Navoiy viloyati IIB rahbariyati tomonidan voleybol sport turini rivojlantirish boʻyicha masʼul xodimlar ishtirokida muhokama yigʻilishi tashkil etildi
2025-11-06 13:30:00 / Yangiliklar

Voleybol sport turini rivojlantirish hamda xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish boʻyicha bir qator samarali ishlar tashkil etilmoqda.
Viloyat IIB boshligʻining navbatdagi yigʻilishida ham ayni shu masalaga eʼtibor qaratildi.
Unda voleybol sport turini ommalashtirish, yoshlarni mazkur sportga jalb etishda masʼul xodimlar bilan bir qatorda, shahar-tuman IIB rahbarlari ham masofaviy tarzda ishtirok etdi.
Yigʻilishda sportning voleybol turini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar muhokama etildi.
Shuningdek, taʼlim muassasalarida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yoshlar qamrovini kengaytirish hamda musobaqalar tashkil etish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati




