildi, dizayni zamon talabiga javob beradigan darajaga keltirildi. «Postda» va «Na postu» gazetalarida «Sulola», «Dinastiya», «Ibrat», «Soha fidoyilari», «Qonun – huquq kafolati» kabi sahifalar ham taşkil etildi.
«Qalqon» va «Щit» jurnallarida içki işlar organlari xodimlarining maşaqqatli xizmatini tahliliy yoritişga, xorij politsiya tizimlari faoliyatiga bağişlangan materiallarga, sud oçerklariga, badiiy iqtidorga ega içki işlar xodimlari asarlarini çop etib borişga asosiy eʼtibor qaratildi.
2009-yilga kelib «Postda» va «Na postu» gazetalarining umumiy adadi 62 mingdan oşgan bölsa, «Qalqon» va «Щit» jurnallarining umumiy tiraji qariyb 15 mingtaga etdi.
Naşrlarda öquvçilarga manzur böladigan yangi ruknlar, qiziqarli detektiv qissalar, maroqli maqolalar çop etilişi muştariylar sonining oşişiga olib keldi.
2020-yilda 12-may kuni IIV naşrlari bölgan – «Postda» va «Na postu» gazetalari özining 90 yilligini nişonladi. Tahririyat xodimlari uşbu sanani munosib yutuqlar bilan kutib oliş uçun ijodiy izlanişlar olib bormoqdalar.
