Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatovning aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida tashkil etilayotgan navbatdagi shaxsiy qabuli
2025-11-02 / Voqealar taqvimi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatovning aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida tashkil etilayotgan navbatdagi shaxsiy qabuli, joriy yilning 2-noyabr (yakshanba) kuni bo'lib o'tadi.
Qabul, IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti binosida, soat 10:00dan 22:00ga qadar o'tkaziladi (Manzil: Taras Shevchenko koʻchasi, 62).
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida elektron navbat tashkil etiladi.
