Namangan viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shuxrat Aliyev Yangiqoʻrgʻon tumanidagi ayollar voleybol toʻgaragi bilan yaqindan tanishdi
2024-04-18 09:00:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB tomonidan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bandligini taʼminlash, shuningdek, sportning voleybol turini ommalashtirish boʻyicha turli xil sport mashgʻulotlari hamda musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.
Bugun polkovnik Shuxrat Aliyev tuman hokimi, IIB boshligʻi, viloyat voleybol federatsiyasi vakillari va boshqa masʼullar bilan birgalikda Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 63-sonli maktabda faoliyat koʻrsatib, Respublika miqyosida yuqori natijalarga erishayotgan ayollar voleybol toʻgaragi faoliyatini oʻrgandi.
Oʻrganish davomida sportning voleybol turini ayollar oʻrtasida ommalashtirish maqsadida ushbu toʻgarak faoliyatini yanada kengaytirish va Respublika miqyosida sportchilarni yetkazib beruvchi yagona markaz sifatida shakllantirishga doir tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi hamda markaz loyihasini ishlab chiqish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati




