Ichki ishlar vazirligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2025-09-24 13:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon mamlakatimizga tashrif buyurib, Ichki ishlar vazirligida rasmiy uchrashuvda ishtirok etdi.
Uchrashuvni ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ayubxon Raxmatullayev ochib berib, soʻnggi yillarda tizimda amalga oshirilgan islohotlar natijalari haqida maʼlumot berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar Iqtisodiy hamkorlik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligini chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishini cheklash, terrorizm va kiberjinoyatchilikka barham berish yoʻlida axborot va ilgʻor tajriba almashish muhimligi qayd etildi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot yakunida tomonlar Tashkilot doirasida uzviy muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha istiqbolli rejalarni belgilab oldilar.



