Vazirlik tarixi
KIRIŞ QISMI
Tarixiy manbalar qadimda vatanimiz hududida vujudga kelgan davlatlarda harbiy jangçilardan taşqari “soqçi”, “qorovul”, “çokar”, “şixna”, “yasovul”, “kökaldoş”, “muhtasib”, “posbonboşi”, “sarboz”, “mirşabboşi” va “mirşab”lar hukmdor qarorgohi, qalʼalar va boşqa inşootlarni qöriqlaş, qişloq va şaharlardagi osoyiştalik va jamoat tartibini saqlaş, aholi xavfsizligini taʼminlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, aybdorlarni aniqlaş, topiş va jazolaş kabi vazifalarini bajarganligi, şu kabi tuzilmalar negizida bugungi içki işlar organlari şakllanganligi, bu esa öz navbatida, içki işlar organlari özbek davlatçiligi tarixi bilan çambarças boğlangan tarixiy ildizlariga ega ekanligidan dalolat beradi.
Tarixga nazar taşlasak, turli davrlardagi siyosiy şaroit taqozosiga köra, bu tuzilmalarning nomi, vazifalari va iş uslublari özgarib borganligini körişimiz mumkin. Masalan, XIX asr oxirida Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylangan Turkistonda joriy etilgan politsiya-mirşablik tizimi asosan mustamlakaçi imperiya manfaatlariga xizmat qilib, aholining tinçligini taʼminlaş, jamoat xavfsizligi hamda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bilan birga, mahalliy aholining harakatini nazorat qiliş, xalq ozodlik harakatlari vujudga kelişining oldini oliş va unga qarşi kuraşişda harbiy bölinmalarga kömaklaşiş vazifalarini bajariş faoliyati bilan şuğullangan.
Xuddi şunday sobiq Sovet Ittifoqi davrida ham içki işlar organlari (dastlab “işçi-dehqon militsiyasi” deb yuritilgan)ning faoliyati jamoat xavfsizligi hamda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bilan bir qatorda, hududda sovet tuzumini örnatiş va uning ğoyalarini yanada mustahkamlaşga qartilgan. Markazdan kelgan bu boradagi topşiriqlarni öz vaqtida va bekamu-köst bajarişga intilgan.
Aynan istiqlol şarofati bilan içki işlar organlari xalqimizning himoyaçisi va kömakçisiga, mamlakatimizdagi tinçlik va osoyiştalikni, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini himoya qilişning işonçli garoviga aylandi. Ayniqsa, sönggi yillarda amalga oşirilgan islohotlar uşbu tizimni tubdan takomillaştiriş, içki işlar organlarini aholiga öz vaqtida va sifatli yordam körsatadigan, har bir xodimi tomonidan «Xalq manfaatlariga xizmat qiliş»ni öz xizmat burçi deb biladigan ijtimoiy yönaltirilgan professional tuzilmaga aylantirişga imkon bermoqda.
Şuning bilan birga har qanday murakkab davrlar, qaltis vaziyatlarda ham içki işlar organlarida öz jonini ayamasdan, mamlakatda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişga munosib hissa qöşgan fidoyi xodimlar köpçilikni taşkil etgan.
Ularning bu boradagi maşaqqatli mehnatlari, körsatgan jasorat va qahramonliklari içki işlar organlari tarixining ajralmas qismi sifatida bugungi va kelgusi avlod uçun ibrat maktabi bölib qoladi.
I. Örta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlarda xavfsizlik va içki tartibni saqlovçi tuzilmalarning şakllanişi
- Örta Osiyodagi qadimgi davlatlarda xavfsizlik va içki tartib (mil.avv. VII – mil. VIII asrlar)
- Örta Osiyo davlatlarida örta asrlarda tartib-osoyiştalikni saqlaş (IX-XV asrlar)
- Özbek xonliklarida jamoat tartibi va mirşablar faoliyati (XVI-IX asr örtalari)
- Çor Rossiyasi mustamlakaçiligi davrida harbiy-politsiya tartiboti (XIX asr oxiri – XX asr boşlari)
Örta Osiyodagi qadimgi davlatlarda xavfsizlik va içki tartib (mil.avv. VII – mil. VIII asrlar)
Vatanimiz hududida ilk davlat birlaşmalari vujudga kelişi bilan ularning çegaralarini taşqi duşmandan himoyalaş, aholining tinçligini taʼminlaş, kişilar örtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda tartib örnatiş, şahar-qalʼalarni qöriqlaş zaruriyati ham tuğilgan, bu esa öz navbatida, muayyan aniq vazifalarga ega bölgan tartib örnatuvçi tuzilmalarning vujudga kelişiga turtki bölgan.
Jumladan, miloddan avvalgi I mingyillikda Örta Osiyoda keng tarqalgan zarduştiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da davlatçilik, siyosiy-huquqiy ğoyalar, odamlar örtasidagi mulkiy, nikoh va oila munosabatlarini tartibga soluvçi ijtimoiy normalar, jinoyat va jazo, sud va sud amaliyoti masalalari töğrisidagi maʼlumotlar keltirilgan.
Maʼlumot uçun: mil.avv. II ming yillik örtalarida Örta Osiyo hududida keng tarqalgan Zarduştiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” 21 kitobdan iborat bölgan. Abu Rayhon Beruniyning “Ötmiş xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida taʼkidlanişiça, eron şohi Doro davrida 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Vatanimizda “Avesto”ning 2700-yilligi nişonlanişi munosabati bilan u ilk bor özbek tiliga tarjima qilinib, 2001-yilda naşr etildi.
“Avesto”da jinoyat uçun jazoning maʼlum tizimi belgilangan: ölim jazosi, qamoq, jismoniy jazo (kaltaklaş), gunohni yuviş (etkazilgan zararni qoplaş), badarğa qiliş, qondoşlik öçi. Takroriy jinoyatlar haqida ham töxtalib, ular uçun yanada oğirroq jazo belgilanadi. Şuningdek, sud masalalariga eʼtibor berilib, odil sudlov uçun maxsus möljallangan şaxslar haqida maʼlumot beriladi.
Jinoyat turlari quyidagiça tizimlaştirilgan:
- dinga qarşi jinoyatlar (bidʼat, boşqa din vakili bilan nikohga kiriş, ruhoniyning vazifasini ğayriqonuniy bajariş, dahriylik (ateizm);
- axloqqa qarşi jinoyatlar (qasddan yoki jazava holatida hujum qiliş, tahdid qiliş, şifokorning ziyon etkazuvçi harakati, homilani nobud qiliş, regul va homiladorlik paytida ayolning soğligiga zarar etkaziş);
- şaxsga qarşi jinoyatlar (qasddan odam öldiriş, badanga oğir va engil tan jarohatlarini etkaziş);
- mulkiy jinoyatlar (öğirlik, talon-toroj, xasislik, bosqinçilik, firibgarlik, olingan qarzni qaytarmaslik);
- hayvonlarga qarşi jinoyatlar (hayvonlarni örinsiz nobud qiliş, uy hayvonlarini taxqirlaş);
- tabiat kuçlariga qarşi jinoyatlar (er, suv, havo, olov va ösimlik dunyosiga zarar etkaziş).
Ilk örta asrlarda mamlakatimiz hududida vujudga kelgan Söğd, Toxariston, eftallar va Turk xoqonligi kabi davlat uyuşmalarida iqtisodiy taraqqiyot va siyosiy barqarorlikni taʼminlaş ayni vaqtda içki tartib-osoyiştalikni saqlaş, savdo-sotiq, er-mulkçilik sohalaridagi tartibbuzarliklarga qarşi kuraşiş ham muhim ahamiyatga ega edi. Bunday şaroitda yaxşi qurol-yaroqqa ega bölgan mard va jasur yollanma yigitlardan iborat doimiy harbiy kuçlarga ehtiyoj ortib bordi. Bu davrda Söğdda “çokarlar” deb atalgan içki tartibni saqlaş, jinoyatlarga qarşi kuraşiş bilan şuğullanuvçi harbiylaştirilgan qismlar yuzaga keldi.
Xususan, Söğd va unga tutaş hududlarda karvon yöllari, savdogarlarning xavfsizligi, karvonlarning betalafot manzillariga etib borişi köp jihatdan sadoqatli va dovyurak çokarlar faoliyatiga boğliq bölgan. Bu davrda, ayniqsa, ölkani Şarq va Ğarb bilan boğlab turgan Buyuk ipak yöli böylab savdo karvonlari qatnovidan mamlakat xazinasiga katta daromad tuşganligi sabab, savdo karvonlari xavfsizligiga katta eʼtibor qaratilgan. Maxsus qöriqçi qismlar karvonlarni bir manzildan keyingi manzilga qadar kuzatib, qaroqçilar hujumidan himoyalab borganlar. Çokarlar uruşlar va harbiy töqnaşuvlarda harbiy kuç sifatida xizmat qilib, harbiylar tomonidan tartib saqlanişi va jinoyat sodir etilmasligini nazorat qilganlar.
VI asrda vujudga kelgan Turk xoqonligi özbek davlatçiligining muhim bosqiçi bölib, bu davrda çokarlarning qurol-yaroğlari yanada takomillaşgan, harbiy mahorati ösgan, taktik usullar esa çokarlar harakatini yanada mustahkamlagan. Xoqonlikda barça erkaklar harbiy xizmatni ötaşga majbur bölib, xoqonning şaxsiy qöriqçilari xitoy yilnomalarida “fuli”, yaʼni “böri” deb atalgan. Köplab qabila va elatlarni boşqarib turiş, ulardan soliq va ölponlarni yiğib oliş maqsadida xoqonlikda maxsus maʼmuriy va harbiy-siyosiy boşqaruv tizimi tatbiq etilgan edi.
VIII asrda Örta Osiyo hududi Arab xalifaligi tomonidan istilo qilinadi. Natijada mintaqada islom dini, şariat qonun-qoidalari, arab yozuvi bilan birga, xalifalikdagi mavjud davlat boşqaruv tizimi va lavozimlari (masalan, amir, rais, sadr, qozi, muftiy va boşqalar) ham joriy etilgan.
Bu davrda islom taʼlimoti, şariat va islom huquqşunosligi (fiqh ilmi) rivojida movarounnahrlik muhaddis (hadisşunos) va fiqh ulamolarining xizmati katta bölgan. Ayniqsa Imom al-Buxoriy (Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870), uning zamondoşi va şogirdi Termiziy (Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-894), Mahmud az-Zamaxşariy (1075-1144), Abu Mansur al Moturidiy (870-944) va Burhonuddin al-Marğinoniy (1123-1197)larning hissasi nihoyatda kattadir.
Imom al-Buxoriyning 7 275 ta sahih – işonçli hadislarni öz içiga olgan “Al-Jomiʼ as-sahih” nomli şoh asari musulmon Şarqida qariyb ön ikki asr davomida islom taʼlimotida Qurʼoni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori baholanib, asosiy darslik, qöllanma sifatida örganib kelinmoqda. Ulamolar şariat qoidalari, jamiyatdagi munosabatlar, nikoh-oila va mol-mulk masalalarini hal etişda öz davrining “huquqiy kodeslari” vazifasini ötagan uşbu asarga tayanib iş tutganlar.
Maşhur faqih (huquqşunos) Burhonuddin al-Marğinoniyning eng nodir – tört jildlik “Hidoya” asarida öşa zamonlarda musulmonlar duç keladigan barça dolzarb hayotiy masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, mulkçilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, meros, garov va kafillik kabi insonlarning burç va masʼuliyatlariga taalluqli juda köp muammolar islom huquqi nuqtai nazaridan hal etib berilgan.
Şu bois ham mamlakatimiz hududida ötgan asrning 30-yillarida sovet sudlari paydo bölguniga qadar “Hidoya” asari qozilarning sud işlarini körib çiqişida asosiy qöllanma vazifasini ötagan. Asar bugungi kunda ham musulmon olamida islom huquqşunosligi böyiça eng aniq, izçil va mukammal manba sifatida huquqşunoslar uçun ham nazariy, ham amaliy qöllanma vazifasini ötab kelmoqda.
Örta Osiyo davlatlarida örta asrlarda tartib-osoyiştalikni saqlaş (IX-XV asrlar)
IX asr oxiriga kelib Örta Osiyoda Arab xalifaligi hukmronligi inqirozga uçrab, bir qança mustaqil davlatlar taşkil topdi. Movarounnahrda Somoniylar sulolasi hukmronligi örnatildi. Somoniylar (865-999) öz tasarrufidagi ulkan mamlakatni boşqarişda dastavval ixçam davlat maʼmuriyatini taşkil etdilar.
Narşaxiyning maʼlumoti böyiça, Somoniylar davlati, asosan, önta devon boşqaruvida idora etilgan. Davlat va hukmdor saroyi hayotida saroy soqçilari katta rolʼ öynagan. Soqçilar tarkibida mahalliy aholi vakillari bölgan yoş harbiylar qatorida asir qilib olingan turkiy ğulomlar ham bor edi. Ular quyidagiça tabaqalangan:
- Hojibi buzurg (Boş hojib) – Somoniylar, Ğaznaviylar, Xorazmşohlar davlatida eng oliy mansabli amaldorlardan biri bölib, dargoh va devonlar örtasidagi aloqalarni muvofiqlaştirib turgan, şuningdek, saroy xavfsizligiga masʼul bölgan;
- Hojib – saroy laşkarboşisi bölgan, unga saroy va hukumat muassasalarini qöriqlaş böyiça xizmat qiluvçi va harbiy harakatlar davrida öta masʼuliyatli vazifalarni bajaruvçi soqçi – ğulomlarning katta otryadi böysungan.
- Sohibi xaros – Somoniylar davlatida saroy soqçilari boşliği vazifasini ötagan;
- Boş qozi – şariat qonun-qoidalariga asoslangan holda sud işlarini körib çiquvçi amaldorlar – qozilar faoliyatini nazorat qilgan;
- Amiri xaras – oliy hukmdor çiqargan jazo hukmlarining ijrosiga masʼul bölgan;
- Salohdor – saroydagi qurol-aslaxa taʼminoti va ularning saqlanişi uçun masʼul bölgan;
- Şixna – boş mirşab vazifasini bajargan, uning ixtiyorida jamoat tartibini saqlaşga va jinoyatlarga qarşi kuraşişga ixtisoslaşgan alohida harbiylaştirilgan qismlar bölgan;
- Mirşab (tungi soqçilar, mir – “amir”, yaʼni, harbiy amaldor, “şab” – tun sözlaridan olingan) – davlat içida örnatilgan tartib-qoida, aholi osoyiştaligini saqlaş, jamoat tartibini taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişga ixtisoslaşgan askar bölgan. Şuningdek, mirşablar soliq tuşumlarini yiğiş, harbiy xizmatdan böyin tovlaganlarni topiş, qozilarning xukmini ijro etiş, jazoga hukm qilingan jinoyatçilarni qöriqlaş kabi vazifalarni ham bajarganlar.
Somoniylar va Qoraxoniylar davrida harbiy işlar, aholi osoyiştaligi va içki tartib-qoidalarni saqlovçi alohida devonlar faoliyat olib borgan. Odatga köra, aksariyat hollarda xoqonning özi yoki uning öğli boş qömondon bölgan.
Xorazmşohlar davlati (1097-1231) öz davrining qudratli qöşiniga ega bölib, doimiy qismlardan taşqari, xorazmşohlar mamluklar, yaʼni qul-askarlardan iborat şaxsiy soqçilar qismiga – xarasga ham ega bölganlar. Bunday tizimni birinçi bölib xorazmşoh Alovuddin Takaş taşkil qilgan. Uning tarkibida 10 ming kişi bölgan. Xaras Xorazmşoh va uning oilasini qöriqlaşdan taşqari, turli ekspeditsiyalar, savdo karvonlariga hamrohlik qilişga ham jalb etilgan.
Xorazmşohlar davlatida mirşablik xizmatini bajaruvçi şixnalar bölib, ular öz otryadlari bilan aholi tinçligini saqlaş, jamoat tartibini taʼminlaş va jinoyatçilarni jazolaş funktsiyalarini bajarganlar. Şixna hokimiyat uçun xavf tuğdirgan barça işlarga aralaşgan va aholini tuzumga qarşi qöyuvçilar ortidan qattiq kuzatuv olib borar edi. Xorazm şohlari bosib olingan barça viloyatlar, şaharlar va qişloqlarga öz şixnalarini qöyganlar. Şaharlar va karvon yöllari yaxşi qöriqlangani uçun içki va taşqi savdo rivojlangan.
Barça amaldorlar, jumladan, harbiylaştirilgan qismlarga rahbarlik qiluvçi amaldorlar öz mansablari uçun belgilangan kiyim-keçaklarga, maktub yöllaşda tuzilgan matnlarga bosilişi lozim bölgan tamğalarga ega bölişi şart bölgan. Tamğalarda mansabdorning ismi, mansabi yozilgan bölib, ular xoqon tomonidan taqdim etilgan. Tamğa ayni paytda mansabdorning “xizmat guvohnomasi” vazifasini bajargan. Amaldorlarning maoşi maʼlum qonun-qoida asosida belgilangan bölib, uning ösişi yoki kamayişi mansab va lavozimning özgarişiga, körsatgan xizmatiga boğliq bölgan.
Amir Temur va temuriylar davri Özbekiston tarixida çuqur iz qoldirdi. Bu davrda mamlakatda yirik markazlaşgan davlat barpo etildi. Amir Temur Movarounnahr va Xorazmda tarqoqlik, özaro nizolarga çek qöyib, Sirdaryo böylaridan Orol dengizigaça bölgan erlarda yaşovçi xalqlarni yagona davlat tasarrufida birlaştirdi. Bu, şubhasiz, Movarounnahr xalqlari taqdirida ijobiy ahamiyat kasb etdi.
Amir Temur davrida markaziy maʼmuriyat boşida devonbegi – boş vazir boşçiligidagi 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat — Vazirlar Mahkamasi turardi. Birinçi vazir – soliq-ölponlar, mirşablik işlari va mamlakat obodonligi bilan şuğullangan. Ikkinçisi harbiy işlar vaziri bölib, askarlar maoşi va oziq-ovqat taʼminoti bilan şuğullangan. Uçinçi vazir savdo işlari, tamğa, zakot va meros işlariga qaragan. Törtinçisi – moliya vaziri, davlat xazinasini boşqargan. Çegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boşqaruvini nazorat qiliş uçun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan.
“Temur tuzuklari”da Amir Temurning mamlakatdagi tartib-osoyiştalikni saqlaş borasidagi tadbirlari haqida şunday deyiladi: “Amr etdimki, öğri va qaroqçilarni “YAso” asosida jazolasinlar; fasodçi, buzuqi, nafsi yomon kişilarni mamlakatdan haydasinlar.
Har bir şahar va qişloqqa kutvol tayinlasinlarki, sipohu raiyatga soqçilik qilsin va kimning biron narsasi öğirlansa, buning masʼuliyati uning zimmasida bölsin. Va yana buyurdimki, yöl ustida kuzatuvçilar, zobitlar tayinlasinlarki, yöllarni qöriqlab, yölovçilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boşqa narsalarini manzildan-manzilga etkazib qöysinlar”.
Şu örinda bir maʼlumot keltirib ötiş joiz: Amir Temur öşa davrlarning boşqa hukmdorlaridan farqli tarzda, mamlakat farovonligida faqatgina harbiy yurişlar va soliqlar emas, balki millati va dinidan qatʼi nazar, barça mamlakatlar bilan faol taşqi iqtisodiy aloqalar, savdo-sotiqning örni katta ekanligini yaxşi anglagan va buning uçun öz davlatida barça şaroitlarni taʼminlagan. Jumladan, uning bizga qadar etib kelgan Frantsiya qiroli Karl VI ga yöllagan maktubida şunday jumlalar bor: “...yana sizning savdogarlaringiz bu tarafga qatnab tursalar, biz bu erda ularni azizu mukarram tutğumizdir, şuningdek, bizning savdogarlar u tarafga yuborilsa, siz ham ularni azizu mukarram tutsangiz, heç kimsa ularga zörlik qilmasa va zarar-zahmat etkazmasa. Çunki dunyo savdogarlar bilan oboddir!”. Bu va boşqa köpgina tarixiy maʼlumotlar Amir Temur saltanatida içki tartibni taʼminlaydigan kuçli va adolatli boşqaruv tizimi yölga qöyilganidan dalolat beradi.
Özbek xonliklarida jamoat tartibi va mirşablar faoliyati (XVI-XIX asr örtalari)
XVI-XVIII asrlarga kelib Temuriylar saltanati örnida bir-biridan mustaqil uçta davlat – Buxoro xonligi (XVIII asr örtalaridan amirlik), Xiva va Qöqon xonliklari taşkil topgan. Xonliklarda davlat boşqaruvi öxşaş bölib, temuriylar, şayboniylar davridagi boşqaruv tartibi deyarli özgarişsiz saqlangan. Davlat boşqaruvi, moliya, sud, mirşablik va harbiy işlar hukmdorning qarindoşlari, öziga yaqin odamlar tomonidan boşqarilgan. Ular öz faoliyatlarini bajarişda katta huquq va imtiyozlarga ega bölganlar.
Jinoyat va jazo işlari şariat qonunlari asosida hal etilgan. Bu davrda Şayxulislom, Dodxoh, Hudayçi, Muhtasib (Rais), Kökaldoş kabi mansab egalari din va şariat qoidalariga rioya etilişi, bozorlardagi toş-tarozining töğriligini, mamlakat miqyosidagi xavfsizlikni nazorat qilganlar. Aholining tinçligi va osoyiştaligi uçun mirşabboşilar masʼul hisoblangan. Mirşablar şaharlar va qişloqlarda keçayu-kunduz soqçilik qilişgan, jamoat joylari, bozorlar va köçalarda tartib-osoyiştalikni taʼminlagan. Şuningdek, qozilar (sud) tomonidan jinoyat uçun tayinlangan jazoni ijro etiş ham ularning zimmasiga yuklangan.
Xonliklarda tinç davrda harbiy qöşinning uyiga tarqatilmagan qismi hukmdorlarning xavfsizligi, şahar va qişloqlardagi içki tartib-osoyiştalik, öğirliklar va boşqa jinoyatlarga qarşi kuraşişga qaratilgan vazifalarni bajariş uçun vaqtinça mirşabboşilarga böysundirilgan.
Xalqimizda qadimdan özgalar moliga köz olaytiriş, öğirlik qiliş nihoyatda qattiq qoralangan. Kamdan-kam uçrab turadigan tarozidan uriş, öğirlik, zino va boşqa şu kabi jinoyatlarda aybdor aniqlansa, u xalq örtasida namoyişkorona jazolangan. Masalan, manbalarda Buxoroda bozorlarda xaridor haqqiga xiyonat qilgan sotuvçi yarim-yalonğoç holda aravada, bozor ahliga namoyiş qilinib, ovozi boriça: “Men şayton yöliga kirib, xaridorni aldadim”, deb jar solişga majbur etilgani yozib qoldirilgan. Bu kabi taʼsir çoralari öziga xos “profilaktika” vazifasini ötab, jinoyatçilikni jilovlaşning bir usuli bölgan.
Aholi tomonidan har bir mahalla, köçalarning öz oqsoqoli saylangan, turli oilaviy kelişmovçiliklar, qöni-qöşnilar örtasidagi janjallar ana şu oqsoqollar tomonidan joyida hal etilgan. Ular tomonidan çiqarilgan hukmni hamma qabul qilişi va bajarişi şart bölgan. Faqat ilojsiz vaziyatlardagina mojaroga mirşablar va qozilar aralaşgan.
Çor Rossiyasi mustamlakaçiligi davrida harbiy-politsiya tartiboti (XIX asr oxiri – XX asr boşlari)
XIX asr örtalaridan boşlab Rossiya imperiyasi Örta Osiyo xonliklari örtasidagi özaro nizolar va adovatlardan foydalanib, uşbu xonliklarni birin-ketin bosib ola boşladi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi imperiyaning protektoratiga aylandi, Qöqon xonligi butunlay tugatilib, uning örnida Turkiston general-gubernatorligi taşkil etildi.
Turkiston general-gubernatori öz qölida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlaştirgan. U bir vaqtning özida podşo noibi, Turkiston harbiy okrugi qöşinlari qömondoni, Ettisuv kazaklari qöşinlari atamani, boş prokuror va boş mirşab vazifasini ötagan. Bundan taşqari, ölkada Rossiya Imperiyasi Içki işlar vazirligining organlari, uning vakillari ham şunga muqobil tarzda iş körişgan.
Şu davrda mamlakatga Rossiya Imperiyasining politsiya tizimi joriy etila boşladi. Rossiyada huquqni muhofaza qiliş faoliyati bir qator davlat organlari tomonidan amalga oşirilgan. Içki işlar vazirligiga böysunuvçi jandarmeriya va qöriqlaş (oxrana) bölinmalari bilan birgalikda, 9 ta vazirlik va idoralarda harbiylaştirilgan politsiya funktsiyasini bajaruvçi tizimlar mavjud bölgan. Masalan, Savdo va sanoat vazirligi toğ-kon politsiyasi hamda işlab çiqarişni nazorat qiluvçi politsiya xizmatiga ega bölgan. Moliya vazirligi qoşida çegara politsiyasi, bojxona politsiyasi hamda yaşirin işlab çiqarişni aniqlovçi (korçem) politsiya bölgan. Adliya vazirligiga konvoy xizmati va sud pristavlari böysungan. Öxşaş politsiya bölinmalari boşqa vazirliklarda ham bölgan.
Turkiston şaharlarida politsmeyster lavozimi joriy etilib, ularning huquqlari harbiy tumanboşilar huquqlari bilan tenglaştirilgan. Toşkentda yangi va eski şahar politsmeysterlari iş olib borişgan. Ularga politsiya pristavlari böysungan. Har bir politsiya pristavining qöl ostida 10 dan 30 tagaça “gorodovoy” xizmat qilgan. Politsiya xizmatiga mahalliy aholi vakillari deyarli jalb etilmagan.
Mahalliy maʼmuriyat – volost boşqaruvçilari va oqsoqollar ham quyi politsiya tizimi vakolatiga ega bölib, ularga yollangan mahalliy aholi vakillari xizmat qilgan. Mahalliy aholi vakillaridan iborat xizmatçilarga öq-otar qurol olib yuriş taqiqlangan.
1908-1910-yillarda Turkiston şaharlarida mustaqil politsiya boşqarmalari, Toşkentda ober-polismeyster lavozimi joriy etilib, ölkada mirşab-politsiya xizmatçilari soni köpaytirildi. Şuningdek, tuman va qişloq joylarini ham qamrab oliş uçun tuman politsiyasi mahkamasi faoliyati yölga qöyilgan.
II. Sovet Ittifoqi tuzumi davrida içki işlar organlari
- Turkistonda işçi-dehqon militsiyasining taşkil etilişi va faoliyati (1917-1924 yy.)
- Buxoro Respublikasida içki işlar organlari (1920-1924 yy.)
- Xorazm Respublikasida içki işlar organlari (1920-1924 yy.)
- Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida içki işlar organlari (1925-1939 yy.)
- Ikkinçi jahon uruşi yillarida içki işlar organlari (1941-1945 yy.)
- Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida içki işlar organlari (1950-1989 yy.)
Turkistonda işçi-dehqon militsiyasining taşkil etilişi va faoliyati (1917-1924 yy.)
1917-yil 28-oktyabrda (yangi sana bilan 10-noyabrʼ), yaʼni oktyabrʼ töntarişidan 3 kun ötgaç, RSFSR Içki işlar xalq komissarligi “Işçi militsiyasi töğrisida” qaror qabul qildi.
Bu davrga kelib Turkistonda ham hokimiyatni öz qöliga olgan sovetlar ölkada öz hokimiyatini örnatiş, uning xavfsizligini taʼminlaş uçun militsiya faoliyatini yölga qöyişga harakat qildi. 1918-yil 29-yanvarda Turkiston Xalq komissarlari kengaşining 17-sonli “Zaxira kadrlarini yaratiş va militsiyani qayta taşkil etiş töğrisida”gi buyruği eʼlon qilindi.
YAngi militsiyani taşkil etiş va kadrlar tayyorlaş işiga rahbarlik qiliş uçun 1918-yil 30-yanvarda “Turkiston ölkasi şahar va tumanlari militsiya inspektori boşqarmasining bölimi” taşkil etildi. 1918-yilning fevralʼ oyida barça uezd, şahar hamda volostlarda militsiya organlari taşkil etila boşlandi.
1919-yilning 26-aprelida Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi (ASSR) Içki işlar xalq komissarligi (IIXK yoki rusça NKVD) tarkibida respublika militsiyasi işiga rahbarlik qiluvçi Işçi-dehqon militsiyasi boş boşqarmasi taʼsis etildi va unga bolʼşevik F.YA.TSirulʼ boşliq etib tayinlandi. RSFSR Içki işlar xalq komissarligi kollegiyasi tomonidan “Militsiya tarkibida jinoyat qidiruv bölimlarini taşkil etiş” haqidagi qaror tasdiqlangandan söng (1918-yil 5-oktyabrʼ), Turkiston ASSRda ham dastlab Adliya xalq komissarligi tasarrufida bölgan jinoyat qidiruv bölimlari militsiya tarkibiga ötkazila boşlandi.
1920-yil 22-aprelida Turkiston ASSR Xalq komissarlari kengaşi tomonidan “Sovet Işçi-dehqon militsiyasi töğrisida nizom” qabul qilindi. Unga köra, Turkiston Işçi-dehqon militsiyasining vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilandi:
- tartib-intizom borasida Içki işlar xalq komissarligiga yuklatilgan vazifalarni bajariş hamda çiqarilgan qaror, dekret va buyruqlarni hayotga tatbiq etilişini taʼminlaş;
- umumdavlat mulki bölgan taşkilot va binolarning xavfsizligini taʼminlaş (telegraf, telefon tarmoqlari organlari, poçta va hokazo);
- zavod, fabrika, konlar va boşqa işlab çiqariş bilan boğliq bölgan taşkilot va muassasalarni qöriqlaş;
- örmon, ekinzor, davlat qöriqxonalarini hamda yoqilği omborxonalari, xomaşyo va qişloq xöjaligi mahsulotlarini muhofaza qiliş;
- qamoqxonalar va mahbuslar vaqtinça saqlanadigan lagerlarni qöriqlaş;
- mavjud hamma boşqaruv organlariga ularga topşirilgan vazifalarni bajarişda kömaklaşiş.
1920-yilning oxiriga kelib Turkiston ASSR hududida 34 ta şahar, 26 ta uezd va 92 ta rayon militsiya bölimlari mavjud edi. Turkistonda Içki işlar xalq komissarligi huzurida Militsiya Boş boşqarmasi taʼsis etilgandan keyin uning tarkibida jinoyat qidiruv, temir yöl, sanoat, suv va mahkama militsiyasi bölimlari tuzildi, şu bilan birga, ölkadagi siyosiy vaziyatdan kelib çiqib, Turkistonda avj olayotgan sovet rejimiga qarşi qurolli harakatga qarşi kuraşiş uçun maxsus köngilli militsiya otryadlari ham (asosan mahalliy aholi hisobiga) taşkil etildi.
Işçi-dehqon militsiyasi jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bilan bir paytda Markaz tomonidan Turkiston ASSR Içki işlar xalq komissarligiga yuborilgan qaror, buyruq, farmoyiş va körsatmalarni hayotga tatbiq etişda asosiy rolʼ öynadi.
Işçi-dehqon militsiyasining faoliyati köplab ziddiyatli holatlar bilan keçdi, bir tomondan, mavjud tuzum undan öz hokimiyatini amalga oşirişda asosiy böğin sifatida foydalangan bölsa, ikkinçidan, militsiya organlarining asosiy vazifasi bölmiş xalq osoyiştaligini taʼminliş borasidagi faoliyati ham qoniqarli darajada olib borilmadi. Militsiya xodimlarining bilim va malakasining pastligi, ularning etarli tajribaga ega emasligi, moddiy taʼminot masalasidagi muammolarning öz vaqtida hal etilmasligi oqibatida militsiya saflarida poraxörlik, tamagirlik, öz xizmat vazifasini suiisteʼmol qiliş va içkilikbozlik singari yomon illatlar kuçayib ketdi.
Asosan evropalik aholi vakillaridan tayinlangan militsiya boşliqlarining mahalliy aholining tilini, urf-odatlarini bilmasligi, xalq murojaatlariga bepisand munosabatda bölişi, mahalliy kadrlarning kamligi xalqning militsiyaga bölgan işonçini söndirib bordi. Bu kabi salbiy holatlar sovet tuzumining keyingi davrlarida ham kuzatilgan.
Buxoro respublikasida içki işlar organlari (1920-1924 yy.)
1920-yil 30-avgustda Qizil armiyaning hujumi natijasida Buxoro amirligi quladi. 1920-yil 2-sentyabrda Umumbuxoro Inqilobiy qömitasining qaroriga köra, xalq militsiyasi taşkil qilina boşladi. Uning boşliği etib S.YUsupov tayinlandi. Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR)ning birinçi içki işlar xalq noziri M.Saidjonov 1920-yil 14-sentyabrdan öz faoliyatini boşladi. Içki işlar xalq nozirligi tarkibida Boş militsiya boşqarmasi va Jinoyat qidiruv bölimi taşkil etildi. 1920-yil 15-sentyabrda jinoyat qidiruv bölimining boşliği etib A.Qurbonov, uning yordamçisi etib esa F.Melʼtser tayinlandi.
BXSR Içki işlar nozirligining 1920-yil 25-sentyabrdagi buyruğiga köra, Işçi-dehqon Militsiyasi Boş boşqarmasi taşkil etildi. 1921-yil 17-yanvarda Umumbuxoro Markaziy ijroiya qömitasi va Xalq nozirlar kengaşining “Işçi-dehqon militsiyasi haqida”gi dekreti qabul qilingan. Unga köra, işçi-dehqon militsiyasi katta va kiçik militsionerlar, jinoyat qidiruvi boşliq tarkibi, qidiruv agentlari, kantselyariya (devonxona) va texnik xodimlardan iborat bölgan.
Buxoro xalq sovet respublikasi (BXSR) Xalq nozirlar kengaşining 1922-yil 5-martda tasdiqlangan “Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi va militsiya zahiralari haqida”gi, 1923-yil 10-oktyabrdagi “Buxoro xalq sovet respublikasining içki işlar xalq nozirligi haqida”gi qarorlari içki işlar organlarining tuzilişi, vazifa va vakolatlari hamda ular faoliyatining asosiy yönalişlarini belgilab bergan.
Xorazm Respublikasida içki işlar organlari (1920-1924 yy.)
1920-yil 30-aprelda xalq vakillarining birinçi Butunxorazm quriltoyida Xorazm xalq sovet respublikasi taşkil topganligi eʼlon qilindi. Şu kuni “Mamlakatda militsiya boşqarmasini taʼsis etiş va Xiva şahrini himoya qiliş töğrisida” qaror qabul qildi. Unga köra, Adliya nozirligi qoşida Militsiya boşqarmasi taʼsis etildi. Birinçi içki işlar noziri N.Şolikorov 1920-yil 30-apreldan öz vazifasini bajarişga kirişdi.
Xiva şahrida maxsus militsiya boşqarmasi tuzilib, joylarda uning bölimlari taşkil etildi. Bölimning asosiy vazifalari kontrrevolyutsiyaga qarşi kuraşiş hamda şaharning içkarisida jamoat tartibini saqlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraş işlari bilan şuğullanişdan iborat edi. Bölim tarkibiga yuzga yaqin xalq militsionerlari kirar edi.
1923-yilning apreliga kelib militsiya otryadi 600 kişini taşkil etdi (400 dan ortiq otliq). Xivadan taşqari, yana 27 taga yaqin militsiya tayanç punktlari mavjud bölib, u erda 30 ga yaqin katta militsionerlar faoliyat yuritişardi. 1923-yil 5-noyabrda Xorazm Markaziy ijroiya qömitasining qaroriga binoan, içki işlar xalq nozirligi huzurida fuqarolar xavfsizligini qöriqlaş, inqilobiy şaroitlarda tartib-osoyiştalikni saqlaş, sotsialistik mulkçilikni muhofaza qiliş maqsadida Respublika Markaziy Qöriqlaş boşqarmasi taşkil etildi. 1924-yil 30-noyabrda Militsiya bölimi Xorazm Inqilobiy qömitasining tasarrufiga ötdi.
Xorazm va Buxoro xalq sovet respublikalarida içki işlar organlarining tuzilişi va faoliyati turli qarama-qarşiliklar, ziddiyatlar bilan keçgan. Jumladan, militsiya organlarini tuzişda RSFSR va Turkiston avtonom SSRdagi kabi bir xil “qolip” asosida, mahalliy şart-şaroitlar, aholining tarixan şakllangan turmuş-tarzi va qaraşlari hisobga olinmasdan iş körildi. Oqibatda, militsiya organlaridagi iş jarayoni dastlabki kunlardanoq, muammolarga, ziddiyatlarga töla böldi.
Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida içki işlar organlari (1925-1939 yy.)
1924-yil oxirlarida Örta Osiyoda milliy-hududiy çegaralanişning ötkazilişi va Özbekiston SSRning (1925-yilning fevralʼ oyi) taşkil etilişi natijasida, Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm xalq sovet respublikalari hududlarida faoliyat yuritgan içki işlar organlari Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi tasarrufiga ötkazildi va unga militsiya va jinoyat qidiruv bölimlarining faoliyati ustidan umumiy nazorat qiliş yuklatildi.
Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligining Markaziy maʼmuriy boşqarmasi qoşida “Militsiya va jinoyat qidiruv” bölimi taşkil etildi. Unga 7 ta (Toşkent, Farğona, Samarqand, Zarafşon, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Xorazm) viloyat bölinmalari, bitta tuman-şahar (Toşkentning eski şahrida) bölinmasi, 13 ta tuman (Mirzaçöl, Qöqon, Andijon, Namangan, Jizzax, Xöjand, Kattaqurğon, Nurota, Karmana, Kitob, Şahrisabz, Ğuzor, Bauman va Sariosiyo) bölinmalari va Samarqand viloyatining vokzaloldi bölinmasi böysunar edi.
Içki işlar xalq komissarligi tomonidan 1925-yil 1-dekabrda “Özbekiston SSR Sovet Işçi-dehqon militsiyasi haqida nizom” qabul qilinadi. Jumladan, uning 1-bandida: “Özbekiston SSR Sovet Işçi-dehqon militsiyasi markaziy va mahalliy hokimiyatning ijro etuvçi organi bölib, ular tomonidan inqilobiy tartibni himoya qiliş va xavfsizlikni taʼminlaş yuzasidan eʼlon qilingan qaror, buyruq hamda farmoyişlarni hayotga tatbiq etadi” deb körsatilgan.
Bu davrda militsiyaga yuklatilgan vazifalar quyidagilardan iborat bölgan:
- inqilobiy tartibni himoya qiliş, fuqarolarning şaxsiy va mulkiy xavfsizligini taʼminlaş;
- yuqoridan çiqarilgan qonunlar, qarorlar, farmoyiş va dekretlarni hayotga tatbiq etişda iştirok etiş;
- qamoqxonalarni qöriqlaş;
- jinoyatga qarşi kuraşiş;
- aholi punktlaridagi sanitar holatni nazorat qiliş;
- aholiga pasport beriş, poçta orqali yuborilgan posilka va pulli xatlarni olişga doir tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş va yöqotilgan hujjatlarni qayta tiklaş;
- maʼmuriy jarimalarni undiriş;
- qişloq xöjaligini nazorat qiliş va qoramollarning sonini tekşirib turiş.
1926-yil 23-sentyabrda Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi tomonidan jinoyat qidiruv va militsiya organlarining faoliyati samadorligini oşiriş yuzasidan qaror qabul qilindi. Unda “Barça viloyat maʼmuriy bölim boşliqlariga jinoyat qidiruv va militsiya bölimlarini birlaştirib, unga militsiya bölimi boşliğini rahbar etib tayinlaş vazifasi yuklatildi”.
1930-yil 31-dekabrda Içki işlar xalq komissarligi faoliyati töxtatildi. Bu özgarişlar natijasida militsiya boşqarmasi mavjud ştati bilan birga Xalq komissarlari kengaşi tasarrufiga ötkazilib, viloyat, şahar va tumanlardagi militsiya bölimlari esa tegişli hudud ijroiya qömitalariga böysundirildi.
1930-yillarda Sobiq Ittifoqda pasport tizimi joriy etila boşlandi va şu munosabat bilan joylarda pasport xizmati yölga qöyila boşlandi.
Özbekiston SSR Xalq komissarligi kengaşining 1932-yil 3-aprelda ötkazilgan yiğilişda “Özbekiston SSR Xalq komissarligi kengaşi huzuridagi işçi-dehqon militsiyasi boş boşqarmasi töğrisidagi nizom” tasdiqlandi. Nizomda “Işçi-dehqon militsiyasi boş boşqarmasi jamoat tartibini saqlaş va inqilobiy hukumatni himoya qilişda hamda fuqarolarning şaxsiy xavfsizligi, mulkiy daxlsizligi va ularning haq-huquqini muhofaza qilişda militsiya organlariga rahbarlikni amalga oşiradi” – deb körsatilgan.
Dastlabki vaqtlarda militsiya safiga qabul qilingan yoş xodimlar uçun 2-3 oylik tayyorlov kurslari taşkil etilgan, 1932-yilda içki işlar organlari uçun huquqşunos kadrlar tayyorlab beruvçi Toşkent örta-maxsus militsiya maktabi taşkil etilgan.
SSSR Markaziy ijroiya qömitasining 1934-yil 10-iyuldagi qaroriga asosan, Umumittifoq Içki işlar xalq komissarligi qayta tuzildi. Unga davlat xavfsizlik organlari va Militsiya Boş boşqarmasi buysundirildi.
1935-yilning noyabrʼ-dekabrʼ oylarida militsiyaning butun rahbar tarkibi attestatsiyadan ötkazilişi, xodimlar uçun maxsus unvonlar va nişonlar taʼsis etilişi, rahbar tarkibning huquq hamda vazifalari aniq belgilanişi, xodimlarni işga tayinlaş va böşatiş tartibi örnatildi.
1936-yilning 3-martda içki işlar idoralari tarkibida Davlat avtomobilʼ inspektsiyasi xizmati taşkil etildi.
Içki işlar xalq komissarligi operativ organlarida rahbarlar tarkibiga unvonlar maxsus tayyorgarligi va xizmat attestatsiyasidagi malakasi hamda iş stajiga qarab berilardi. Xizmatni ötaş uçun quyidagi maxsus unvonlar belgilandi: militsiya serjanti, militsiya kiçik leytenanti, militsiya leytenanti, militsiya katta leytenanti, militsiya mayori, militsiya katta mayori, militsiya inspektori, militsiya direktori va militsiya boş direktori.
Ikkinçi jahon uruşi yillarida içki işlar organlari (1941-1945 yy.)
Ikkinçi jahon uruşida faşizm ustidan qozonilgan ğalaba uçun boşqa xalqlar qatori, özbek xalqi ham katta qurbonlar berdi. Front janggohlarida halok bölgan 400 mingga yaqin öğlonlardan taşqari, yana yuz minglab kişilar mehnat jabhasida nobud bölişdi.
Özbekiston militsiyasi, şu jumladan, Toşkent militsiya maktabi ham köplab mard Vatan himoyaçilarini tarbiyalab etiştirdi. Ular frontlarda kahramonona jang qilib, bosqinçilarni ayovsiz qirdi.
Toşkent militsiya maktabi operativ xodimlar tayyorlovçi asosiy bazalardan biri bölib qoldi. Kadrlar etişmasligi tufayli öqiş muddati töqqiz oy bölgan asosiy bölimdan taşqari, 3 oy, 20 kunlik kurslar taşkil etildi.
Uruş şaroitidan kelib çiqqan holda, davlat taşkilotlarining strukturasi, ularga yuklatilgan vazifa va vakolatlarda bir qator özgarişlar amalga oşirildi. 1941-yil fevralʼ oyida SSSR Içki işlar xalq komissarligi va uning joylardagi bölimlari ikkiga, yaʼni Içki işlar xalq komissarligi va Davlat xavfsizlik komissarligiga bölindi.
Uruş şaroitida şaxsiy tarkibning qisqartirilişi jiddiy qiyinçilik tuğdirardi, bu qiyinçiliklarni engiş uçun militsiya organlarini töldiriş yuzasidan şoşilinç çoralar köriş lozim edi. Köp hollarda militsiya saflari harbiy komissarliklar orqali yarador bölib frontdan qaytib kelgan kişilar, soğliği va yoşi tufayli armiyada xizmat qilişi çeklangan şaxslar va ayollar hisobiga töldirilar edi. Masalan, 1942-yildan 1945-yilgaça Toşkent militsiya maktabining kursantlari tarkibi maʼlum darajada xotin-qizlar hisobiga töldirib borildi. Bu davrda xotin-qizlar salmoği maktab kursantlari umumiy sonining 60 foizini taşkil qilardi.
Militsiya şaxsiy tarkibida kadrlarga ehtiyojni qisman bölsa-da, töldiriş maqsadida Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi tomonidan 1941-yil 27-iyunda maxsus buyruq çiqarilib, unga asosan, Toşkent militsiya maktabining ikkinçi kurs talabalari iyunʼ oyida (68 nafar), 4-oktyabrda esa birinçi kurs talabalari (72 nafar, şundan 40 tasi ayollar) muddatidan oldin öqişni tugatib, militsiya organlarida xizmat qiliş uçun yöllanma oldilar.
Ittifoq miqyosida xalq xöjaligining harbiy izga ötkazilişi jarayonida Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi tomonidan 1941-yil 30-iyunda “Içki işlar şaxsiy tarkibi xodimlariga taʼtil berişni bekor qiliş va taʼtildagi xodimlarni xizmatga çaqirib oliş töğrisida”gi buyruq eʼlon qilindi. Uşbu buyruq asosida 1-iyulʼ kuni Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi tomonidan barça viloyatlarga tarib-intizom va xavfsizlikni mustahkamlaş, jinoyat qidiruv borasida olib borilayotgan tezkor tadbirlarni yanada kuçaytiriş hamda militsiya organlarida rahbarlarning sutkalik navbatçiligini taşkil etiş, jinoyat sodir etilgan joylarda hududiy rahbarlarning bevosita iştirokini taʼminlaş töğrisida körsatmalar tarqatildi. Natijada içki işlar xodimlariga yuklatilgan vazifa va vakolatlar doirasi yanada kengaytirildi.
1941-yil 20-iyulda SSSR Oliy Kengaşi Prezidiumining Davlat xavfsizligi komissarligi va Içki işlar xalq komissarliklarini yagona Içki işlar xalq komissarligiga birlaştiriş töğrisidagi farmoni eʼlon qilindi.
1943-yil 9-fevralda SSSR Oliy Kengaşi Prezidiumining qaroriga muvofiq, militsiya şaxsiy tarkibi uçun maxsus unvon va pogonlar joriy etildi. Qarorda quyidagi unvonlar nazarda tutildi:
3-rang (darajali) militsiya komissari,
2-rang militsiya komissari
1-rang militsiya komissari unvonlari bölib, 1-darajalilarga – yuqori rahbarlar tarkibi, yaʼni militsiya mayori, podpolkovnigi (kiçik) va polkovnik unvonlari (katta boşliqlar tarkibi hisoblangan), 2-darajalilarga militsiya kiçik leytenanti, leytenant, katta leytenant va kapitan unvonlari (örta boşliqlar tarkibi), 3-darajalilarga (kiçik boşliqlar tarkibi) militsiya kiçik serjanti, serjant, katta serjant, serjantlar kattasi va oddiy tarkibga – militsiya efreytori unvoni kirgan.
1943-yil aprelda esa Içki işlar xalq komissarligi yana ikkita alohida mustaqil komissarlikka ajratiladi. Bundan közlangan asosiy maqsad “mamlakatda jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlaş, çet el agenturasi faoliyati va jinoyatçilikning oldini olişdagi işlarni takomillaştirişdan iborat” deb körsatildi.
Uruşning dastlabki kunlaridanoq, respublika militsiyasining köplab xodimlari köngilli ravişda harakatdagi armiya safiga qöşildilar.
Xususan, uruş boşlangan ilk oylarda Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligining buyruği asosida respublika böyiça rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan 57 nafari tezkor ravişda Qizil armiya saflariga yuborildi. Ulardan taşqari, Toşkent militsiya maktabi tinglovçilarining 60 foizi, komandir-öqituvçilarining 30 foizi, Samarqand militsiya organlari xodimlaridan 1 489 kişi, Toşkent Temir yöli militsiyasi bölimining 204 nafar eng yaxşi xodimlari özbek milliy divizitsiyasi, şuningdek, general Panfilov diviziyasi safida jangga kirdilar.
Uruş yillarida içki işlar organlariga yuklatilgan vazifalar hajmi doimiy ravişda yanada ortib borib, Özbekiston militsiyasiga ham yangi maxsus topşiriqlar berildi.
Jumladan, xalq xöjaligi obʼektlarini qöriqlaş, mehnat fronti va mehnat faoliyati safarbarligidan boş tortiş holatlariga qarşi kuraşiş, turli hududlardan evakuatsiya qilinganlarni nazorat qiliş (ular tomonidan tarqatilişi mumkin bölgan notöğri axborotlarning yoyilişining oldini oliş), harbiy yuklarni talon-taroj qilişning oldini oliş, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari hamda oziq-ovqat kartoçkalari oldi-sotdisini nazorat qiliş, bolalarning qarovsizligi va nazoratsizligiga qarşi kuraş olib boriş, yaqinlari bilan aloqa uzilgan insonlarga ularni topişda amaliy yordam körsatiş va boşqalar.
1942-yil 23-yanvarda SSSR Oliy Kengaşi prezidiumining “Ota-onasiz qolgan bolalarni tegişli muassasalarga joylaştiriş töğrisida”gi qarori asosida mahalliy ijroiya kömitalarida maxsus komissiyalar taşkil etildi.
Bu komissiyalar içki işlar organlari bilan birgalikda faoliyat yuritib, ular ota-onasiz qolgan bolalarni tarbiyalaş va tegişli muassasalarga joylaştiriş, ularni iş bilan taʼminlaş barobarida, voyaga etmaganlarning haq-huquqini himoya qiliş va nazoratsiz qolişining oldini oliş bilan şuğullanişi jarayonida militsiya huzuridagi bolalarni qabul qiliş va taqsimlaş xonalarining soni köpaydi. Militsiya xodimlari evakuatsiya qilingan bolalarni qabul qilib oliş, ota-onasiz qolgan bolalarni topiş va joylaştirişda samarali faoliyat yuritişdi.
Toşkent temir yölida bolalar inspektorlari va transport militsiyasining xodimlari tomonidan 1944-yilda poezd va bekatlarda 20 690 uysiz va ota-onasiz qolgan bolalar aniqlanib, maxsus muassasalarga joylaştirildilar. Içki işlar organlarida evakuatsiya qilingan bolalarni joylaştiriş işlarini takomillaştiriş maqsadida, 1941-yil taşkil etilgan Militsiya boş boşqarmasi pasport bölimi markaziy maʼlumot byurosi ularning doimiy yaşaş joylarini ham röyxatga olib borgan.
Uruş yillarida Ittifoq miqyosida mazkur byuroga qarindoşlarining turar joylarini sörab 3,5 million xat orqali murojaatlar tuşgan bölib, militsiya xodimlari 2 861 000 nafardan ziyod insonlarning yangi manzillarini xabar qilgan. Undan taşqari, 20 000 nafardan köp yöqolib qolgan bolalar topilib, ota-onalari bağriga qaytarilgan. Maʼlumotlarda körsatilişiça, uruşning ilk kunlaridan 1943-yil may oyigaça Ittifoq miqyosida 190 000 nafar bola ota-onasi bilan aloqani yöqotgan. Bunday ota-onalar va bolalarga yordam körsatiş har bir içki işlar xodimidan katta masʼuliyat talab qilgan. Surxondaryo viloyati militsiya xodimlari ham bunday tadbirlarda faol iştirok etib, 1944-yil va 1945-yilning birinçi çoragida 1 422 nafar qarovsiz qolgan bolalarni öz uylari va boşqa tegişli tarbiya maskanlariga joylaştirganlar.
Umuman olganda, uruş yillarida turli hududlarda tuzilgan maxsus komissiyalar tomonidan yoş bolalarning qarovsizligi va nazoratsizligini tugatişga qaratilgan köplab tadbirlar ötkazilib, yirik aholi yaşaş punktlari, temir yöl va boşqa joylarda militsiya huzuridagi bolalarni qabul qiliş va taqsimlaş xonalarining soni köpaytirildi. Bu xonalarning asosiy vazifasi qarovsiz qolgan bolalarni topiş, tarbiyalaş, bunday holatlarning sababini örganiş, tahlil qiliş, aybdor şaxslarni prokuratura va militsiya xodimlari yordamida javobgarlikka tortiş, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onasi yoki yaqinlarini topiş, ular bilan aloqa örnatiş va etkazib beriş hamda boşqalar hisoblangan.
Bu davrda qarovsiz bolalarning soni juda oşib ketdi. Qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni topiş va ular orasida kuçayib ketgan jinoyatçilikni kamaytirişda içki işlar organlari samarali faoliyat yuritdi. Içki işlar organlari huzuridagi bolalarni qabul qiliş va taqsimlaş punktlari Özbekistondagi bir qator yirik şaharlar, jumladan, Toşkent, Samarqand, Andijon, Farğona va boşqa şaharlardagi temir yöl vokzallari hamda aholi köp yiğiladigan joylarda taşkil etilib, ular doimiy ravişda faoliyat yuritdi. Olib borilgan tadbirlar natijasida uruş yillarida yoş bolalar orasidagi jinoyatçilik ança kamaydi.
Uruş şaroitida yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinçiliklar oqibatida ijtimoiy muammolar keskinlaşib, aholining bir qator mahsulotlarga bölgan ehtiyoji oşib ketdi. 1941-yil 18-iyulda SSSR Oliy Kengaşi prezidiumi tomonidan ayrim oziq-ovqat va aholi uçun zarur bölgan sanoat mahsulotlarini muayyan normada kartoçka orqali tarqatiş (sotiş) haqidagi qarori qabul qilingandan söng, aholi orasida noqonuniy savdo munosabatlarining kuçayişi, oziq-ovqat va kartoçkalarni olib keliş hamda bosmaxonada bosiş vaqtida ularni öğirlaş holatlari kuzatildi.
Kartoçka tizimi joriy etilgandan söng jinoyatçilikning yangi turlari rivojlana boşladi. Uni bartaraf etiş maqsadida, 1942-yil 20-martda “Aholidan oziq-ovqat mahsulotlarini öğirlaş va şu turdagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş töğrisida” SSSR Içki işlar xalq komissarligi Militsiya boş boşqarmasining buyruği çiqarildi. Unga asosan, umumiy foydalaniş joylari va transportlarda, magazin va bozorlarda oziq-ovqat va sanoat kartoçkalarini öğirlaş va taqsimlaşdagi suisteʼmolliklar hamda qalbaki kartoçkalar tayyorlaşga qarşi kuraş borasida amaliy çoralar körildi. Masalan, Tojikiston militsiya organlari bilan birgalikda, oziq-ovqat kartoçkalarini bosma usulda tayyorlaş bilan şuğullangan bir guruh jinoyatçilar foş qilindi. Jinoyatçilardan köp miqdordagi soxta talonlar va pul tortib olindi. Tergov va suriştiruv işlari davomida Duşanbe va Toşkent şaharlaridan bosma stanoklar topildi. Şuningdek, bu jinoyatçilar guruhi tomonidan qisqa vaqt içida 500 tonnadan ortiq non öğirlanganligi maʼlum böldi.
Bunday jinoyatlar orasida Özbekiston hududida sodir etilgan yirik jinoyatlardan biri Toşkent şahar militsiya xodimlari tomonidan 1944-yil 29-dekabrda foş etildi. Jinoyat qidiruv bölimi inspektorlarining tezkor tadbirlari natijasida 400 tonna non mahsulotlarini olişga möljallangan qalbaki kartoçkalarni işlab çiqargan va ulardan foydalangan jinoiy guruh uşlandi.
Tergov işlari jarayonida ötkazilgan tintuvlar natijasida ulardan 12 million rublʼ naqd pul, 2 100 ta oltin tanga va boşqa qimmatbaho buyumlar tortib olindi. Ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlar isbotlanib, jinoiy guruhning barça aʼzolari oliy jazoga hukm qilindi.
Özbekiston Kommunistik partiyasi markaziy qömitasi va Özbekiston SSR xalq komissarlari kengaşi tomonidan “Barça turdagi don mahsulotlarini etkazib beriş rejasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” qaror qabul qilingandan keyin (1943-yil 18-20-noyabrʼ), içki işlar organlariga joylarda don mahsulotlarini talon-taroj qilinişining oldini oliş, ularni qabul qiliş va topşiriş punktlarida nazorat örnatiş, qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş joylarini qöriqlaş, don va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini ekiş va yiğiştirib olişda iştirok etiş vazifalari yuklatildi.
1944-yilda Örta Osiyoning bir qator şaharlari – Toşkent, Olmaota, Frunze, Çimkentda uyuşgan jinoyatçilik kuçayib, ular tomonidan qasddan odam öldiriş, bosqinçilik, talonçilik singari oğir va öta oğir turdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Kriminnogen şaroitni yaxşilaş maqsadida, SSSR Içki işlar xalq komissarligi tomonidan Toşkent şahar Jinoyat qidiruv bölimiga markazdan maxsus tayyorlangan xodimlar yuborildi. Ularning mahalliy xodimlar bilan birgalikda olib borgan tezkor tadbirlari natijasida qisqa muddatda Toşkent şahri va uning atrofidagi hududlardan 102 ta qurolli jinoyatçilar qölga olindi, ular orasidan ayrimlari (jamiyat uçun xavfli deb topilganlari) oliy jazoga hukm qilindi. Natijada Toşkent şahrida oğir jinoyatlar sodir etilişi holatlari birmunça kamaytirildi, uyuştirilişi mumkin bölgan jinoyatlarning oldi olindi.
Ikkinçi jahon uruşi yillarida içki işlar organlarining faoliyati köplab qiyinçiliklar bilan keçdi. Sababi uruş holati eʼlon qilingandan keyin respublika içki işlar organlari malakali xodimlarining katta qismi frontga va boşqa joylarga safarbar qilingan edi.
Faşistlarga qarşi janglarda içki işlar organlari xodimlari yuksak qahramonlik va jasurlik timsolini namoyon etdi. Ular Ukraina, Belorussiya, Leningrad, Xarʼkov, Kursk yoyi, Şimoliy va Ğarbiy hamda boşqa frontlarda iştirok etib, katta matonat va mardlik namunalarini körsatdilar.
Ana şunday vatanparvar respublika içki işlar organlari xodimlaridan Möydin Hasanov, Ğani Valiev, Tojiboy Rajapov, Olimboy Omonboev, Ummat Ubaydullaev, Dina Lyujarovskaya, Nina Krasikova, Ğani Usmonov, Rahmon Abdullaev, Nabijon Akbarov, Parda Omonturdiev, Nurxon Abdullaev, Vasiliy Asaçʼev, Juma Bekboev, Şermurot Bebitov, Mengli ergaşev, Petr Zvezdin, Yöldoş Ismoilov, Vladimir Kim, Boboqul Murotov, Ğofur Mengliboev, YUsuf Mamatqulov, Xurram Murtozoev, Haydar Mahmudov, Xoliq Mardonaqulov, eron Navrözov, eşmömin Nukarov, Nurmamat Normatov, Insaf Nuriev, Dadaqözi Ataqöziev, Asil Rasulov, Temur Ravşanov, Rajabali Sattorov, Juma Suyundukov, Ğofur Töraqulov, Musurmonqul Töraev, egamberdi Xöjanov, Juma Xolliev, Rözi Şaxaev, Roman YAkimov, Xamid Ahmedov, Tojiboy Rejapov, Mamatqul Suraev, Saidahmad Isaev, Akmal Ğoziev, Kimsan Qambarov, Vladimir Bistrevskiy, Evgeniy Şanin, Karimjon Najiev, Xidir Davirov va boşqalarning nomini keltiriş mumkin.
Ular janglardagi qahramonliklari uçun davlat ordenlari va medallari bilan taqdirlanganlar.
Respublika içki işlar organlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan Ğ.Rahimov uruş qatnaşçilari haqida: “Uruş iştirokçilari, uruş qahramonlari bölgan kişilar militsiyaning ham qahramonlari edilar. Ular xuddi uruşdagi kabi öz jonlarini ayamasdan jinoyatçilikka qarşi kuraş olib bordilar. Ularning içki işlar organlaridagi keyingi faoliyatida ham doimiy ravişda öz xizmatiga sodiqliq, jonbozlik, qatʼiyatlilik, matonatlilik, fidoiylik xislatlari namoyon böldi” deya taʼkidlaydi.
Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasida içki işlar organlari (1950-1989 yy.)
Uruşdan keyingi dastlabki yillarda respublika hukumati oldida militsiyani taşkiliy jihatdan mustahkamlaş, uning saflarini töldiriş va xodimlar tayyorlaş, militsiyaning faoliyatini takomillaştiriş vazifalari turar edi. Barça militsiya organlarida xodimlar etişmasdi, ayniqsa, uni malakali xodimlar bilan töldiriş qiyin edi.
Respublika militsiya organlarida işlovçilarning, ayniqsa oddiy militsionerlarning umumiy taʼlim darajasi past edi. Çunonçi, 1945-yil örtalarida Toşkent garnizonining şaxsiy tarkibi orasida militsionerlarning salkam 20 foizi butunlay savodsiz bölsa, ofitserlarning 32 foizi 7 sinf hajmida va undan ham kamroq maʼlumotli edi. Şu boisdan Özbekiston SSR Içki işlar vazirligi maxsus keçki örta maktablar yoki alohida sinflar taşkil qildi, ularda içki işlar organlarining xodimlari öqib, örta maʼlumot oldilar.
1946-yil martda Içki işlar xalq komissarligining nomi Içki işlar vazirligi deb özgartirildi.
1948-yil fevralʼ oyida Özbekiston militsiya organlarida tergov bölimlari va bölinmalari tuzildi. 1953-yil 27-martda şöro hukumatining Vazirlar Kengaşi “Jamoat tartibini saqlaşni va jinoyatlarga qarşi kuraşni kuçaytiriş çoralari töğrisida”gi qaror qabul qildi. Unga köra, Içki işlar ministrligi va Davlat xavfsizligi komissariyati Içki işlar ministrligiga birlaşdi.
1962-yil 22-fevralda ittifoqdoş respublikalar içki işlar vazirliklarining nomi Jamoat tartibini saqlaş vazirligi deb özgartirildi.
1968-yil 25-noyabrdagi SSSR Oliy kengaşi rayosatining farmoni bilan SSSR Jamoat tartibini saqlaş vazirligi yana Içki işlar vazirligiga aylantirildi. Özbekiston SSR Oliy kengaşi rayosatining 1968-yil 4-dekabrdagi farmoni bilan Özbekistonda ham şahar, tuman içki işlar boşqarma va bölimlari taşkil etildi va uning tarkibiga militsiya apparati, qöriqlaş bölimi, davlat yonğin nazorati, axloq tuzatiş işlari inspektsiyalari kiritildi.
Sobiq ittifoq davridagi kadrlar siyosatining jiddiy xatolaridan biri markaz tomonidan milliy respublikalarga, jumladan, Özbekistonga mahalliy şaroitni bilmagan kadrlarning yuborilişi bilan boğliq edi.
Masalan, 1983-1989-yillarda “Özbekistonda sotsialistik qonunçilikni tiklaş” şiori ostida Içki işlar vazirligiga sobiq sovetlar mamlakatidan hammasi bölib 150 nafar xodim jönatiladi. Özbekiston SSR IIV tarkibida işlagan şovinistik kayfiyatdagi bu kişilar heç qaçon mahalliy aholi haqida qayğurmagan, balki özlari kabi “özbek işi” degan böhton bahonasida prokuratura va sud tizimiga tuşirilgan “desantçilar” bilan til biriktirib, özbek xalqini markazga yomonlaş evaziga öz xizmat pillapoyalaridan kötarilişni öylaşgan. Öşa yillarda içki işlar vazirining örinbosari bölgan marhum isteʼfodagi general-mayor Ğ.Rahimovning dalillariga köra, vazirlik tarkibidagi 27 boşqarma va bölimdan bor-yöği ikkitasinigina özbek millatiga mansub kişilar boşqargan. U ham bölsa, xöjalik va tibbiyot boşqarmalari edi.
1983-1989-yillarda Özbekistonda faoliyat olib borgan sobiq ittifoq Boş prokuraturasining alohida muhim işlar böyiça tergov guruhi (T.Gdlyan va N.Ivanov boşçiligida) tomonidan töqib çiqarilgan “Paxta işi” va “Özbek işi” deb nomlangan uydirmalari asosidagi qatağon oqibatida respublika içki işlar organlarining köplab rahbar va xodimlarning nohaq hibsga olinişi holati juda açinarli holdir.
Darhaqiqat, 1983-1989-yillar xalqimiz uçun nihoyatda oğir yillar bölgan. Özbekistonni agrar respublikadan sanoati rivojlangan, sobiq ittifoqda yagona sanalgan qator-qator zavod-fabrikalari va malakali kadrlarga ega respublikaga aylantirgan benazir inson Şarof Raşidovning bevaqt ölimidan söng, Özbekistonda qatağon qiliçini işga solişga şay bölib turgan kuçlar tomonidan tuhmat toşlari otila boşlandi.
Bu davrda birgina “Paxta işi” (boşqa işlar ham bor edi) böyiça 22 mingga yaqin kişi hibsga olingan. Ular orasida, köplab içki işlar idoralarining jonkuyar va fidoyi xodimlari va ularning oila aʼzolari bor edi.
SSSR Boş prokuraturasi öta muhim işlar böyiça katta tergovçilari T.Gdlyan hamda N.Ivanov tergov guruhiga boşliq etib tayinlandi va ularga juda katta vakolat berildi, öz faoliyatini olib boriş uçun hatto harbiy texnika, vertolyot, qurollangan askarlar ham biriktirib qöyildi. Şu tariqa ular Özbekistonda misli körilmagan zöravonlikdan iborat jirkanç faoliyatini boşlab yuborişdi.
Tergov guruhi birin-ketin Buxoro viloyati IIB boşliği general A.Norov va uning ikki örinbosari – polkovnik Ş.Rahimov, podpolkovnik V.Mulin, söngra generallar X.Norbötaev, S.Sobirov, polkovniklar T. Hayitov, I. Pozilxonov, M.Alimov va Içki işlar vazirligining bir qator xodimlarini töqib çiqarilgan ayblovlar bilan hibsga oldilar.
Keyinçalik uşbu jarayon butun respublika böylab davom ettirildi. Natijada, önlab huquqni muhofaza qiluvçi organlarining rahbar xodimlari hamda ularning ortidan boşqa köplab xodimlar turli tuhmatlar qurbonlariga aylanişadi.
Mazkur jinoiy guruhning kirdikorlarini va ulardan aziyat çekkanlar haqida barça maʼlumotlarni huquqşunos V.Ilyuxinning “Qabohat yoxud “Özbeklar işi” degan uydirma xususida” hujjatli essesi, yozuvçi Isfandiyorning “Inqiroz yoxud generallar öyini” romani, huquqşunos, jabrdiyda T.Qahramonovning “Iblis iskanjasida 1643 kun” nomli hujjatli romani, A.Usmonovning “Kabohat saltanati” risolasi va boşqa köplab maqolalardan öqib tanişiş mumkin.
Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq Özbekiston Respublikasining birinçi Prezidenti I.Karimovning bevosita taşabbuslari bilan yuqorida körsatilgan barça jabrlanganlar töliq oqlanib haqiqat qaror topadi.
Sovet Ittifoqi tuzumi davrida turli yillarda içki işlar organlari tizimida köplab strukturaviy özgarişlar qilingan bölsa-da, ammo mohiyat özgarmagan, respublika içki işlar vazirligi mustaqil harakat qilolmas, Ittifoq içki işlar vazirligining hududiy organi sifatida faoliyat olib borar edi. Natijada, oddiy xalq içki işlar organlariga işonçsizlik bilan qarar, içki işlar organlari sovet tuzumining majburlov va jazo organiga aylanib qolgan edi.
III. Mustaqillik yillarida Özbekistonda içki işlar organlari tizimidagi islohotlar
- Içki işlar organlaridagi dastlabki özgarişlar (1991-1998 yy.)
- Içki işlar organlarining takomillaştirilişi (1999-2016 yy.)
- Boş maqsad – xalq manfaatlariga xizmat qiliş (2016-yildan hozirga qadar).
Içki işlar organlaridagi dastlabki özgarişlar (1991-2009 yy.)
Davlat mustaqilligining qölga kiritilişi va ötiş davrida içki işlar organlarining moddiy-texnik ahvolini yaxşilaş, malakali milliy kadrlar tayyorlaş tizimini joriy etişga qaratilgan dastlabki özgarişlar amalga oşirildi.
Jumladan, 1991-yil 25-oktyabrda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 270-sonli qarori asosida Özbekiston SSR IIV – Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga aylantirildi. Qaror bilan vazirlik Nizomi va strukturasi tasdiqlandi. Keyinçalik uşbu sana mamlakatimizda içki işlar organlari xodimlari kuni sifatida belgilandi.
Mazkur davrlarga hamohang ravişda, 1989-1990-yillar mobaynida mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga ötiş bilan boğliq juda oğir bir davr hukm surardi.
Har bir sohada bölgani kabi, içki işlar organlari tizimida ham keng qamrovli işlar, ulkan vazifalar, eçimini kutayotgan muammolar mavjud edi. Bunday vaziyatdan öz manfaatlari yölida foydalanişga uringan ayrim kimsalarning noqonuniy qilmişlari natijasida giyohvandlik, diniy ekstremizm, bosqinçilik kabi oğir jinoyat turlarining soni köpayib ketdi.
Bundan esa, ayrim çet davlatlarda faoliyat yuritayotgan ekstremistik taşkilotlarning jirkanç maqsadli rahnamolari tomonidan foydalanişga urinib, respublikamiz hududida mavjud kriminogen vaziyatni izdan çiqarişga, aholini vahimaga solişga, huquqni muxofaza qiluvçi organlar xodimlariga nisbatan işonçsizlik uyğotişga hamda ularni qörqitiş va böysundirişga bölgan amaliy harakatlar qilinardi.
Lekin şuni alohida qayd etiş örinliki, mazkur oğir sinovli davrlarning barçasida ham, içki işlar organlarining mard va jasur, yuragida öti bor, şijoatli xodimlari tomonidan Vatan himoyasi yölida öz jonlarini ayamay, jinoyatçilikka qarşi mardonavor kuraş olib borildi. Oğir damlarda doimiy ravişda öz xizmat burçiga sodiqlikni, jonbozlikni, qatʼiyatlilikni, matonatlilikni, fidoyilik xislatlarini namoyon etdilar.
Bu haqdagi aniq faktlarni esa respublikamiz hududida 1989-2010-yillar davomida sodir etilgan terrorçilik, qöporuvçilik hamda turli ommaviy tartibuzarliklarda körişimiz mumkin. Mazkur xunrezliklarga qarşi içki işlar organlari xodimlari tomonidan yuksak darajadagi mardlik va fidoyilik bilan kuraş olib borilganligi natijasida ularning aksariyati mardlarça halok bölganligiga guvohimiz.
Buni quyidagi aniq misollarda körişimiz mumkin böladi:
1989-yil 3-12-iyunʼ kunlari Farğona viloyatida ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelib, unda Marğilon, Toşloq, Qöqon, Farğona va Quvasoy şaharlarida hamda Farğona, Oxunboboev va Özbekiston tumanlarida yaşovçi turk-mesxetin millatiga mansub fuqarolarga nisbatan qotillik, ularning mol-mulklariga nisbatan talonçilik jinoyatlari sodir etilib, uy-joylari yoqib yuborilgan. Deyarli 70 mingdan ortiq fuqarolar qatnaşgan mazkur tartibsizliklarning içki işlar idoralari xodimlari tomonidan yanada rivojlanib ketişining oldi olinib, keçayu-kunduz olib borilgan amaliy harakatlar natijasida mazkur tartibsizliklar töla bartaraf etilişiga erişilgan;
1990-yil 19-21-fevralʼ kunlari Toşkent viloyatining Böka tumanida ommaviy tartibsizliklar yuz berib, “Oktyabrʼning 40 yilligi” sovxozi va “Qoraboğ” qişloğida istiqomat qilgan turk-mesxetinlari bilan boğliq janjallar avj oladi. Mazkur tarribsizliklar ham aynan içki işlar organlarining fidokorona xizmatlari bilan töla bartaraf etilib, 2000ga yaqin turk mesxetinlari xavfli hisoblangan zonadan Parkent tumani hududiga evakuatsiya qilinadi hamda “Kumuşkon” sanatoriyasiga joylaştirilgan;
Şu yilning 2-3-mart kunlari ham bir guruh şaxslar turk mesxetinlarning sanatoriya hududidan olib çiqib ketilişini talab qilib, ommaviy tartibsizliklarni davom ettirişlari oqibatida 4 nafar şaxs, jumladan, 1 nafar militsiya xodimi öldiriladi. Uşbu tartibsizliklarning bartaraf etilişida yuzlab içki işlar organlari xodimlari turli darajadagi tan jarohatlarini olişgan;
1991-yil 9-dekabr kuni Namangan şahar hududida joylaşgan masjidlar atrofida “vahhobiy” diniy ekstremistik oqimi aʼzolari tomonidan 1000 ga yaqin dindorlar va mahalliy aholi töplanib, şahar hududidagi katta yöllar tösib qöyiladi, aholiga ommaviy iş taşlaş uyuştirişlari kerakligi daʼvat etiladi, şuningdek, viloyat hokimligi binosi atrofiga aholini töplab, Özbekiston Respublikasi birinçi Prezidenti I.Karimovning kelişini talab qilişgan. Içki işlar organlari xodimlari tomonidan maxsus profilaktik-amaliy tadbirlar zudlik bilan olib borilib, mazkur jarayonning ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketişining oldi olinadi;
1994-yilning 5-may kuni Namangan viloyati, Uçqörğon tumani hududida joylaşgan 4-sonli Bojxona blok postida xizmat olib borayotgan militsiya xodimi B.Kuçkarov diniy-ekstremistik oqim aʼzolarining hujumiga faol qarşilik körsatib, yuz bergan otişmada xizmat burçiga sodiq holda, qahramonlarça halok böladi;
1997-yil 24-mart kuni Namangan şahri hududida xizmat olib borayotgan ikki nafar viloyat IIB xodimlari A.Tursunov va S.Olimovlar DeO aʼzosi, Namangan şahar Qoraköl köçasi 14-uyda röyxatda turgan 1967-y.t., A.Yöldoşev va uning şeriklari bilan yuz bergan otişmada mardlarça halok bölişadi. Uşbu otişma jarayonida etti nafar jinoyatçi otib öldirilgan, A.Yöldoşev esa yaralanib, qöşni Qirğiziston hududiga qoçib ötişga muvaffaq bölgan. 1998-yilda A.Yuldaşev Qirğiziston Respublikasi hududida olib borgan terrorçilik harakati davomida otib öldirilganligi maʼlum bölgan;
1998-yil 17-dekabrʼ kuni Xorazm viloyati Hazorasp tumanining Turkmaniston bilan çegara xududida ikki nafar terrorçilik guruhi jangarilari tomonidan uşbu hududda xizmat olib borayotgan çegara qöşinlari va IIB xodimlariga nisbatan uyuştirilgan qurolli hujum natijasida IIB xodimlari A.Quvondiqov va M.Maşaripovlar yaralangan, şuningdek, 29-dekabrʼ kuni tört nafar terrorçilik guruhi aʼzolari bilan viloyatdagi «Gaz Açik» hududining Turkmaniston bilan çegaradoş qismida sodir bölgan otişma natijasida bojxona xizmati xodimi B.Avezov va IIB xodimi S.Işniyazovlar mardlarça halok bölişgan;
1999-yil 16-fevralʼ kuni Toşkent şahrida mudhiş portlaşlar sodir böldi. Ş.Raşidov köçasida qoldirilgan 2 ta avtomaşinaga joylaştirilgan portlovçi moslamalar harakatga keltirilib, qöporuvçilik harakati amalga oşirilganligi, soat 10:55da Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi oldida «GAZ-21» rusumli avtomaşinaga örnatilgan portlaş moslamasi harakatga keltirilişi, soat 11:00da X.YUsuf köçasida «ZAZ» rusumli avtomaşinaga örnatilgan qölbola portlaş moslamasi portlatilişi, soat 11:20da Markaziy Bank binosi oldida «Audi-100» rusumli avtomaşina hamda soat 12:00da YAkkasaroy tumani A.Qahhor köçasi 22-uyning portlatilişi holatlari yuz beradi. Mazkur qöporuvçilik harakatlari natijasida 13 nafar begunoh odamlar, jumladan, 1 nafar içki işlar organi xodimi vafot etişgan, 128 nafariga esa, turli darajadagi tan jarohatlari etkazilgan. Keyinçalik mazkur mudhiş voqealarning barça iştirokçilari aniqlanib, bir qismi qölga oliş jarayonlarida yöq qilingan, boşqa qismi qölga olinib, adolatli jazo olganlar, ayrimlari esa boşqa davlatlar hududida terroristik aktlar davomida yöq qilingan;
1999-yil 30-mart kuni içki işlar organlari xodimlari tomonidan Toşkent şahri Hamza tumanining Farğona yöli köçasidagi köp qavatli uyda yaşiringan “Turkiston islom harakati” terrorçilik taşkiloti aʼzolarini uşlaş maxsus tadbiri ötkazilib, mazkur tadbir davomida qurolli qarşilik körsatgan 2 nafar terrorçi guruh aʼzolari öldiriladi va voqea joyidan granata, öqotar qurollar hamda jinoyatga aloqador boşqa aşyolar olinadi. Uşbu kunning özida bir qator öta oğir jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bölgan “vahhobiy” diniy ekstremistik oqimi faollaridan biri Toşkent şahri Hamza tumanining Buyuk Ipak yöli köçasidagi uyda yaşiringanligi aniqlanib, uni qölga oliş vaqtida körsatilgan qurolli qarşilik natijasida, terrorçi otib öldiriladi;
1999-yil 15-noyabrʼ kuni Toşkent viloyati Ohangaron tumani Ugom-Çotqol boği hududida yaşirinib, “tiş-tirnoğigaça” qurollangan 14 nafar terrorçi guruh aʼzolarining aniqlanişi natijasida, IIB xodimlari bilan qurolli töqnaşuv yuz beradi va natijada YAngiobod qörğoni IIB boşligi V.Govoruxin, uning örinbosari B.Pölatov hamda tezkor vakil A.Qoraboevlar duşman bilan ayovsiz jang paytida mardonavor halok bölişgan. 16-noyabrʼ kuni esa “YAngiobod” dam oliş maskani hududini havodan közdan keçiriş vaqtida 4 nafar jangarilarning toğli yönalişdagi izlari topiladi hamda Özbekiston Respublikasi IIV “Bars” maxsus jangovar otryadi xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan tört nafar jangarilar taʼqib qilinib, yuz bergan qurolli töqnaşuv davomida ular yöq qilingan;
Şu yilning noyabrʼ oyida Toşkent viloyatining Angren hududiga yigirma nafar qöşni Tojikiston Respublikasi orqali kirib kelgan qurolli jangarilar aniqlanadi. Özbekiston Respublikasi IIV va boşqa mutassadi organlar hamkorligida zudlik bilan tegişli tezkor tadbir amalga oşirilib, ötkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning barçasi yöq qilingan, orttirilgan tajriba natijasida tadbir jarayonida bironta xodimga zarar etmagan;
2000-yil 25-iyulʼ kuni “Turkiston islom harakati” terrorçilik taşkilotining qurollangan bir guruh jangarilari xufyonalik uçun harbiy forma kiyişib, qöşni Tojikiston tomonidan Özbekiston davlat çegarasidan yaşirin yöllar bilan ötişib, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani toğli hududlariga kirib kelganligi aniqlanadi. Içki işlar organlarining mard va jasur xodimlari tomonidan 4-11-avgust kunlari davomida “Kiştut”, “Xamidarça” va “Angorqozi” qişloqlarida ötkazilgan maxsus tadbirlar davomida jami ön sakkiz nafar jangarilarning yöq qilinişiga erişilgan, qolgan terrorçilar esa qöşni davlat hududi orqali Afğonistonga ötib ketişgan;
2000-yil 18-avgust kuni 15 kişidan iborat qurollangan jangarilar Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Çotqol toğ-qöriqxonasi hududida joylaşgan 9209-sonli harbiy qismga hujum qilişadi, otişma davomida 2 nafar çegaraçi halok böladi, çekinişga majbur bölgan jangarilar esa Çotqol toğ tizmasi hududi böylab yaşirinişadi. 27-avgust kuni Böstonliq tumanining “Sardala” toğli hududida hamkorlikda ötkazilgan maxsus tadbir natijasida 8 nafar jangari yöq qilinadi, qolganlari esa yaşirinişga ulguradi. Biroz ötib, yaʼni 11-sentyabrʼ kuni qolgan jangarilar ham Qirğiziston Respublikasi Jalolobod viloyati Oqtoş qişloğida ekanligi aniqlanib, hamkorlikda yöq qilinişiga muvaffaq bölingan;
2004-yil 30-iyulʼ kuni soat 16:50 da Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining binosiga kiriş yölagida diniy-ekstremistik oqimi aʼzosi badaniga mahkamlangan qölbola portlatiş qurilmasi orqali özini portlatişi oqibatida bir nafar IIV Qöriqlaş bölimi xodimi xizmat joyida vafot etgan, ön nafar fuqaro yaralangan. Soat 16:55da Toşkent şahrida joylaşgan AQŞ elçixonasi yonida yana bir terrorçi tomonidan qölbola yasalgan portlovçi moslamaning işga keltirilişi natijasida uşbu joyda xizmat ötayotgan ikki nafar IIB xodimi yaralangan. Keyinçalik uşbu terroriçilar va ularning rahnamolari aniqlanib, çet elda yaşiringanliklari munosabati bilan qidiruv eʼlon qilingan;
2005-yil 12-may kuni Andijon şahri markazida 200 ga yaqin “Akromiy” DeO tarafdorlari va ularning oila aʼzolari töplanişib, Qirğiziston Respublikasi hududi orqali Özbekistonga kirib kelgan 20ga yaqin jangarilar tödasi boşçiligida 5 ta guruhga bölingan holda, Andijon viloyati IIB PPXvaJTSB binosiga, 7377-sonli harbiy qismga, Andijon şahar 1-sonli Tergov hibsxonasiga, viloyat MXXga hamda 44086 va 4821-sonli harbiy qismlarga qurolli hujum uyuştirganlar. Şundan söng jangarilar Andijon viloyati hokimiyati binosini egallab olib, hokimiyat vakillari hamda huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarini garovga olişgan. Ularning bir neçtasi namoyişkorona öldirilgan. Özlarining qabih işlarini berkitiş maqsadida aholi orasida soxta maʼlumotlar tarqatib, tartibsizliklar keltirib çiqarişga, şuning natijasida dunyo OAV orasida şov-şuv kötarişga harakat qilişgan. Duşman bilan olib borilgan ayovsiz jang natijasida tartibsizliklar töliq bartaraf etilib, köplab jangarilar yöq qilinadi va qölga olinişiga muvaffaq bölinadi. Ayrim jangarilar qöşni Qirğiziston orqali qoçib ketib, turli xorijiy davlatlarda yaşirinişga muvaffaq bölişadi. Şu bilan birga, afsuski, mazkur qurolli töqnaşuvda 19 nafar içki işlar organlari xodimlari mardlarça halok bölişgan;
2009-yil 29-avgust kuni “Islom jihodiy eʼtiqodi” terrorçilik taşkilotining etakçi aʼzosi, qidiruvda bölgan Ş.Maxmudov va uning öğli Ş.Dilşodovlar Toşkent şahri va Toşkent viloyati xududlarida içki işlar organlari va diniy muassasalar xodimlariga nisbatan qotillik jinoyatlarini sodir etib, Toşkent şahar Şayxontohur tuman hududida köp qavatli uylardan biriga yaşiringanlar. IIOlari tomonidan ötkazilgan maxsus tadbir davomida yuqorida qayd etilgan jangarilar yöq qilinişiga erişilgan. Şu yilning 7-sentyabrʼ kuni mazkur jinoiy guruhning yana bir aʼzosi, qidiruvda bölgan D.Ismanxodjaev ham IIB PPXvaJTSB xodimlari bilan yuz bergan qurolli töqnaşuv jarayonida yöq qilingan;
2010-yilning 14-avgust kuni esa terrorçi Ş.Maxmudovning kuyovi, qidiruvda bölgan B.Soipov Toşkent viloyati YAngiyöl tumani hududida yaşirinib yurganligi aniqlanadi. B.Soipov IIB xodimlariga faol qurolli qarşilik körsatişiga qaramay, tezkorlik bilan körilgan çoralar natijasida uni Toşkent viloyati Zangiota tumani Hasanboy mahallasi hududida uşlaşga muvaffaq bölingan.
Körib turganimizdek, yuqorida keltirilgan barça noxuş holatlarda içki işlar organlarining halol, pok va dovyurak xodimlari ona yurtining aziz tuproği va har qariç eri uçun, öz xalqining xavfsizligi uçun özlarining şirin jonlarini xatarga qöyib bölsa-da, mardonavor kuraş olib bordilar. Bunday misollarni yana davom ettiriş mumkin, albatta.
Şu örinda alohida taʼkidlaş örinliki, mazkur oğir va sinovli davrlarda içki işlar organlarida uzoq yillardan beri xizmat qilib kelgan, boy iş tajribasiga ega, ustoz va murabbiylarning yoş xodimlarga bergan bilim va könikmalari alohida ahamiyat kasb etgan.
Mazkur davrlarda mamlakatimiz rahbariyatining diqqat markazida doimo içki işlar idoralarining malakali, etuk tajribali mutaxassislarini tayyorlaş, imkon qadar tezkorlik bilan moddiy-texnik bazani mustahkamlaş, xodimlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş masalalari kabilar turdi va bu borada tegişli islohotlar bosqiçma-bosqiç amalga oşirila borildi
Sir emaski, islohotlar samaradorligi, birinçi navbatda, kadrlar masalasi bilan boğliq edi. Şu bois ham, içki işlar organlarida malakali kadrlar tayyorlaş, yangiça mafkura asosida tarbiya topgan, maʼnaviy etuk kadrlarni tayyorlaş maqsadida IIV taʼlim muassasalari faoliyati tubdan isloh qilindi. Bu borada 1993-yilda YOnğin xavfsizligi oliy texnik maktabi, 1994-yilda esa IIV Akademiyasi taşkil etilgan.
Qisqa davr içida içki işlar organlarining şaxsiy tarkibi etarli malakaga ega bölgan kadrlar bilan jamlandi, xodimlarning kasbiy va jangovar mahoratini oşirişga alohida eʼtibor qaratildi. Natijada mamlakatda jinoyatçilik sezilarli darajada kamayib, sodir etilgan jinoyatlarning qisqa fursatlarda oçilişiga erişildi.
Bundan taşqari, 1994-yilda Özbekistonning Interpolga aʼzo bölişi respublika huquq-tartibot organlariga xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvçi organlari bilan hamkorlik qiliş, uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşda hamkor davlatlarning kuç va vositalaridan foydalaniş imkonini berdi.
XXI asr bösağasida dunyoda yuz bergan özgarişlar, globallaşuv jarayonlarining kuçayişi mamlakatimizda ham xavfsizlik va barqarorlikni saqlaş, turli tahdidlarga qarşi kuraşişda yangiça yondaşuvni işlab çiqişni kun tartibiga qöydi. 1999-yil 16-fevralʼ voqealari içki işlar organlari tizimida jiddiy kamçiliklar borligini körsatdi.
Şu bois Toşkent şahrida jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş böyiça yangi kontseptsiya joriy qilinib, unga binoan, şahardagi avvaldan mavjud militsiya uçastka nozirlari örniga profilaktika inspektori ştat birliklari taʼsis etildi. “Mahalla posbonlari” va “YAraştiriş komissiyalari” jamoat tuzilmalari taşkil etildi. Bu tuzilmalar joylarda jinoyaçilikka qarşi kuraş va uning oldini oliş, içki işlar organlarining jamoatçilik bilan hamkorligini kuçaytirişga imkon berdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 27-martdagi farmoni va uning ijrosini taʼminlaş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan bir qança qarorlar asosida içki işlar organlarining asosiy sohaviy xizmatlarida yangi islohotlar ötkazilib, ularning faoliyati yanada takomillaştirildi.
Uşbu islohotlar va strukturaviy özgarişlar, avvalo, mamlakatdagi tinçlik-osoyiştalikni saqlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, jinoyatçilikning barça körinişlariga qarşi kuraşiş, yurtimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarning bardavomligi va uzviyligini taʼminlaş, bir söz bilan aytganda, “kuçli davlatdan – kuçli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga oşirişga harakat qilindi.
Keyingi davrlar mobaynida respublikada fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, jamoat tartibini saqlaş, şaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va profilaktikasi böyiça respublikada yaxlit huquqiy tizim yaratilişiga alohida eʼtibor qaratildi.
Öz vaqtida va uzoqni közlab amalga oşirilgan mazkur özgarişlar mustaqil davlatimizning oyoqqa turişi va dunyo mamlakatlari orasidan özining munosib örnini egallaşida, atrofdagi ayrim mamlakatlarda keskinlik vaziyati saqlanib turgan bir paytda, mamlakatimizda doimiy barqarorlikning taʼminlanişida muhim omil bölib xizmat qildi.
Içki işlar organlarining takomillaştirilişi (2010-2016 yy.)
Mazkur davr içida fuqarolar bilan muloqot jarayoni, aholining muammolarini hal etiş borasida, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va profilaktikasi böyiça ayrim kamçiliklar kuzatildi. Bu borada ötkazilgan tadqiqot va tahliliy işlarning natijasi içki işlar organlari faoliyatida bir qator jiddiy kamçilik va muammolar töplanib qolganligini körsatdi.
Jumladan:
- respublika, örta va quyi böğindagi bölinmalar örtasida asosiy vazifa va funktsiyalarning, şuningdek, amaldagi taşkiliy-ştat tuzilmalari kuç va vositalarining aniq taqsimlanmaganligi;
- IIOlari mansabdor şaxslari, şu jumladan, profilaktika inspektorlarining aholi bilan muloqoti yölga qöyilmaganligi, ularning aholi oldida hisobot berib boriş amaliyoti yöqligi, şuningdek, ularning faoliyati ustidan jamoatçilik va parlament nazoratining samarali mexanizmlari joriy etilmaganligi, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikning etarli emasligi;
- jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlariga nisbatan yuzaki yondaşuvlar fuqarolarning noroziligini keltirib çiqarganligi;
- huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, ularni sodir etiş sabab va şart-şaroitlarini tahlil qiliş, aniqlaş va bartaraf etiş böyiça tizimli çoralar körilmaganligi;
- ösib kelayotgan yoş avlodni buzğunçi ğoyalardan himoya qiliş amaliyotiga etarliça eʼtibor qaratilmaganligi;
- IIOlari xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimi zamon talablariga javob bermay qöyganligi va boşqalar.
Albatta, uşbu körsatilgan kamçiliklarni bartaraf etiş, tizim faoliyatida amalga oşirilayotgan işlar samarasiga salbiy taʼsirini kamaytiriş, bu borada idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş işlari amalga oşirib borildi. Lekin Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoev taʼbiri bilan aytganda, tizim faoliyatini tubdan takomillaştiriş, uni hozirgi kun talablariga moslaştirişni zamonning özi taqozo etar edi.
Boş maqsad – xalq manfaatlariga xizmat qiliş (2016-yildan hozirga qadar)
Mazkur davr – bevosita Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoevning taşabbuslari bilan Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi asosida tizimni tubdan takomillaştiriş, içki işlar organlarini aholiga öz vaqtida va sifatli yordam körsatadigan, har bir xodim tomonidan «Xalq manfaatlariga xizmat qiliş»ni öz xizmat burçi deb biladigan ijtimoiy yönaltirilgan professional tuzilmaga aylantirişga qaratilgan keng kölamli islohotlar davri böldi.
2016-yilda mustaqil Özbekistonning 25 yillik tarixida ilk bor “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonun qabul qilinib, unda içki işlar organlarining asosiy vazifalari, faoliyatining yönaliş va tamoyillari belgilab berildi.
Öz navbatida, Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida içki işlar organlari faoliyatini tubdan isloh qiliş böyiça mutlaqo yangi davr boşlandi.
Harakatlar strategiyasida belgilangan 5 ta ustuvor yönalişning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanişlarni yanada çuqurlaştirişga oid aniq bölimlarni öz içiga oladi. Jumladan, ikkinçi ustuvor yönaliş sifatida mamlakatda qonun ustuvorligini taʼminlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qilişga qaratilgan köplab vazifalar belgilab berildi.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida bosib ötilgan yöl va orttirilgan tajriba, erişilgan yutuqlar, yöl qöyilgan kamçiliklarni xolisona baholaş, ayni vaqtda bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlarni tahlil qiliş asnosida içki işlar organlari oldiga öz vaqtida ularning oldini oliş va ularga barham beriş böyiça yangi vazifalar qöyilmoqda.
Ötgan qisqa davr içida içki işlar organlarining faoliyatini tubdan takomillaştirişga qaratilgan qator islohotlar amalga oşirildi.
Uşbu keng kölamli islohotlarning huquqiy asosi sifatida tizim samaradorligini oşiriş böyiça 6 ta qonun, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 30 dan ziyod farmon, qaror va farmoyişlari hamda 150 dan ortiq hukumat va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli farmonida keyingi yillarda içki işlar organlari faoliyatida töplanib qolgan jiddiy kamçilik va muammolar tahlil qilinişi barobarida, ularni bartaraf etiş, içki işlar organlari tizimini isloh qilişning eng muhim yönalişlari hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor içki işlar organlari rahbarlarining parlament, deputatlar va keng jamoatçilik oldida öz vazifalarining bajarilişi yuzasidan hisobot beriş tartibi belgilab berildi. Farmon bilan “Içki işlar organlari tizimini tubdan isloh qiliş kompleks çora-tadbirlar dasturi” ham tasdiqlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi qarori bilan Içki işlar vazirligi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
YUqoridagi farmon va qarorlar ijrosini taʼminlaş maqsadida qisqa davr içida ulkan işlar amalga oşirildi. Bunda, eng avvalo, huquqbuzarliklarning oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraşişga faqatgina içki işlar yoki huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi deb emas, balki barça davlat organlari va aholi qatlamlarining vazifasi, yaʼni umumdavlat va umumxalq işi sifatida qaraş, bu borada barça davlat va nodavlat taşkilotlari va keng jamoatçilikning kuç va imkoniyatlarini safarbar etiş, aholining barça qatlamlari huquqiy madaniyatini oşiriş, jamiyatda qonunga hurmat, qonun buzilişining har qanday körinişiga murosasizlik muhitini yaratiş yöli bilan huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldi olinişini taʼminlaşga eʼtibor qaratildi.
Içki işlar organlari faoliyatiga doir bölgan boşqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida tizimda juda katta islohotlar amalga oşirildi. Xususan:
- içki işlar organlarining yagonalik printsipini taʼminlaş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining bayroği va emblemasi namunalarini tasdiqlaş töğrisida”gi PF-5602-son farmoni asosida IIVning bayroq va emblemasi tasdiqlandi;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-apreldagi “Içki işlar organlari faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-2883-son qarori bilan tizimning boşqaruv apparati 70 foizga maqbullaştirib, tuman-şahar IIOlarining ştatlar soni tört barobarga oşirildi;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Içki işlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bölinmalari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2896-son qarori bilan mavjud profilaktika inspektorlari soni maqbullaştirildi;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Içki işlar organlari tayanç punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan taʼminlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-2906-son qarori bilan profilaktika inspektorlariga biriktirilgan xizmat hududlarida ularga xizmat uylari va imtiyozli kreditlar asosida şaxsiy avtomaşinalar ajratiliş tizimi yölga qöyildi;
- jinoyat işlarining sifatli va qisqa muddatlarda tergov qilinişini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Içki işlar organlarining jinoyatlarni tergov qiliş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2898-son qarori bilan Özbekiston Respublikasi huquqiy tizimida nisbatan yangi suriştiruv instituti joriy etildi;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi “Içki işlar organlarining jamoat tartibini saqlaş va jamoat xavfsizligini taʼminlaş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2940-son hamda 2017-yil 11-iyuldagi “Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3127-son qarorlari bilan jamoat tartibini saqlaş hamda yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş samaradorligi yanada oşirilib, patrulʼ-post va yöl-patrulʼ xizmatlari sohaga oid bölmagan bir qator vazifalardan ozod etildi;
- aholiga pasport xizmatlarini körsatiş borasida qöşimça qulayliklarni yaratiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Içki işlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylaştiriş; sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3126-son qarori bilan sohaga elektron navbat kabi zamonaviy axborot kommunikatsiyalari hamda xorijga çiqiş zamonaviy “Biometrik” pasportlar bilan taʼminlaş işlari yölga qöyildi;
- ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolarni jamiyatga töliq moslaşuvini taʼminlaş uçun ularni kasbga örgatiş va iş bilan taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-avgustdagi “Içki işlar organlarining ozodlikdan mahrum etiş bilan boğliq bölgan jazolarni ijro etiş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3200-son qarori bilan jazoni ijro etiş tizimi tubdan isloh qilinib, ularda işlab çiqariş tizimi yölga qöyildi;
- IIOlari uçun professional kadrlarni tayyorlaş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Içki işlar organlari xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3216-son qarori bilan IIV Akademiyasida 7 ta yönalişlar böyiça öqitiş tizimi va 2 ta ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yölga qöyildi hamda joylarda 14 ta akademik litseylar joriy etildi;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi “Içki işlar organlari kadrlari bilan işlaş va ularning xizmatini taşkil etiş tartibini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3413-son qarori talablari asosida kadrlar bilan işlaşning mutlaqo yangi tizimi joriy etilib, IIOning “Intizom ustavi” va “Içki xizmat nizomi” amaliyotga töliq kiritildi, xodimlarni ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy taʼminlaş işlari tizimlaştirildi;
- Toşkent şahrida jamoat xavfsizligini taʼminlaşning yangi modelini şakllantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-fevraldagi “Toşkent şahrida jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşişning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etiş töğrisida”gi PQ-3528-son qarori bilan poytaxt miqyosida içki işlar bölimlari faoliyati yölga qöyildi, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyundagi “Toşkent şahrida jamoat tartibini taʼminlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-3786-son qarori bilan poytaxtda jamoat tartibini saqlaş uçun IIOlari, Milliy gvardiya va jamoatçilik bilan birgalikda taşkil etilgan 3 smenali, kunu-tun patrullik xizmati faoliyati yölga qöyildi;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-avgustdagi “Içki işlar organlari boşqaruv, nazorat va şaxsiy tarkib bilan işlaşning samarali tizimini joriy etiş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-3919-son qarori bilan IIOning yagona boşqaruv tizimi sifatida taşkiliy bölinmalar, şuningdek, rahbar xodimlar zaxirasini tayyorlaş maqsadida Malaka oşiriş instituti taşkil etildi;
- Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Jinoyat-ijroiya qonunçiligini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4006-son qarori bilan Probatsiya xizmati hamda mahkumlarning huquqlarini töliq kafolatlaşga qaratilgan jinoyat-ijroiya qonunçiligini qayta işlab çiqiş işlari taşkil etildi;
- joylardagi hokimlar tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini kunlik taşkil etiş va bu borada amalga oşirilayotgan işlarni xalq deputatari kengaşida har oyda muhokama qiliş tartibi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlaş samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4075-son qarori talablari asosida yölga qöyildi;
- turizm va transport infratuzilmasi obʼektlarida mamlakatimizga kelayotgan xorijiy sayyohlarning xavfsizligini taʼminlaş bölinmalari faoliyati Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi “Transport va turizm obʼektlarida jamoat xavfsizligini taʼminlaşning samarali tizimini joriy etişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4229-son qarori talablari asosida yanada jadallaştirildi.
YUqoridagilar bilan birga, jazoni ötayotgan şaxslarning haq-huquqlarini taʼminlaş borasidan ham ulkan işlar qilindi. Bu borada ularning jazo ötaş şaroitlari yaxşilandi.
Zamonga mos kelmaydigan eski koloniyalar örniga mahkumlar mehnat qilişlari uçun erkin iqtisod talablariga töla javob beradigan işlab çiqariş yölga qöyildi, jamoatçilik örtasida salbiy nom qozongan “Jasliq” koloniyasi tugatildi.
Ilğor xorijiy tajribalarga mos ravişda, şuningdek, Konstitutsiyamiz talablari asosida mahkumlarga parlament va joylardagi xalq deputatlarini saylaş imkoniyati yaratildi. Şu bilan birga, mahkumlarga qarindoşlari bilan qöşimça uçraşuvlar va telefon sözlaşuvlarini amalga oşiriş, ularning ijtimoiy suğurta va pensiya taʼminotini oliş kabi huquqlari doirasi kengaytirildi.
Vazirlik sohaviy xizmatlari va hududiy bölinmalarining vazifa va funktsiyalarini maqbullaştiriş böyiça institutsional yondaşuv, şuningdek, tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, moddiy-texnik bazani mustahkamlaş, xodimlarning ijtimoiy himoyasi va maişiy şaroitlarini yaxşilaş kabi amaliy işlar ularning öz xizmat vazifalarini mukammal bajarişlari uçun munosib şart-şaroit yaratiş imkonini bermoqda.
Bugungi kunda rahbar xodimlarning öz faoliyati yakunlari yuzasidan aholi oldida hisobot beriş tartibi, tizimda oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar içki işlar organlari faoliyatini yanada takomillaştirişga, şuningdek, xodimlarning masʼuliyatini yanada oşirişga xizmat qilmoqda
eng asosiysi, tizimdagi bu özgarişlar mamlakat rahbariyatining doimiy diqqat eʼtiborida bölib kelmoqda. YUrtboşimizning mamlakat hududlari böylab qilinayotgan safarlarida, albatta, u erda xizmat olib borayotgan içki işlar organlari xodimlari, birinçi navbatda, profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyati, ularga yaratib berilayotgan şaroitlar bilan bevosita tanişayotganligi, qisqa vaqt içida bu boradagi işlarning ahvoli bir neça marta Prezident huzuridagi yiğilişlarda keng muhokama etilayotganligi buning isbotidir.
2019-yilning 10-yanvarʼ kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida ham bu boradagi işlar tanqidiy muhokama qilinib, Içki işlar vazirligiga vaziyatni tubdan yaxşilaş, çuqur tahlil asosida mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça “Yöl xaritasi”ni işlab çiqiş vazifasi topşirildi.
Huquqbuzarliklarning oldini oliş va unga qarşi samarali kuraşiş böyiça mahalliy şart-şaroitlardan kelib çiqib, “hududlar tajribasi”ni joriy etiş, kriminogen vaziyat oğir bölgan hududlarda ilmiy-tadqiqot işlari ötkazib, jinoyatçilik ahvoli özgarişini kriminologik prognozlaş böyiça uslubiy qöllanma işlab çiqiş kabi vazifalar qöyildi.
Joylarlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oşiriş uçun uyuşmagan yoşlar va xotin qizlar bilan işlaş sohasiga ham alohida yondaşildi. Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisidagi” qonuni asosida, tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvçi “Himoya orderi”ni beriş amaliyoti kiritildi.
Xalqimizning muşkulini oson qiliş maqsadida, IIO faoliyatiga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu borada, aholiga pasport beriş va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasida qulaylik yaratilib, elektron tarzda navbat kutiş tizimi joriy etildi.
Fuqarolarga içki işlar organlari tizimdagi ayrim xodimlarning noörin xatti-harakatlari ustidan şikoyat qiliş imkoniyati yaratilib, 24 soat faoliyat körsatuvçi “1102” qisqa raqamli Kolltsentr, şuningdek, odam savdosi bilan boğliq holatlar böyiça “99 301-01-01” yagona işonç telefon aloqalari faoliyati yölga qöyildi.
Tizimda amalga oşirilayotgan barça islohotlar va yangiliklar haqida IIVning https://gov.uz/oz/iiv rasmiy veb-sayti orqali tanişiş mumkin, tegişli maʼlumotlar doimiy ravişda joylaştirilib boriladi va keng omma eʼtiboriga havola etişga imkon beradi.
Içki işlar organlari faoliyatining jamoatçilikka öz vaqtida etkazib borilişi lozimligini nazarda tutib, tizimda 20 dan oşiq veb-sayt hamda 100 dan ortiq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar joriy etildi.
Davlatimiz rahbari amalga oşirilgan işlarga baho berar ekan, “Körilayotgan çoralar natijasida fuqarolarimizda adolat va qonun ustuvorligiga işonç paydo bölmoqda. Lekin xotirjamlikka berilişga heç kimning haqqi yöq, hali oldimizda qilinadigan işlar köp”, – deya alohida taʼkidladi.
