IIV rahbariyati tomonidan Buxoro viloyatining Kogon shahar va Romitan tumanlarida probatsiya xizmati faoliyati oʻrganildi
2025-11-06 13:35:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Kogon shahar va Romitan tumani ichki ishlar boʻlimlariga tashrif amalga oshirilib, probatsiya xizmati faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida soha xodimlarining kundalik faoliyati, nazorat ostidagi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar, shuningdek, xizmat samaradorligini oshirish yoʻnalishlari atroflicha tahlil qilindi.
Uchrashuv davomida mavjud muammolar, ularning yechimi boʻyicha taklif va tavsiyalar tinglanib, probatsiya xizmatining huquqiy asoslari va amaliy faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, ishchi guruh aʼzolari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, mahallalarning ijtimoiy muhitini sogʻlomlashtirish borasidagi tashabbuslar oʻrganildi.
Aholining turmush sharoitini yaxshilash, profilaktik yoʻnalishdagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar berildi.
Mazkur oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xizmat faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati





