Samarqandda oʻtkazilayotgan xalqaro tadbirlar davomida xavfsizlikni taʼminlash masalasi muhokama etildi
2025-11-06 12:50:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 30-oktyabridan 13-noyabriga qadar Samarqand shahrida BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti — YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Mazkur xalqaro tadbirning xavfsiz va koʻngildagidek oʻtishi uchun huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan barcha kerakli choralar koʻrilgan.
Samarqand viloyati IIBda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda mazkur tadbirlarning tinch va osoyishta oʻtishi, tadbirlar davomida barcha xavfsizlik choralariga amal qilish, unga biriktirilgan mutasaddilarning masʼuliyatini yanada oshirish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Ayniqsa sayyohlarning muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalarga sayohati chogʻida ularning xavfsizligiga yanada eʼtiborliroq boʻlish lozimligi taʼkidlandi.
Yigʻilish soʻngida berilgan topshiriqlar yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati




