Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi xodimlari tantanali ravishda taqdirlandi
2025-08-30 11:00:00 / Yangiliklar

Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami doirasida Ichki ishlar organlari tizimida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, fuqarolarimizning tinch va osuda hayotini taʼminlash, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishda fidoyilik koʻrsatib kelayotgan bir guruh xodimlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Xususan, “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi xodimlari oʻzining tashabbuskorligi, bilim va kasbiy mahorati, shuningdek, yurtimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun “Tashakkurnoma” bilan mukofotlandilar.
Bu eʼtirof — ularning kundalik fidokorona mehnatiga berilgan munosib baho boʻlib, kelgusida ham tinchlikni taʼminlash, xalqimiz osoyishta hayotini kafolatlash yoʻlida yanada masʼuliyat bilan xizmat qilishga undaydi.
Aytish joiz, Ichki ishlar organlarining har bir xodimi uchun Mustaqillik bayrami nafaqat faxr, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak masʼuliyatni eslatib turuvchi muhim voqeadir.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi







