Xorijda qarovsiz qolgan 20 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi
2025-11-04 10:15:00 / Yangiliklar

Chet davlatlarda turli sabablar bilan qarovsiz holda qolgan bolalarni aniqlash, ularga huquqiy va amaliy yordam koʻrsatish, shuningdek, ularni yurtimizga qaytarish — davlatimiz uchun ustuvor vazifalardan biridir.
Bu borada, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-yanvardagi 6-son qarori asosida xorijda ota-onasining qaramogʻisiz qolgan voyaga yetmagan fuqarolarni Oʻzbekistonga qaytarish ishlari izchil davom etmoqda.
Ushbu saʼy-harakatlar doirasida joriy yilning 2-noyabr kuni 20 nafar bolalarimiz Rossiya Federatsiyasidan oʻz Vataniga qaytarib, olib kelindi.
Toshkent shahar IIBB HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi tomonidan mazkur voyaga yetmaganlarni yaqin qarindoshlariga qaytarish choralari koʻrilmoqda.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati

