IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi oddiy askar va serjant lavozimlariga kontrakt asosida nomzodlar tanlovini eʼlon qiladi
2025-09-30 11:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, oʻrta, oʻrta-maxsus va oliy (zaxiradagi ofitserlar bundan mustasno) maʼlumotga ega, boʻy parametrlari erkaklar uchun 170 sm, ayollar uchun 165 sm past boʻlmagan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagida boʻlgan, muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonlarida harbiy xizmatni oʻtagan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan saralash tadbirlarida ishtirok etishga taklif etadi.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagida boʻlgan hamda yuqoridagi talablarga mos keladigan nomzodlar 2025-yilning 1-oktyabr kunidan 5-oktyabr kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 qadar Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi kadrlar boʻlimining (71) 298-98-27 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amirobod koʻchasi 1-uy.
