Termiz davlat pedagogika institutida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, talaba-yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida navbatdagi targʻibot-tashviqot tadbiri oʻtkazildi
2025-10-21 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbir yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz talaba” oyligi doirasida tashkil etilib, unda Termiz davlat pedagogika instituti profilaktika inspektorlari kapitan Sardor Amanov, katta leytenant Baxodir Allaberdiyev va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga Odam savdosi, noqonuniy migratsiya, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, hamda ushbu xalqaro jinoyatlardan jabrlanishning oldini olish ijtimoiy tarmoq internet olamidan toʻgʻri foydalanish va norasmiy saytlardan aldanib qolishning oldini olish mavzulari yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
Talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni xabardor qilish maqsadida koʻrgazmali bukletlar tarqatilib video roliklar namoyish etildi.
Tadbir davomida talabalar orasida odam savdosining xavfli oqibatlari, uning oldini olish yoʻllari hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yoshlarni ogohlikka, hushyorlikka va oʻz huquqlarini bilishga undash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar oʻz fikr va takliflarini bildirishdi.
Odam savdosiga qarshi kurash — har birimizning fuqarolik burchimiz!
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati




