Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va XXR maxsus bo‘linmalarining birinchi xalqaro musobaqalari boshlandi
2025-09-09 15:00:00 / Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida 8-11-sentyabr kunlari XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi va Markaziy Osiyo davlatlari Ichki ishlar vazirliklarining maxsus boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida kasbiy mahorat boʻyicha ilk xalqaro musobaqa oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasiga vazir oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov boshchilik qilmoqda.
Ushbu musobaqalar kasbiy koʻnikmalarni namoyish etish, tajriba almashish va mintaqa mamlakatlarining kuch tuzilmalari oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash uchun noyob imkoniyat boʻldi.
Ochilish marosimida tashkilotchilar bunday tadbirlarni oʻtkazish nafaqat xodimlarning tayyorgarlik darajasini oshirishga, balki davlatlar oʻrtasidagi ishonch va oʻzaro hamkorlikni kuchaytirishga ham xizmat qilishini taʼkidladilar.




