Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida oʻtgan 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2025-11-05 14:00:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbariyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, uning oʻrinbosarlari, sohaviy xizmatlar rahbarlari, shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari ishtirok etdi.
Tadbirda respublika hududidagi jinoyatchilik holati, uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, shuningdek, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimini yanada kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, shahar va tuman IIB boshliqlari hamda tegishli boʻlinmalar rahbarlari oʻz fikr-mulohazalarini bildirib, mavjud muammolar va ularning yechimlari boʻyicha takliflari tinglandi.
Yigʻilish yakunida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash ishlarini jadallashtirish boʻyicha barcha sohaviy xizmat rahbarlariga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xizmat vazifasini vijdonan bajarib, oʻz faoliyatida namuna koʻrsatgan ichki ishlar organlari xodimlari vazirlik rahbariyati tomonidan ragʻbatlantirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati





