Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpolning Milliy markaziy byurosi bir qator turli jinoyatlarni sodir etganligi sababli qidiruvda boʻlgan shaxslarni qoʻlga olish va topshirishga koʻmaklashdi
2025-09-03 10:00:00 / Yangiliklar

Birlashgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelindi.
Toshkent va Abu-Dabi Interpol Milliy Markaziy Byurolari xodimlarining yaqin hamkorligi va muvofiqlashtirishi natijasida, ogʻir jinoyatlar sodir etganlik aybi bilan xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan Oʻzbekiston Respublikasiga topshirildi.
Milliy markaziy byurolar oʻrtasidagi uchrashuvlar va muzokaralar davomida shakllangan ikki tomonlama aloqalar, transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashga yoʻnaltirilgan barcha jihatlarni hisobga olgan holda amaldagi xalqaro bitimlarga asoslangan tarzda jinoyatchilarni topshirish koʻrsatkichlarining oʻsishi kuzatilmoqda.
Olib kelingan shaxslar Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar boʻyicha qidiruvda boʻlgan. Endi ular jinoiy javobgarlikka tortilish uchun sud oldida javob berishadi.
Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpolning Milliy markaziy byurosi
