Xavfsiz turizmni taʼminlash boʻlinmalariga zamonaviy, maxsus jihozlangan avtomashinalar topshirildi
2025-10-11 14:45:00 / Yangiliklar

Unda Ichki ishlar vazir oʻrinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov ishtirok etib, Xavfsiz turizm bugungi kunda davlatimizning strategik ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini. Turistlar oʻzlarini mamlakatimizda xavfsiz his etishlari. Bu avtomobillar xodimlarimizning xizmat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtib 25 ta maxsus jihozlangan xizmat avtomashinalarini tantanali ravishda topshirdilar.
Topshirilgan xizmat avtomashinalari GPS-navigatsiya tizimi, Videokuzatuv kameralari, raqamli aloqa vositalari, Ovoz kuchaytirgich va sirena tizimlari hamda Birinchi tibbiy yordam uchun jihozlar bilan jihozlangan.
Mazkur xizmat avtomashinalari Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Toshkent viloyati, Surxondaryo, Qashqadaryo kabi mamlakatning turizm salohiyati yuqori boʻlgan shaharlari va turistik zonalarida faoliyat yuritadi. Shuningdek, aeroportlar, vokzallar, koʻngil ochar joylarda, dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlashda faol ishtirok etadi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari tomonidan topshirilgan mazkur xizmat avtomashinalari nafaqat ichki ishlar organlari faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qiladi, balki mamlakatimizda xavfsiz turizm muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tashabbuslar orqali Oʻzbekistonni xavfsiz, qulay va jozibali turistik manzilga aylantirish yoʻlida amaliy qadamlar qoʻyilmoqda.





