Ishonch telefoni reglamenti
Ichki ishlar vazirligining 1102 qisqa raqamli Ishonch telefoni orqali murojaatlarni qabul qilish
R E G L A M E N T I
1. Xizmatni yoritish (pasport)
1.1. Xizmat nomlanishi
|
Murojaatlarni 1102 raqamli “ Ishonch telefoni” orqali qabul qilish. |
1.2. Xizmat turi
|
Ichki ishlar organlari xodimlarining hatti-harakatlari hamda ular tomonidan qabul qilingan protsessual qarorlardan norozilik mazmunidagi murojaatlarni qabul qilinadi. |
1.2. Xizmat natijasi
|
Kelib tushgan murojaatlarning o’z vaqtida, to’liq va qonun talablariga qat’iy rioya etgan holda ko’rib chiqilishini tashkil etish va nazorat qilish orqali fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlanadi. |
1.3. Xizmat ko’rsatish organi
|
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. |
1.4. Huquqiy asos
|
O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni. |
1.5. Xizmatdan foydalanuvchi
|
O’zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslari yoki ularning qonuniy vakillari hamda alohida hollarda xorijiy davlat fuqaroligiga mansub shaxslar. |
1.6. Ijro muddati
|
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, murojaat masalani mazmunan hal etishi shart bo’lgan ichki ishlar organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o’n besh kun ichida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni so’rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi. Murojaatlarni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallarni so’rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ularni ko’rib chiqish muddatlari tegishli ichki ishlar organi rahbari tomonidan, istisno tariqasida asoslantirilgan bildirgi orqali ko’pi bilan bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi. Taklif ichki ishlar organiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o’n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi. |
1.7. Murojaatlarni qayta ishlash bosqichlari
|
Ishonch telefoni orqali qabul qilingan murojaatlar bir ish kuni davomida IIVning tegishli tarkibiy yoki hududiy bo’linmalariga ko’rib chiqish uchun beriladi. Murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko’rib chiqilib, natijasi bo’yicha murojaat muallifiga yozma yoki elektron shaklda xabar qilinadi. |
2. Tashkilot va xizmat oluvchilarning huquq va majburiyatlari.
2.1. Ma’lumot hajmi va tarkibi
|
Ko’rib chiqilgan murojaatlar bo’yicha yakuniy javob xatida murojaatda keltirilgan masalaning echimi yuzasidan aniq ma’lumotlar bayon etiladi. |
2.2. Murojaat qiluvchining huquqlari va majburiyatlari
|
- sifatli xizmatdan foydalanish va xizmat sifatidan norozi bo’lgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish; - murojaat qabul qilishda operator tomonidan so’ralgan ma’lumotlarni taqdim etish. |
2.3. Tashkilotning huququlari va majburiyatlari
|
- bir shaxsning aynan bir masala bo’yicha oldingi murojaatiga javob berilmayotganligi haqidagi murojaati agar uni qonunda belgilangan ko’rib chiqish muddati o’tmagan bo’lsa, bu haqda muallifga tushuntirish; - murojaatlarni qabul qilishda murojaatchi bilan hushmuomalada bo’lish hamda odob-ahloq qoidalariga qat’iy amal qilish; - murojaatlarni tekzkorlik bilan sifatli qabul qilish. Mas’ul xodimlar tomonidan murojaat mualliflariga huquqiy maslahat berilishi taqiqlanadi. |
3. Xizmat ko’rsatish.
Ish vaqti
|
Murojaatlar 1102 Ishonch telefoni orqali tunu-kun uzluksiz qabul qilinadi. |
4. Xizmat ko’rsatish tartibi.
4.1. Xizmat uchun undiriladigan xaq
|
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish – bepul. |
4.2. Rad etish asoslari
|
Murojaatchi tomonidan shaxsiga oid ma’lumotlar berilmagan taqdirda, unga O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida»gi Qonuniga asosan murojaati ro’yxatga olinmasligi tushuntiriladi. |
5. Xizmat sifatini ta’minlash.
Sifat ko’rsatkichlari
|
Aholining ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, murojaatlarni tezkorlik bilan sifatli qabul qilish hamda ularning qonuniy ko’rib chiqilishini ta’minlash. |
Ishonch telefoni reglamenti elektron nusxasi
Murojaatlar statistikasi
